Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA)ning yangilangan reytingida 1345,26 ochko bilan besh pog‘onaga ko‘tarilib, 73-o‘rindan 68-o‘ringa ko‘tarildi.

Noyabr oyida JCH-2026 saralash o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lub etdi (1:3), Eron bilan durang o‘ynadi (2:2).

Milliy terma jamoa Osiyo reytingida 9-o‘ringa ko‘tarilib, Ummondan o‘zib ketdi. Osiyoning eng kuchli 10 ta terma jamoasi safida, shuningdek, Yaponiya (dunyoda 17-o‘rin), Eron (21), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (25), Saudiya Arabistoni (56), Qatar (58), Iroq (63) va BAA (64) bor.

Reytingda birinchi o‘rinda amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi (1855,2 ball), ikkinchi o‘rinda esa Fransiya terma jamoasi (1845,44) joy olgan. Kuchli uchlikni Angliya terma jamoasi yakunlab turibdi (1800,05).