O‘zbekiston Milliy termasi Rio-de-Janeyrodagi XV Paralimpiya o‘yinlarini 31 medal bilan yakunladi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ga Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi.

32 sportchidan iborat respublika jamoasi sportning besh turi (yengil atletika, suzish, dzyudo, o‘q otish va og‘ir atletika) bo‘yicha bahslarga kirishdi.

8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 bronza medalini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston paralimpiyachilar medallar hisobi bo‘yicha 15-o‘rin (medallar soni bo‘yicha 12-o‘rin)ni band etdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida 1- o‘rinni, MDX davlatlari orasida 2- o‘rin (1- o‘rin Ukraina, 171 sportchi bilan ishtirok etgan), Osiyo davlatlari o‘rtasida 2- o‘rin (1- o‘rin Xitoy, 326 sportchi bilan ishtirok etgan) qo‘lga kiritdi.

Dzyudo sport turi bo‘yicha umumjamoa xisobida 1-o‘rinni egalladi. Sportchilar tomonidan 6 ta jahon, 7 ta Paralimpiya o‘yinlari, 12 ta Osiyo rekordi o‘rnatildi.