Markazlashgan ichimlik suvi ta'minotiga ega bo‘lmagan olis va chekka hududlardagi qishloqlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida maxsus texnika ajratiladi. Bunday chora-tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi «Aholi punktlarni sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan. Hujjat Lex.uz'da e'lon qilingan.

Qarorda chekka hududlardagi qishloqlar aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun 76 ta suv tashuvchi Isuzu, 307 ta tirkamali TTZ traktorlar va 100 ta sisterna bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan.

Maxsus texnika olisdan nazorat qilish tizimi GPS bilan jihozlanadi.

Aholini uzluksiz toza suv bilan ta'minlash uchun maxsus transportga keraklicha yoq'ilg‘i ajratiladi.