Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Islom Karimov Qashqadaryoga rahbarlik yillarida viloyat iqtisodiyotini ko‘tarish, ijtimoiy muammolarni hal etish yo‘lida ko‘p ishlar qilgani yodga olindi.

Tadbirda nuroniylar ham ishtirok etdi.