“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi, “O‘zavtoyo‘l” kompaniyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” unitar korxonasi hamda “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 2016−2017-yillarda aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi.

Bu Prezident v. b. tomonidan 17ғoktyabrda imzolangan “Davlat ulushi katta bo‘lgan aksionerlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorda o‘z aksini topdi, deya xabar qildi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi.

Hujjatda 10 ta strategik aksionerlik jamiyati ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ular orasida yuqorida sanab o‘tilgan AJga aylantiriluvchi oddiy aksiyalarining 100 foizi davlatga tegishli kompaniyalar ham bor:

  • “O‘zbekneftgaz” MXK;
  • “O‘zbekenergo” AJ;
  • “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ;
  • “O‘zbekiston havo yo‘llari” AJ;
  • “O‘zavtoyo‘l” AJ;
  • “O‘zbektelekom” AJ;
  • “Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati” AJ;
  • “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJ;
  • “Xalq banki” ATB;
  • “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki” ATB.