15-aprel — 3-may kunlari Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Indoneziya ustidan g‘alaba qozonib, finalga chiqdi. 29-aprel kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida O‘zbekiston darvozasiga penalti belgilanishi mumkin edi, biroq hakam epizodni VAR tizimi orqali tekshirib, Abduqodir Xusanov raqibdan to‘pni olishda qoida buzmagan, degan xulosaga keldi.

63-daqiqada indoneziyaliklar hisobni ochdi, biroq VAR tizimi yordami bilan gol ofsayd tufayli bekor qilindi.

Oradan 5 daqiqa o‘tib O‘zbekiston U-23 terma jamoasi hisobda oldinga chiqib oldi — Muhammadqodir Xamraliyev to‘pni jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi, ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan hujumchi Husayn Norchayev raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

82-daqiqada hakam Jasur Jaloliddinovni jarohatlagan himoyachi Rizki Ramadaniga qizil kartochka ko‘rsatdi.

86-daqiqada o‘zbekistonliklar jarima zarbasini amalga oshirdi, darvozabon uni qaytardi, ammo Abduqodir Xusanov qaytgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi, to‘singa tekkan to‘pni chiziq oldida turgan Pratam Arxandan (o‘z darvozasiga) joylab qo‘ydi.

Foto: Professional futbol ligasi (PFL).Foto: Professional futbol ligasi (PFL).

Foto: O‘FA.Foto: O‘FA.

Shu tariqa O‘zbekiston U-23 terma jamoasi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi finaliga chiqdi va buning evaziga o‘z tarixida ilk bor 26-iyul — 11-avgust kunlari Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

3-may kuni soat 20:30 da jamoa chempionlik uchun boshqa yarim final juftligi — Yaponiya U-23 — Iroq U-23 o‘yini g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi — har ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan va Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkil etiladigan xalqaro Osiyo chempionati. Turnir 15-apreldan 3-mayga qadar Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Turnir OFKning 2024-yilda Fransiyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga saralash turniri bo‘lib xizmat qiladi. Turnirning eng yaxshi uchta jamoasi Osiyo vakillari sifatida Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, to‘rtinchi eng yaxshi jamoa pley-off bahsida ishtirok etadi. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etadi. Saudiya Arabistoni amaldagi chempion hisoblanadi.

Video

Foto

u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024u-23 осиё kubogi, индонезия, олимпия ўйинлари 2024