4-dekabr kuni O‘zbekistondagi Rossiyaning elchixonasida joylashgan 5258-saylov uchastkasida 6-chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi Federal Yig‘iniga saylovlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, 19-, 26- va 27-noyabr kunlari Olmaliq, Andijon, Zarafshon, Navoiy, Samarqand, Farg‘ona va Chirchiq shaharlarida muddatdan oldin ovoz berish o‘tkazilgan.

Elchixona matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, saylovda hammasi bo‘lib 1442 kishi qatnashdi.

Ulardan 882 kishi (61,1%) “Yedinaya Rossiya”, 235 kishi (16,2%) – KPRF, 124 kishi (8,5%) – LDPR, 103 kishi (7,1%) – “Spravedlivaya Rossiya”, 76 kishi (5,2%) – “Yabloko”, 16 kishi (1,1%) – “Patrioti Rossii” va 6 kishi (0,4%) “Pravoye delo” partiyalariga ovoz bergan.