17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov yangi tayinlangan Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissingni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati xabari berishicha, elchi vazirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Germaniyaning o’rtasidagi samarali hamkorlikni kengaytirishga alohida ahamiyat berish dolzarbligi qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan iqtisodiy, madaniy, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi, kelajakdagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi.