Samarqand viloyatining Oqdaryo va Jomboy tumanlarida yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyatining hokimiyati xabar berdi.

18 aprel kuni xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda Oqdaryo tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Abilov Feruz Ne’matullayevich boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Sessiyada deputatlar tomonidan Sulaymonov Najmiddin Baxriyevich nomzodi Oqdaryo tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Shuningdek, 18 aprel kuni Samarqandning Jomboy tumani xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi ham o‘tkazildi. Xabarga ko‘ra, Jomboy tumani hokimi vazifasida faoliyat olib borgan To‘ychiyev Hamza Hakimovich o‘z arizasiga asosan egallab turgan vazifasidan ozod etildi.


Foto: Sobirov Qayum Hamrayevich. Samarqand viloyati hokimiyatining matbuot xizmati

Uning o‘rniga deputatlar tomonidan Sobirov Qayum Hamrayevich nomzodi Jomboy tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.