RIA Novosti — Gollivudda xorijiy matbuot jurnalistlari uyushmasining (HFPA) fikircha, rejissyor Stiv Makkuinning «Qullikning 12 yili» tarixiy filmi o‘tgan yilning eng yaxshi film deb topildi.

«Gravitatsiya» filmi uchun meksikalik Alfonso Kuaron eng yaxshi rejissyor sifatida tan olindi.

Eng yaxshi dramatik aktrisa nominatsiyasida Vudi Allenning «Jasmin» filmidagi roli uchun Keyt Blanshett g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mettyu Makkonaxi «Dallaslik xaridorlar klubi»dagi OITS kasaliga uchragan Ron Vudruf roli uchun eng yaxshi aktyor deb tan olindi.

Eng yaxshi komediya deb topilgan «Amerikancha firibgarlik» jinoyat tragikomediyasidagi roli uchun ikkinchi plandagi eng yaxshi ayol aktrisa mukofotini 23 yoshli Jennifer Lourens oldi.

Ikkinchi plandagi eng yaxshi erkak roli uchun mukofotga Jared Leto «Dallaslik xaridorlar klubi»dagi roliga sazovor bo‘ldi.

Eng yaxshi chet el filmi uchun so‘vrinni Gollivudlik jurnalistlar «Muazzam go‘zallik» filmiga berdilar.

Amerikaning «Oltin globus» kinomukofoti 1944- yildan Los-Anjelesda Gollivudni yoritadigan xorijiy matbuot jurnalistlarining uyushmasi (Hollywood Foreign Press Association, HFPA ) tomonidan tele- va kinosuratlarga berilib kelinadi.