Ikkinchi yengil vazn (55,34 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazib kelayotgan Murodjon Ahmadaliyev to‘laqonli WBA chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladigan bo‘ldi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Ayni paytda ushbu chempionlik kamari amerikalik bokschi Daniel Romanga tegishli bo‘lib turibdi. Murodjon «Kaka» Ahmadaliyev esa WBA Intercontinental kamari sohibi bo‘lish bilan birga Romanning chempionlik kamariga rasmiy da’vogar ham hisoblanadi.

WBA tashkiloti har ikki bokschining promouterlari o‘rtasida jang huquqiga egalik qilish bo‘yicha savdo o‘tkazilishini ma’lum qildi. Agar bokschilarning jamoalari o‘zaro kelisha olmasa, u holda promouterlar uchun ochiq savdo e’lon qilinadi.

Xabarlarga ko‘ra, chempionlik jangi avgust yoki sentyabr oyida o‘tkaziladi. Agar Murodjon bo‘lajak chempionlik jangida Romanni mag‘lubiyatga uchratsa, AQSHda chempion bo‘lgan ilk o‘zbekistonlik bokschiga aylanadi.