O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qarorga muvofiq, muborak Ramazon oyining karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda, uy sharoitida, oila davrasida o‘tkazilishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Ayniqsa, yordamga muhtoj va ehtiyojmand shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga ko‘ra, 2020 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 24 aprel kuniga to‘g‘ri keladi.