O‘zbekiston mobil operatorlari va internet-provayderlari 5 sentyabrdan xizmatlar uchun so‘m bilan bilan tariflashga o‘tadi, deb xabar qildi «Gazeta.uz"ga telekommunikatsiya kompaniyalaridagi axborot manbalari.

Yangicha tarifikatsiyaga o‘tish Prezidentning 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilinishi bilan asoslanmoqda. Ushbu farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda tovarlar, ishlash va xizmatlar uchun narx va tariflar faqatgina milliy valyutada belgilanishi qayd etilgan edi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 4 sentyabr kuni operator va provayderlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda AQSH dollarida ko‘rsatilgan tariflarni hisoblashda Markaziy bank tomonidan 29 avgustda bir dollar uchun 4210,35 so‘m etib belgilangan dollarning so‘mga nisbatan kursi asos qilib olinadi.

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, xuddi shunday qaror narx va tariflar dollarda belgilangan barcha kompaniyalar, jumladan «O‘zbekiston havo yo‘llari» va General Motors Uzbekistan QK tomonidan ham qabul qilinishi lozim.

Bu narxlarning keskin oshib ketmasligi va valyuta siyosatini erkinlashtirish oqibatlarini yengillashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.