1 iyundan Toshkent sirkida kapital rekonstruksiya ishlari boshlandi, deyiladi poytaxt hokimiyati matbuot xizmati reportajida. 700 ming kv. m maydonni qamrab oladigan rekonstruksiya ishlariga 46,63 mlrd so‘m sarflanadi.

Qurilish brigadasi omborxona binolari va jonivorlar uchun otarlardan sirk markazi — manejga tomon harakatlanmoqda. Kompleks rekonstruksiya doirasida havo almashtirish, isitish tizimlari, elektr simlari, oqava suvlar tizimi, tomlar, eshiklar va grimerlar almashtiriladi, moddiy-texnik baza yangilanadi.

Ta’mirlash-qurilish ishlarini 305 kun davom ettirib, sirkni 2020 yilning martida ochish rejalashtirilmoqda.

Reportajda qayd etilishicha, so‘nggi yillarda sirk tomoshabinlari keskin kamaydi. Bunga boshqaruv tizimining eskirgani, tomosha dasturlari sonining qisqargani, xodimlarga kam maosh berilishi, yosh xodimlarning yetishmasligi, jonivorlarni saqlash bo‘yicha kuchsiz moddiy-texnik baza kabilar sabab bo‘lgan.