Jamiyat

O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi festival bilan nishonlanadi
9 may 2024, 03:53

O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi festival bilan nishonlanadi

18-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida YeIning O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida YeI tomonidan moliyalashtirilgan 40 dan ortiq loyihalar taqdim etiladi. Ishtirokchilarni o‘yinlar va viktorinalar, shuningdek, gala-konsert kutmoqda.

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi
8 may 2024, 23:45

Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi. Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida o‘rganish markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Markaz direktorining maqomi prezident maslahatchisi o‘rinbosarinikiga tenglashtirildi.

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
8 may 2024, 23:44

Toshkentda 4 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash takomillashtiriladi. Batafsil
8 may 2024, 23:20

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash takomillashtiriladi. Batafsil

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha 4 yillik milliy strategiya qabul qilindi. Bunda ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan ta’minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan. Batafsil.

8-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
8 may 2024, 22:59

8-may kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Urush faxriylarini ziyorat qilgan prezident, narx ko‘tarilishi fonida oshgan oltin-valyuta zaxiralari, OTMlarga kirishdagi yangi minimal o‘tish ballari, rektorlarni saylash uchun “vaqt kerak"ligini aytgan vazir va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Foto: Toshkentda ilk bor mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi
8 may 2024, 22:51

Foto: Toshkentda ilk bor mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi

Toshkentda ilk bor mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi. 20 ga yaqin yirik ishlab chiqarish korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. O‘zbekiston mudofaa sanoati yutuqlari — “Gazeta.uz”ning katta fotoreportajida.

IIV mahkumlar uchun pulli onlayn uchrashuv xizmatini ishga tushirishni taklif qilmoqda
8 may 2024, 22:03

IIV mahkumlar uchun pulli onlayn uchrashuv xizmatini ishga tushirishni taklif qilmoqda

IIV jazoni o‘tash joylarida masofaviy videouchrashuvlar tashkil etish imkoniyatini yaratishni taklif qildi. Xavfsiz videoaloqa tizimini o‘rnatish uchun Inm International bilan 10 yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish rejalashtirilgan.

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi: TIV mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi
8 may 2024, 20:49

Qozog‘istonga kirish qoidalari o‘zgardi: TIV mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga murojaat qildi

O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani bois mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan o‘zlari bilan barcha zarur hujjatlarni olib yurishni so‘radi. Shuningdek, Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qilishini eslatdi.

Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba 5 yilga qamaldi
8 may 2024, 20:11

Isroilning Toshkentdagi elchixonasiga o‘t qo‘ymoqchi bo‘lgan talaba 5 yilga qamaldi

O‘zDJTUning 19 yoshli talabasi Isroilning Toshkentdagi elchixonasi binosiga kerosin shishasini uloqtirib, o‘t qo‘ymoqchi bo‘ldi. Sud uni 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)
8 may 2024, 19:28

Urush qatnashchisining nabirasi prezident sovg‘asi sifatida TDIUga qabul qilindi (video)

Ikkinchi jahon urushi faxriysi Muhiddin Do‘sanboyevning nabirasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Oliy ta’lim vaziri bu “prezident sovg‘asi” ekani, qiz universitetning bu yilgi ilk talabasi bo‘lganini aytdi. Video.

“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida
8 may 2024, 17:34

“Tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak”. Oliy ta’lim vaziri — rektorlarni saylash haqida

Oliy ta’lim vaziri Kongratbay Sharipov rektorlarni saylash haqida gapirib, bu masala “O‘zbekiston — 2030” strategiyasiga kiritilgani va muhokamada ekanini aytdi. “Rektorlarni saylashga tayyor emasmiz, bunga vaqt kerak. Jamoatchilik nazorati yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, keyin qilsak bo‘ladi”, — dedi u.

Toshkentda Yunusobod Business City loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi
8 may 2024, 17:00

Toshkentda Yunusobod Business City loyihasi taqdimotiga bag‘ishlangan biznes-forum bo‘lib o‘tdi

6-may kuni Intercontinental mehmonxonasida Yunusobod Business City yangi loyihasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda loyihani amalga oshirish bosqichlari va yetakchi investorlar hamda ekspertlarning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ish taklif qilmoqda
8 may 2024, 15:49 1

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklar uchun avtomobilsozlik yo‘nalishida ish taklif qilmoqda

Janubiy Koreya avtomobilsozlik sohasida 3 ming nafar ishchiga talab borligi va bu yo‘nalishda O‘zbekiston bilan hamkorlik qilmoqchi ekanini bildirdi.

O‘zbekistonda aprel oyi me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi
8 may 2024, 15:27

O‘zbekistonda aprel oyi me’yordan 1−2 daraja iliqroq bo‘ldi

O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy qismi bo‘yicha aprel oyi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq aprel oylari beshligiga kirdi. Havoning o‘rtacha harorati 1−2 daraja iliq, respublika janubida esa me’yordan 3−5 daraja yuqori bo‘ldi.

Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi
8 may 2024, 15:26

Ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi

O‘zbekiston OTMlarida magistratura va doktoranturaga qabul qilishda ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi. Bir qancha sohalarda esa sertifikat talabi bir pog‘ona — B1 darajasiga tushiriladi.

Grantda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi
8 may 2024, 15:22

Grantda o‘qigan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi

Davlat OTMlarida grant asosida o‘qigan talabalarning o‘qishni tugatgandan keyin 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. Shuningdek, ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarga davlat buyurtmasi qisqartiriladi, sirtqi ta’lim kvotasi kunduzgi ta’limga ajratilgan miqdordan oshmaydi.

DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi
8 may 2024, 15:07

DXX salkam 1,4 kg oltinni Qirg‘izistonga olib chiqib ketayotgan shaxslarni ushladi

Andijondan Qirg‘izistonga o‘tuvchi chegara postlarida jami salkam 1,4 kg oltindan iborat buyum va qotishmalarni noqonuniy olib chiqib ketishga uringanlar ushlandi.

Davlat OTMlariga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o‘zgardi
8 may 2024, 15:01

Davlat OTMlariga o‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari o‘zgardi

Universitetlarga kirish imtihonlaridan minimal o‘tish ballari 56,7 balldan 75,6 ballgacha ko‘tarildi. Sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun esa 94,5 ball etib belgilandi.

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi
8 may 2024, 12:55

Toshkent shahri Yashnobod tumanida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Yashnobod tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in 1,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 15 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi va 2 ta suv tashuvchi texnika jalb etildi.

Dehlidan Chikagoga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi
8 may 2024, 10:41

Dehlidan Chikagoga uchgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi

Dehlidan Chikagoga uchgan Air India samolyoti 86 yoshli yo‘lovchi yurak xurujiga uchragani sababli Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Ayol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib ketildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting