15-avgust ertalab O’zbekistonning Olimpiya delegatsiyasi Londondan Toshkentga uchib keldi. Sportchilarni rasmiy shaxslar, qarindoshlari va ko’plab muxlislar tantanali ravishda kutib oldi.

2012-yilgi Olimpiada o’yinlarining oltin medali sohibi Artur Taymazov o’z chiqishida g’alabasini butun O’zbekiston xalqiga bag’ishlashini aytdi.

Bronza medalini qo’lga kiritgan Rishod Sobirov 2016-yilda o’tkaziladigan keyingi Olimpiada o’yinlarida oltin medal bilan qaytishga va’da berdi.

Foto

Suratlar PressPhoto.uz tomonidan taqdim etildi.