O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Urganchdagi «Ashxobod» mahallasida uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasidagi muammoni joyida o‘rganish uchun Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda «Gazeta.uz"ga hukumatdagi axborot manbasi xabar qildi. Shanba kuni bosh vazir Angrenda ham bo‘ldi.

Juma kuni kechqurun 200 ga yaqin kishi buzilgan uylari uchun tovon puli to‘lanmaganidan norozi bo‘lib Urganch-Xonqa yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi.

Hukumat rahbari aholi muammolarini hal etishda ko‘maklashish uchun ular bilan suhbatlashdi, dedi axborot manbasi. Bosh vazirning viloyat rahbariyati, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan ko‘chmas mulklarning buzilishi borasida videoselektor yig‘ilishi ham o‘tkazmoqda.

Shu bilan birga, Urganchdan kelgan xabarlarga ko‘ra, ko‘chirilgan ahliga va’da qilingan tovon pullarini to‘lash boshlangan.