Prezidentning 2-fevraldagi Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qaroriga (PDF) muvofiq, 1-iyulga qadar suv taqsimlash uzeli bilan “Qo‘ng‘irot-Mo‘ynov” suv quvuri quriladi.

Loyihaning hisob-kitob qilingan qiymati 26,4 mlrd so‘mni tashkil etadi. Loyiha “O‘zkommunxizmat” agentligining 10,4 mlrd, Qoraqalpog‘istonning respublika byudjetidan 5 mlrd, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksionerlik jamiyatining 5 mlrd so‘mlik hamda homiylarning 6 mlrd so‘mlik mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.