O‘zbekistonning amaldagi chempioni va kubogi sohiblarida rahbar o‘zgardi. «Bunyodkor» futbol klubi OAJ Kuzatuv kengashining yig‘ilishida yangi klub prezidenti etib Alimov Bedil tayinlandi.

Klubning matbuot xizmatining xabar berishicha, bungacha klub prezidenti sifatida ishlab kelgan Jo‘rayev To‘lagan boshqa ishga o‘tganligi sababli o‘z lavozimidan ozod etildi.

Klubning yangi prezidenti Alimov Bedil ayni vaqtda «O‘zbekneftegaz» milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini ham bajaradi.