O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Islom Karimov halok bo‘lganlar va jarohat olganlarning yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazdi.

O‘tgan shanba kuni Varshavadan 200 km janubda joylashgan Shekotsina aholi punkti yonida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashuvi natijasida 16 kishi halok bo‘lgan va 57 kishi jarohat olgan.

5- va 6-mart kunlari Polshada milliy motam e’lon qilindi, xabar berdi Bronislav Komorovskiy matbuot xizmati.

Butun Polsha bo‘ylab davlat bayroqlari engashtirib qo‘yildi, sport va ko‘ngilochar tadbirlari bekor qilindi, mamlakatning asosiy rasmiy saytlari oq-qora tartibga o‘tkazildi.