25-fevral kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Miroslav Yenchani qabul qildi.

Uchrashuvda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar bo‘yicha fikr almashildi, xabar berdi TIV matbuot xizmati.

Bir qator ekologiya, xususan transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar alohida e'tiborni Orolning qurishi oqibatlarini bartaraf etish va Orol bo‘yida ekotizim halokatining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining bajarilishiga qaratdilar.

Uchrashuv chog‘ida shuningdek Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz va Orolni qutqarish xalqaro fondining amaliy hamkorligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.