Toshkent viloyatining ayrim aholi punktlarida jismoniy va yuridik shaxslarga qurilish uchun yer maydonlarini sotishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi. Bu aholi punktlari bosh rejalarining ishlab chiqilayotgani bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 12 dekabrdagi qarori bilan binolar va boshqa ob’ektlar, jumladan muhandislik-kommunikatsiya inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ularga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek tegishli ruxsatnomalarni berish vaqtinchalik to‘xtatildi.

Qaror Zangiota, Qibray, Toshkent, Quyichirchiq, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq va Yangiyo‘l tumanlariga taalluqli.

Kiritilgan cheklovlar Prezident va hukumat qarori bilan namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi qishloq uylarini qurish bilan bog‘liq munosabatlarga tegishli emas.

Aholi punktlari ro‘yxati yuqorida keltirilgan havolada.