May oyida IT Park University`ning birinchi va ikkinchi kurs talabalari Ispaniyada IT mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar orasida dunyoda yetakchilardan bo‘lgan EPAM Systems ofislarida amaliyot o‘tadi. O‘qishda yaxshi natijalar ko‘rsatgan talabalar uchta shahardagi EPAM ofislarida ish jarayonlari tuzilishi bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashdi va Yevropa IT mutaxassislarining bir qator trening va seminarlarida bo‘ldi.

it park university, реклама

2024-yil birinchi va ikkinchi kurs talabalariga xalqaro amaliyot o‘tash uchun sakkizta grant o‘rinlari ajratildi. 2023-yilda IT Park University xalqaro amaliyoti Litva va Polshada bo‘lib o‘tgan edi. Bu safar talabalar o‘quv darajasi, IT sohasidagi yutuqlari, universitet hayotidagi faol ishtiroki va motivatsion videorolik asosida tanlandi. Amaliyot to‘liq universitet tomonidan moliyalashtirildi.

it park university, реклама

“Men IT Park University`ga yaqindagina o‘qishga kirganman, lekin shuni ayta olamanki, bu yerda talabalar hayoti boy va qiziqarli. Shu ikki semestr davomida universitet tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadbirlar va treninglarda qatnashishga muvaffaq bo‘ldim. Ulardan esda qolarlisi esa universitet tomonidan moliyalashtirilgan Ispaniyaga amaliyot safari bo‘ldi. Men IT sohasida yangiman. Bo‘sh vaqtimni dasturlashni o‘rganishga va bilimimni oshirishga sarflayman. EPAM testchilarining faoliyatini kuzatib, ular o‘z ish jarayonlariga doimiy ravishda yangi texnologiyalarni joriy etishlariga amin bo‘ldim. Ishdagi uyg‘unlik, hamkasblar xushmuomalaligi meni ruhlantirdi. Mutaxassislar o‘rtasidagi uzluksiz o‘rganish va doimiy bilim almashish kabi muhim jihatlarni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganimdan cheksiz baxtliman. To‘g‘ri tanlov qilganimga endi aslo shubham yo‘q. IT sohasida o‘z ijodkorlik qobiliyatlarimni rivojlantirish va loyihalarimni amalga oshira olishimga ishonchim komil”, — deya universitet birinchi kurs talabasi Nigoraxon Mamadaliyeva o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Amaliyot IT Park University hammuassisi bo‘lgan EPAM`ning Yevropadagi ofislarida bo‘lib o‘tdi. Kompaniya amaliyotchilari turli muammolarni hal qilishda o‘z yondashuvlari va texnologiyalari bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazdi.

it park university, реклама

“Bolaligimdan kompyuterga va kompyuter o‘yinlariga qiziqaman. 12 yoshimda bepul dastur yordamida veb-saytlar yaratib, ularni onlayn o‘yinda o‘yin valyutasiga sotardim. Shuning uchun menda IT sohasiga erta qiziqish paydo bo‘lgan va men bunga oddiy havas deb qaramaganman. Mening rivojlanish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish istagimni amalga oshirishga IT Park University imkon berdi. Universitet yaqinda tashkil etilgan, demak undagi o‘quv dasturlari 100% „yangi“. Bundan tashqari, ITPU o‘qish va boshqa mashg‘ulotlarimni birday olib borishga imkon beruvchi gibrid ta’limni taklif qiladi. Ispaniyadagi amaliyot menga loyihalar va mahsulotlar ustida ishlashda yangi xalqaro ko‘nikmalar, metod va texnologiyalar darajasini ko‘rish imkoniyatini berdi. Safar to‘liq IT Park University tomonidan to‘langani esa yoqimli bonus bo‘ldi. Meni ayniqsa hayratda qoldirgan topshiriq — faqat ChatGPT orqali kod yozish vazifasi edi. Biz qo‘lda hatto bir qator kod yozmadik, biz uchun ChatGPT`ning o‘zi barchasini bajarishini ko‘rish foydali va hayajonli bo‘ldi”, — deb ITPU talabasi Leonid Voronin o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi.

it park university, реклама

Vladimir Xalutin — IT qarorlar arxitektoriva Paulo Medel — deliveri-menejer tomonidan o‘tkazilgan va sun’iy intellekt imkoniyatlariga bag‘ishlangan qiziqarli seminar amaliyot o‘quv dasturining boshlanishi bo‘ldi.

