14 may soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2636 (+16) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

16 nafar yangi kasallanish holatining 6 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 10 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi.

Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan fuqarolarning 5 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi bo‘lsa, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.

Koronavirusdan davolanayotgan 489 nafar bemordan 11 nafari og‘ir ahvolda.