O‘zbekistonda 1-maydan boshlab elektr va gaz uchun tariflar oshiriladi, energiya iste’moli uchun ijtimoiy normalar joriy etiladi. “Gazeta.uz” yangi tariflar bo‘yicha maishiy iste’molchilarning xarajatlari qanchaga oshishini hisoblab chiqdi.

Tariflar va ijtimoiy norma

Avval xabar qilinganidek, energiya iste’molining quyidagi ijtimoiy normalari o‘rnatilmoqda (ular noyabr oyida joriy etilgan o‘suvchi koeffitsiyent o‘rnini bosadi):

  • elektr energiyasi — oyiga 200 kVt / soatgacha;
  • gaz (martdan oktabrgacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida esa martdan sentabrgacha) — 100 kub metrgacha;
  • gaz isitish mavsumida (noyabrdan fevralgacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida esa oktabr fevralda) — 500 kub metrgacha.

Bu norma 2022-yil iyul oyida o‘rnatish taklif qilingan miqdordan kamroq (o‘shanda elektr energiyasi — 250 kVt/soat, isitish mavsumidan tashqari gaz — 200 kub metr, isitish mavsumida — 700 kub metr etish taklif etilgandi), ammo keyin tariflarni oshirishdan va normalarni joriy etishdan voz kechildi.

Ijtimoiy norma deganda aholi tomonidan imtiyozli stavkada to‘lanadigan miqdor tushuniladi. Belgilangan me’yorgacha elektr energiyasi yoki gaz nisbatan arzon (imtiyozli) narxda, ushbu me’yordan yuqori bo‘lsa, bozor narxlarida sotiladi.

Aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasining bazaviy (ijtimoiy me’yor doirasida) narxi 295 so‘mdan 450 so‘mga (+52,5 foiz), 1 kubometr gaz — 380 so‘mdan 650 so‘mga (+71 foiz) oshdi. Iste’mol hajmining oshishi bilan tarif sezilarli darajada oshadi (batafsil).

2025-yil 1-apreldan tariflar yana oshadi. Aholi uchun 1 kVt/soat elektr energiyasining bazaviy qiymati 33,3 foizga — 600 so‘mgacha, gaz uchun — 53,8 foizga, 1000 so‘mgacha oshadi.

Tadbirkorlik subyektlari uchun elektr energiyasi tarifi 900 so‘mdan 1000 so‘mga (+11,1 foiz), gaz uchun — 1500 so‘mdan 1800 so‘mga (+20 foiz) oshadi.

Aholiga suyultirilgan gaz tarifi jami (ikki bosqichda) 78,6 foizga oshadi — avvaliga 1120 so‘mdan 1600 so‘mgacha, keyin 1 kg uchun 2000 so‘mgacha. Gaz to‘ldirish shoxobchalariga (AGTKSH) yetkazib beriladigan gaz 66,6 foizga qimmatlashadi — avvaliga 1500 so‘mdan 1800 so‘mgacha, keyin esa 2500 so‘mgacha.

Yangi tariflarni qanday to‘g‘ri hisoblash mumkin?

Masalan, 300 kVt/soat iste’mol qilinadigan elektr energiyasini olaylik, hozirda abonentlar ushbu miqdorda elektr energiyasi uchun 88,5 ming so‘m — 1 kVt/soat uchun 295 so‘m to‘laydilar. 1-maydan boshlab ushbu miqdor uchun 180 ming so‘m to‘lashingiz kerak bo‘ladi:

  • bazaviy tarifning 200 kVt/soati — 1 kVt/soat uchun 450 so‘mdan yoki 90 ming so‘m;
  • keyingi 100 kVt/soat — 900 so‘mdan yoki 90 ming so‘m oshirilgan tarif bo‘yicha.

Shunday qilib, 900 so‘mlik tarif butun miqdor uchun emas, faqat ijtimoiy me’yordan oshib ketgan miqdorga qo‘llaniladi, deya ta’kidladi Energetika vazirligi “Gazeta.uz”ga.

gaz, ijtimoiy norma, narx, svet, elektr energiyasi

Xuddi shunday sxema gaz to‘lovlarida ham qo‘llaniladi. Masalan, isitish mavsumi bo‘lmaganda 300 kubometr gaz uchun siz:

  • 100 kub metr uchun 650 so‘mdan;
  • 200 kub metr uchun esa 1500 so‘mdan to‘lashingiz kerak.

Isitish mavsumida bazaviy tarif 500 kub metr hajmda qo‘llaniladi.

gaz, ijtimoiy norma, narx, svet, elektr energiyasi

“Hududgazta’minot” kompaniyasi iste’molchilar yangi tariflar bo‘yicha qancha to‘lashini hisoblab chiqishi uchun test rejimida onlayn kalkulyatorni ishga tushirdi. Yaqin kunlarda “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi ham kalkulyatorni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Iste’molchilar qancha to‘laydi?