Bundan tashqari, talabalar testchilar guruhi rahbari Lidiya Smirnovaning dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish (QA) bo‘yicha seminarida qatnashib, unda qanday ishlab chiqish usullari dunyoda mavjud va dolzarbligi, ulardagi QA mutaxassislarining roli haqida bilib oldi.

Ishtirokchilar soft-skillar — mahalliy va xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilish, jahon darajasidagi martaba uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlar va ko‘nikmalar to‘plami bo‘yicha ham qiziqarli seminardan bahramand bo‘ldi. Associate Manager A’zam Ahmedov talabalarga turli madaniyatlarning farq va o‘xshashliklari, biznesga mas’uliyatli va vijdonan munosabatda bo‘lishning ahamiyati, jamoada maqsadlarga erishishda taym-menejmentni unutmaslik haqida qiziqarli tarzda gapirib berdi.

it park university, реклама

“Mening talabalik hayotim juda qiziqarli va ajoyib voqealarga boy. Hozirda GDSS`ning yangi boshlovchisi bo‘lish uchun Google`da bo‘ladigan intervyuga tayyorlanyapman. Biz ushbu tanlov uchun motivatsion video ham tayyorlab qo‘ydik. O‘qishdan tashqari, men ko‘proq tajriba orttirish uchun turli grantlarni izlayman va IT bo‘yicha barcha tadbirlarda, xakatonlarda qatnashaman. Bolaligimdan menda umuman texnologiyaga, xususan, IT olamiga juda katta qiziqish bor edi. Esimda, har qanday texnologiya qanday ishlashi, internet qanday ishlashi va ilg‘or taraqqiyot olami haqidagi fikrlar menda doim tinimsiz izlanishlarga sabab bo‘lardi. IT Park University`da men o‘zim uchun eng yaxshi imkoniyatni topdim — bu menga istalgan joydan turib o‘qish imkonini beruvchi onlayn ta’lim. Universitetda o‘qish menga o‘z sohamda hozirdanoq ishlashga to‘sqinlik qilmaydi. Men Full-Stack dasturchiman. Yaqindagina yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish kursini tamomladim. Amaliyot davomida men ofislari va laboratoriyasiga tashrif buyurgan EPAM Systems kompaniyasi bilan suhbatga taklifnoma oldim. O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng intervyudan o‘tdim va hozir faoliyatim boshlanishini kutyapman”, — dedi Shohista Rahimova.

Kaseres nomli kichik shaharchadagi EPAM Hardware-laboratoriyasiga tashrif amaliyot guruhidagi har bir talaba uchun hayajonli bo‘ldi. Laboratoriya bo‘ylab ekskursiya davomida talabalar uning asosiy faoliyati — striming xizmatlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan batafsil tanishtirildi. Luis Fernando Melon — IT qarorlar arxitektori va Klaudiya Ramos ishtirokchilarning ko‘plab savollariga mamnuniyat bilan javob berdi va hatto ularni laborant-talabalar bilan ham tanishtirdi.

it park university, реклама

Dasturdan jahon san’at arboblari mamlakati hisoblanmish Ispaniya bilan madaniy tanishuv ham o‘rin olgandi. Talabalar Malagadagi Pablo Pikasso muzeyiga tashrif buyurib, shahar markazi go‘zalligi, tarixiy binolar hamda Andalusiya tabiatidan bahra olib, o‘z hayratlarini yashira olmadi.

Bundan tashqari, ekskursiyalar “Taxtlar o‘yini” ko‘p qismli seriali suratga olingan joylar va Madridning markaziy hududini qamrab oldi.

IT Park University bilan IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro karerani boshlash mumkin.

IT Park University`dagi talabalar hayotining imkoniyatlari va xususiyatlari haqida Instagram va universitet saytida batafsil ma’lumot olish mumkin.

Telefon: (+998) 55−503−99−99.

Sayt: tpu.uz/ru/bacheloradmission
Instagram: @itpu_uz
Telegram-bot: t.me/ITPU_bot

Reklama huquqlari asosida.