“Toshshahartransxizmat” 9-maydan boshlab Toshkent shahridagi 30, 95, 110 va 129-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati o‘zgarishini ma’lum qildi.

Tashkilotning qayd etishicha, Ohangaron yo‘li ko‘chasidan Parkent ko‘chasiga o‘tish uchun yer sathi bo‘ylab Temur Malik ko‘chasida tashkil etilgan ortga burilib olish joyi yopilgan.

Shu munosabat bilan ushbu avtobuslar endi shaharning markaziy qismlariga Ohangaron yo‘li ko‘chasidan Temur Malik ko‘chasiga kirmasdan, Parkent ko‘chasi orqali uch qavatli yo‘l o‘tkazgichning tunnel qismidan harakatlanadi.

Bundan tashqari, yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida 72-sonli “Aviasozlar — Jomiy maydoni” avtobus yo‘nalishining ish boshlash vaqti soat 5:30 dan 5:00 ga uzaytiriladi.