Sog‘liqni saqlash vaziriga tog‘ridan-tog‘ri shikoyat, taklif va murojaatlarni vazirlikning virtual qabulxonasi orqali yuborish mumkin bo‘ldi. Bunday imkoniyat vazirlikning rasmiy saytida taqdim etilgan.

Gazeta.iz avvalroq Bosh vazir, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiylar va savdo vaziri, Davlat soliq qo‘mitasi raislariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat imkoniyati mavjudligi haqida xabar bergan edi.

Vazirlik va idoralarning rahbarlari bilan to‘gr'idan-to‘g‘ri muloqotni joriy yilning 17-yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2013-yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag’ishlab o’tkazilgan yig’ilishdan so‘ng kirita boshlashdi.

Yig‘ilishda Prezident Islom Karimov biznes yuritish uchun amaliy qulay sharoit tug‘dirib berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish hukumatning 2014-yilda real iqtisodiyotni isloh etishda eng muhim yo‘nalishiga aylanmog‘i zarur ekanligini aytgan edi.