Elektr energiyasi
Iste’mol
qilingan
Amaldagi
tarif
bo‘yicha

2024-yil
1-maydan
Farq
2025-yil
1-apreldan
so‘mda
foizda
1
100 kVt·s
29 500
45 000
15 500
53%
60 000
2
200 kVt·s
59 000
90 000
31 000
53%
120 000
3
300 kVt·s
88 500
180 000
91 500
103%
220 000
4
500 kVt·s
147 500
360 000
212 500
144%
420 000
5
1500 kVt·s
442 500
1 485 000
1 042 500
236%
1 670 000

Yangi tariflarda oyiga 200 kVt/soatgacha elektr energiyasidan foydalanuvchilar xarajatlari 1,5 barobarga — oyiga 31 ming so‘mga, 300 kVt/soatgacha iste’mol qiluvchi abonentlar uchun — 91,5 ming so‘mga (2 baravar), 500 kVt/soatgacha bo‘lgan abonentlar uchun esa 212,5 ming so‘mga (2,5 baravar) oshadi.




Gaz (isitish mavsumidan tashqari)
Iste’mol
qilingan
Amaldagi
tarif
bo‘yicha

2024-yil
1-maydan
Farq
2025-yil
1-apreldan
so‘mda
foizda
1
100 kub m
38 000
65 000
27 000
71%
100 000
2
200 kub m
76 000
215 000
139 000
183%
280 000
3
300 kub m
114 000
365 000
251 000
220%
460 000
4
500 kub m
190 000
665 000
475 000
250%
820 000
5
1000 kub m
380 000
1 415 000
1 035 000
272%
1 720 000
6
3000 kub m
1 140 000
4 640 000
3 500 000
307%
5 470 000

Isitish mavsumidan tashqarida iste’moli 100 kub metrgacha bo‘lgan abonentlar uchun xarajat har oyda 27 ming so‘mga (+71%), 200 kub metrgacha bo‘lgan iste’mol uchun esa oyiga 139 ming so‘mga (2,8 marta) oshadi.




Gaz (isitish mavsumida)
Iste’mol
qilingan
Amaldagi
tarif
bo‘yicha

2024-yil
1-maydan
Farq
2025-yil
1-apreldan
so‘mda
foizda
1
100 kub m
38 000
65 000
27 000
71%
100 000
2
200 kub m
76 000
130 000
54 000
71%
200 000
3
300 kub m
114 000
195 000
81 000
71%
300 000
4
500 kub m
190 000
325 000
135 000
71%
500 000
5
1000 kub m
380 000
1 075 000
695 000
183%
1 400 000
6
3000 kub m
1 140 000
4 300 000
3 160 000
277%
4 655 000

Isitish davrida 500 kub metrgacha gaz iste’mol qilgan abonentlar uchun tariflar oshirilgandan keyin qo‘shimcha xarajatlar 135 ming so‘mni (+71%), 1000 kub metrgacha iste’mol qilish uchun oyiga 695 ming so‘mni (2,8 marta) tashkil etadi.

Limit doirasida ishlatilmagan svet va gazni jamg‘arish mumkinmi?

2022-yilda ijtimoiy norma va yangi tariflar joriy etilishi rejalashtirilganida jurnalist va blogerlar loyiha muhokamasi chog‘ida ishlatilmagan kubometr va kilovatt-soatni bazaviy tarif doirasida jamg‘arib, boshqa oylarda foydalanish tizimini joriy etishni taklif qilgan edi.

Masalan, agar bazaviy tarif 200 kVt/soat bo‘lsa, iste’molchi oyiga 150 kVt/soat sarflasa, qolgan 50 kVt/soatdan qishda, iste’mol hajmi oshgan paytda foydalanishi mumkin. Xuddi shunday sxema gaz uchun ham taklif qilingan.

“Gazeta.uz”ning hukumatdagi manbasi kelgusida bu sohaga xususiy sektor jalb etilishini, ular raqobat muhitida moslashuvchan tariflar va boshqa qulayliklarni taklif qilishlari mumkinligini aytdi. Misol tariqasida u Internet provayderi bozoriga ishora qildi.

Eski narx bo‘yicha oldindan to‘lov qilish mumkinmi?

Energetika vazirligi “Gazeta.uz”ga ta’kidlashicha, iste’molchilar amaldagi tarif bo‘yicha oldindan to‘lovni amalga oshirishi mumkin, biroq 1-maydan boshlab elektr energiyasi va gaz iste’moli yangi narxlarda hisobga olinadi. Gazni hisoblagichlarsiz ishlatadigan va belgilangan miqdorni to‘laydigan iste’molchilar bundan mustasno.

Ammo bu miqdor ham oshadi:

ovqat pishirish va issiq suv ta’minoti uchun — gazning har kub metri uchun 660 so‘mdan 1500 so‘mgacha;

uyni isitish uchun — 380 so‘mdan 1100 so‘mgacha.

2025-yilning 1-aprelidan boshlab ushbu tariflar mos ravishda 1800 va 1400 so‘mgacha oshiriladi.

Gaz hisoblagichi bo‘lmagan taqdirda to‘lov aholiga maishiy ehtiyojlar uchun ajratilgan oylik iste’mol tariflari asosida hisoblanadi (jadval).

Tungi tarif joriy qilinadimi?

Ko‘pgina mamlakatlarda elektr energiyasini iste’mol qilish uchun tungi va kunduzgi tariflari mavjud. Masalan, AQShda aholi va korxonalar elektr energiyasidan kechasi ko‘proq, kunduzi esa kamroq foydalanishi uchun 30 tagacha tarif stavkalari mavjud. Fransiyada tariflarning 7 darajasi mavjud, Germaniyada tarif tun va kunduzga bo‘lingan.

Qozog‘istonda 2011-yildan boshlab kun zonalari bo‘yicha tabaqalashtirilgan tariflar amalda bo‘lgan. Kechasi elektr energiyasi uchun tarif 3,89 tenge bo‘lgan. Kun davomida deyarli 17 tenge. Tadbirkorlar uchun uchta tarif belgilandi. Tunda 4,66 tenge, kunduzi 15,51 tenge va kechqurun 34,22 tenge. Biroq, 2017-yilda energiya samaradorligi dasturi bekor qilindi, xabarlarga ko‘ra, sezilmas ta’sir (tungi iste’mol 0,5 foizga oshdi), shuningdek, energiya kompaniyalari uchun yo‘qotishlar ortdi.

O‘zbekiston Energetika vazirligi 2019-yil avgust oyida o‘rnatilayotgan yangi elektr hisoblagichlar ko‘p tarifli tizimga ega bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Xususan, ular kunning vaqtiga qarab elektr energiyasini hisobga olish uchun ishlashi mumkin edi.

“Ammo… mazkur bosqichda „tungi“ va „kunduzgi“ tariflarni joriy etish yo‘lida jiddiy bir muammo bor. Bu esa elektr energiyaning yetkazib berilishi bilan bog‘liqdir. Agar biz iste’molchiga arzonroq energiyani iste’mol qilishni tanlash imkoniyatini berganimizda, ushbu tanlovni 24 soatlik yetkazib berish bilan mustahkamlashimiz kerak bo‘ladi. Hozirgi paytda biz iste’molchiga „qimmat“ va „arzon“ elektr energiyani yetkazib bera olmaymiz. Chunki ushbu elektr energiyani yetkazib berishda uchraydigan muammolar tufayli biz iste’molchilarni „qimmat“ energiyani xarid qilishga majburlaymiz”, — deya ta’kidlagandi vazirlik.

Keyin Energetika vazirligi “yaqin kelajakda” elektr energiyasi narxlarini iste’mol qilish hajmiga qarab differensiyatsiya imkoniyati ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi. Bunda uchta — bazaviy, pasaytirilgan va yuqori tariflari joriy etilishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020−2030-yillarda mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlash konsepsiyasida 2022-yildan boshlab kunning vaqti, ish kunlari va dam olish kunlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan elektr energiyasi tariflarini joriy etish belgilangan edi. Ammo bu reja hayotga tatbiq etilmadi.

Ijtimoiy norma — ko‘pmi yoki ozmi?

2022-yilda O‘zbekistonda jami 7,3 million elektr energiyasi abonenti borligi, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 80 foizi oyiga o‘rtacha 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qilishi ma’lum qilingan edi. Vaholanki, bu uy xo‘jaliklari aholi tomonidan iste’mol qilinadigan umumiy elektr energiyasining atigi 31 foizini (5,7 milliard kVt/soat) tashkil etadi.

4 million gaz abonentining 85 foizi oyiga o‘rtacha 500 kub metrgacha gaz iste’mol qiladi. Ular aholi umumiy iste’molining 35 foizini (4,5 milliard kub metr) tashkil etadi, deyiladi xabarda.

Ijtimoiy sug‘urta agentligi avvalroq tariflarning oshishi munosabati bilan 1,5 millionga yaqin muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatilishini aytgan edi. Kambag‘allik chegarasi, pensiya va nafaqalar miqdorini oshirish, isitish mavsumida 270 ming so‘mdan bir martalik to‘lov va kompensatsiyalar to‘lash ko‘zda tutilgan.

Bundan avval O‘zbekistonda elektr energiyasi va gaz narxlari 2019-yil avgust oyida oshgan edi. Tariflarni liberallashtirish bir necha bor ortga surilgandi.