3 may kuni Uzun tumanida Lacetti avtomobili va ikki nafar voyaga yetmagan bola ishtirokida fojiali YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa soat 20:00larda tumanning O‘zbekiston mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-108 V avtomobil yo‘lining 9- km da sodir bo‘ldi. Haydovchi D.G. (1983 y.t.) transport vositasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar R.Sh. (2012 y.t.) va Sh. X. (2013 y.t.)ni urib yuborgan.

Natijada, piyoda 8 yoshli R.Sh. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. Voyaga yetmagan piyoda 7 yoshli Sh. X. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uzun tumani IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.