«futbol» tegli maqolalar


“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida
6 may 2024, 18:12

“Eng asosiy vazifamizni bajardik”. Timur Kapadze — O‘zbekistonning U-23 Osiyo kubogidagi o‘yini haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze jamoaning U-23 Osiyo kubogidagi natijalari va finaldagi Yaponiyaga qarshi mag‘lubiyat haqida gapirdi.

“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida
2 may 2024, 15:27

“Final uchun rejamiz bor”. Timur Kapadze — Osiyo kubogi finalida Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi murabbiyi Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi final haqida gapirib, jamoalarni “bir-biriga munosib raqib” deb atadi. Uning aytishicha, o‘yin uchun tayyorlangan reja bor. Kapadze, shuningdek, 3 legionerning o‘yinda qatnashmasligiga ham to‘xtaldi.

Prezident futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasini Parijdagi Olimpiadaga yo‘llanma olgani bilan tabrikladi
30 aprel 2024, 09:34

Prezident futbol bo‘yicha yoshlar terma jamoasini Parijdagi Olimpiadaga yo‘llanma olgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasini Qatarda o‘tgan Osiyo kubogi finaliga chiqqani va 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. “Bu el-yurtimizning necha yillik buyuk orzusi edi”, — dedi u.

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (+ video)
26 aprel 2024, 21:53

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistonini mag‘lub etib, U-23 Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi (statistika, video, foto).

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogida Vetnamni mag‘lub etdi (+ video)
24 aprel 2024, 00:42

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogida Vetnamni mag‘lub etdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi 3-turida Vetnamni mag‘lub etib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Jamoa chorak finalda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi (video, foto).

O‘zbekistonlik futbolchilar U-23 Osiyo kubogida Kuvaytni mag‘lub etdi (+ video)
21 aprel 2024, 08:53

O‘zbekistonlik futbolchilar U-23 Osiyo kubogida Kuvaytni mag‘lub etdi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining 2-turida Kuvayt ustidan yirik g‘alabaga erishdi. O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasiga javobsiz beshta to‘p kiritdi (statistika, video, foto).

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi (+ video)
17 aprel 2024, 21:38

O‘zbekiston futbolchilari U-23 Osiyo kubogini g‘alaba bilan boshladi (+ video)

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk uchrashuvida Malayziyani mag‘lub etdi (statistika, video, foto).

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga yuqoriladi
4 aprel 2024, 16:12

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga yuqoriladi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida 2 pog‘ona yuqorilab, 64-o‘rinni egalladi. Osiyoda esa 8-o‘rinni qayd etdi. Reytingni Argentina, Fransiya va Belgiya terma jamoalari boshqarib bormoqda.

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi
29 mart 2024, 14:20

O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi futbol o‘yinidan so‘ng maydonga yugurib chiqqan muxlislar jazolandi, O‘FA ham jarimaga tortildi

JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong o‘yini yakunlanganidan keyin maydonga yugurib chiqqan futbol muxlislari javobgarlikka tortildi. Osiyo futbol konfederatsiyasi holat uchun O‘FAni jarimaga tortdi.

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston yana Gonkongni mag‘lub etdi (video)
26 mart 2024, 22:05

JCh-2026 saralashi: O‘zbekiston yana Gonkongni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 ikkinchi saralash bosqichi javob uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi. Shu tariqa O‘zbekiston turnirning uchinchi saralash bosqichiga yo‘l oldi (video, foto).

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida
22 mart 2024, 12:01

“Futbolchilarim o‘z imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi”. Srechko Katanets — Gonkong ustidan g‘alaba haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari JCH-2026 saralash o‘yinlarida Gonkongga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Futbolchi Eldor Shomurodov maydonning sifatsizligini qayd etib, OFKdan hamma uchun yagona talabni belgilashni so‘radi.

JCH-2026 saralash bosqichi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lub etdi (video)
22 mart 2024, 11:10

JCH-2026 saralash bosqichi: O‘zbekiston Gonkongni mag‘lub etdi (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Jahon chempionati-2026 saralash bosqichining 3-tur uchrashuvida Gonkong terma jamoasini mag‘lub etdi (video, foto). Jamoa 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi
21 mart 2024, 14:16

Mahallalar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirishga doir qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, turli yoshdagi ayol va erkaklarning “mahalla terma jamoalari” tashkil etilib, ular o‘rtasida “Mahalla ligasi” o‘tkaziladi. Unda o‘zini ko‘rsatgan yoshlar futbol maktabi va akademiyalariga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets
19 mart 2024, 14:52

O‘zbekiston tarixda ilk bor Jahon chempionatiga chiqa oladigan jamoaga aylandi — Srechko Katanets

Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Srechko Katanets Jahon chempionati va Osiyo kubogi qo‘shma saralash bosqichida Gonkongga qarshi o‘yinni intiqib kutayotgani, o‘zbekistonlik futbolchilar Osiyoning eng yaxshi jamoalariga qarshi kurasha olishi haqida gapirdi. Unga ko‘ra, mamlakat ilk bor JCHga chiqoladigan jamoaga aylandi.

Mahallalarda futbol infratuzilmasi rivojlantiriladi — prezident yig‘ilishi
15 mart 2024, 23:09

Mahallalarda futbol infratuzilmasi rivojlantiriladi — prezident yig‘ilishi

Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Mavjud stadion va maydonlardan samarali foydalanish, ular mavjud bo‘lmagan joylarda esa DXSH asosida yangisini qurish rejalashtirilgan. “Gazeta.uz” fuqarolar futbol maydonlari buzilishiga qarshi chiqqan holatlar haqida yozgandi.

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi
27 fevral 2024, 17:04

“Bunyodkor” Rivaldo va Denilson oldidagi 9,2 mln yevro qarzi bo‘yicha izoh berdi

“Bunyodkor” direktori Murod Aliyev klub huquqshunoslari Rivaldo va Denilsonga qariyb 9,2 mln yevro to‘lash bo‘yicha FIFA qarorini yumshatish ustida ishlayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarzni to‘lash masalasini klub rahbariyati, ya’ni “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasi hal qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi
16 fevral 2024, 00:02

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida ikki pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshiladi va 66-o‘ringa ko‘tarildi.

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi
7 fevral 2024, 20:41

O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar futbolchisi klublarini o‘zgartirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov faoliyatini BAAning “Al-Vahda” klubida davom ettiradi, boshqa bir yarim himoyachi Oston O‘runov esa Eronning amaldagi chempioni “Persepolis"ga o‘tdi.

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida
4 fevral 2024, 14:03

“Hazillashyapsizmi?” Srechko Katanets — Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin uning iste’foga chiqish masalasi haqida

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, Qatar bilan o‘yindagi mag‘lubiyatdan xafa bo‘lmaslik kerak, chunki jamoa turnirda yaxshi qatnashdi. Murabbiy uning iste’fosi haqidagi savolga shunday javob berdi: “Hazillashyapsizmi?”

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida
4 fevral 2024, 13:44

“Penaltilarga tayyorgarlik ko‘rmagandik”. O‘zbekiston futbolchilari — Qatarga yutqazilgani haqida

O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qatardan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng futbolchilar penaltilar seriyasi uchun mashq qilmaganini bildirdi. Jaloliddin Masharipov muxlislardan kechirim so‘rab, jamoa jahon chempionatiga chiqa olishiga ishontirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting