RIA Novosti — Rossiya Prezidenti Vladimir Putin YuKOSning sobiq rahbari Mixail Xodorkovskiyni avf etish farmonini imzoladi, deb xabar bermoqda Kreml matubot hizmati.

Farmonda aytilishicha, mahbus Mixail Borisovich Xodorkovskiy insonparvarlik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, jazoning qolgan muddatidan ozod qilindi.

Farmon imzolangan kun — 20 dekabrdan boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.

Xodorkovskiyning advokati Vadim Klyugvant, Xodorkovskiy xozirgi vaqt ozodlikda ekanligi haqida xabar berdi.