Raqamli bank hisoblangan “Smartbank” AJ O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib Oracle kompaniyasining avtomatlashtirilgan bank tizimi (ABT) hisoblangan Oracle Flexcube bulutli texnologiyasini joriy qildi. Oracle Flexcube o‘zining moslashuvchanligi, keng ko‘lamliligi va ishonchliligi bilan mashhur bo‘lib, amaliyotda qo‘llanadigan asosiy bank operatsiyalarini boshqarish uchun foydalaniladigan barcha funksiyalar bilan ta’minlaydi. Bu esa O‘zbekiston bank sektorida katta yutuq hisoblanib, bank mahsulotlarini taqdim etishni raqamlashtirish va sifatini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. “Smartbank” AJni ta’sis etishda bankning asosiy maqsadlaridan biri zamonaviy standardlarga javob beruvchi va yuqori sifatli hamda innovatsion moliyaviy xizmatlarni taklif etish imkoniyatini beruvchi ABTni joriy qilish hisoblangan.

Hozirda O‘zbekistonda xizmatlar sohasini, jumladan, moliya sektorini raqamlashtirish ishlari jadal olib borilayotgan sharoitda banklar ushbu bozor sharoitlariga moslashishida mazkur ABT imkoniyatlarining dolzarbligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

smartbank, реклама

“Oracle Flexcube bilan hamkorlik bizga tranzaksiyalarni keng miqyosda qayta ishlash imkoniyatini beradi. Shuningdek, Oracle Flexcube`ning mukammal arxitekturasi katta API to‘plamini o‘z ichiga olishi tez suratlarda rivojlanayotgan raqamlashtirishga oson moslashish va mijozlar talablaridan kelib chiqadigan yangi bank mahsulotlari va hizmatlarini qisqa muddat ichida sifatli darajada yetkazib berish imkonini beradi”, — dedi Smartbank vakili Fazliddin Kamoliddinov.

smartbank, реклама

“Loyihani boshlashdan avval O‘zbekistondagi yetuk mutaxassislardan iborat jamoamiz barcha talablarimizni, tizimlar o‘rtasidagi vazifalar taqsimotini inobatga olib, batafsil hujjatlashtirish ishlarini olib borish orqali ushbu dasturiy ta’minotni integratsiyalashni amalga oshirdi”, — deb ta’kidlaydi Smartbank vakili Baxtovar Yusufi.

Profinch bilan hamkorlik

Smartbank ilg‘or bank texnologiyalari va konsalting xizmatlarining yirik ta’minotchisi hisoblangan Profinch bilan hamkorlik qilmoqda. Bank Profinch bilan birgalikda Oracle Flexcube Universal Core Banking System texnologiyasini joriy qildi va zarur regulyator tizimlar bilan integratsiya qildi.

Bulutli texnologiyalardan foydalanish IT infrastrukturasi xarajatlarini kamaytiradi. Ichki va tashqi tizimlar bilan integratsiya qilish esa ma’lumotlar almashinuvini osonlashtiradi. Shuningdek, ushbu tizim yangicha xizmatlar yaratish va funksionallikni kengaytirish uchun turli xil modullarga osongina ulanish imkoniyatini beradi.

smartbank, реклама

“Biz Smartbank`ning O‘zbekiston bank tizimi transformatsiyasidagi roli va missiyasida ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz. Ushbu hamkorlik Profinch`ning mijozlar ehtiyojlarini qondirish maqsadida jahon standardlaridagi bank yechimlari va maslahatlarini taqdim etishga sodiqligini bildiradi. Biz Smartbank ga eng yaxshi tilaklarimizni bildiramiz va bankni uzoq muddatli strategik maqsadlariga erishishida qo‘llab-quvvatlaymiz”, — dedi Profinch vakili Amrit Bisvas.

O‘zbekiston bank sektorini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hamkor

O‘zbekiston moliya sektorini jadal raqamlashtirish davrini boshdan kechirmoqda va bu o‘z o‘rnida banklarni bozor o‘zgarishlarini inobatga oluvchi zamonaviy va moslashuvchan yechimlarni qidirishga undamoqda. Oracle Banking tizimi xodimlarning samaradorligini oshirish, operatsiyalarni optimallashtirish, shuningdek, risk boshqaruvini takomillashtirishning avtomatlashtirilgan imkoniyatlarini taqdim etadi. Ushbu tizimni joriy etish muvaffaqiyatga erishish uchun muhim rol o‘ynashi sababli Smartbank ushbu loyihani amalga oshirish uchun hamkor sifatida Oracle kompaniyasini tanladi.

smartbank, реклама

“Raqobat ustunligiga ega bo‘lish maqsadida banklar mijozlarning o‘sib borayotgan talablarini qondirish uchun an’anaviy biznes modellarini o‘zgartirishi lozim bo‘ladi. Oracle kompaniyasi Smartbank`ga raqamlashtirish jarayonini tezlashtiradigan va mijozlar uchun taklifini kengaytirishga mo‘ljallangan nihoyatda moslashuvchan va ochiq texnologiyali platformani taqdim etadi”, — deya o‘rtoqlashdi Oracle Financial Services vakili Andrey Tixiy.

Profinch va Oracle bilan hamkorlik nafaqat zamonaviy standardlarga javob berish, balki mijozlarning ehtiyojlarini qondirish uchun innovatsion yechimlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Kelgusida Smartbank bank mahsulotlari va xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash va davomiyligini oshirish maqsadida zamonaviy texnologiyalarni joriy etib boradi.

Smartbank ilovasini havola orqali yuklab olish mumkin.

Telefon: 1377.

Sayt: smartbank.uz
Facebook: fb.com/smartbank.uz
Instagram: @smartbank.uz
Telegram: t.me/smart_bank_uz

Reklama huquqlari asosida.