21-may kuni Fido Biznes markazida Women in Tech qo‘shma tadbiri bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida qizlarning IT sohasida rivojlanishiga yordam beradigan jamiyat asoschilari o‘z harakatlari haqida ma’lumot berib, jamoatchilikni yosh elchilar bilan tanishtirdi.

Panel muhokamasi arafasida ishtirokchilarga Fido Biznes ofisiga sayohat uyushtirilib, ular kompaniya bo‘limlari va qadriyatlari bilan tanishtirildi. Bularga quyidagilar kiradi: mas’uliyat, ijodkorlik, faollik, jamoaviy ruh, o‘zaro hurmat va fidoyilik.

reklama, women in tech

So‘z biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktor Farida Dadajanovaga berildi: “IT sohasi faqatgina erkaklar uchun emas. Hozir qizlar ham bu sohada ishlashlari mumkinligini tushuna boshladi. Hatto zarurat ham! Men sizlarga qarab, 2014-yilda qanday qilib IT kompaniyasining bosh direktori bo‘lganimni eslayman. Bu qiyin edi — hech kim meni tinglashni xohlamasdi. Bizda kuch bor. Asosiysi esa o‘zingizga ishonish”.

Women in Tech Uzbekistan direktori Anna Ambrozevich va elchi Kristina Vanina AYOL YO’LI — ayollar hamjamiyatining texnologiya va taraqqiyot sohasidagi ahamiyati, shuningdek, ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashining muhimligi haqidagi filmni taqdim qildi. U Parijda Annual Global Summit 2024 doirasida namoyish etilgan.

reklama, women in tech

“Men Women in Tech jamoasida boshidan birga bo‘ldim va bundan juda xursandman. Men o‘zim Sirdaryodanman. Buni ta’kidlashni yaxshi ko‘raman. O‘zbekiston hududlarida yoshlar uchun imkoniyatlar yanada kengayishini istardim. Biz filmni loyiha boshlanishidan bir hafta oldin suratga oldik. Joylar orasida mening tug‘ilgan shahrim va o‘qigan maktabim ham bor edi. Videoning butun g‘oyasi ota-onalar qo‘llab-quvvatlovidan iborat. Ular bizning faoliyatimizga bo‘lgan munosabati haqida gapirib berishdi. Shuningdek, biz yosh masalasini mutlaqo ahamiyatsiz degan ma’noda eslatib o‘tamiz. Agar siz jamiyatga biror narsa berishingiz mumkinligini tushunsangiz, bunga yordam berishga va hissa qo‘shishga harakat qiling”, — dedi Kristina Vanina.

reklama, women in tech

Women in Tech Fransiya prezidenti patronajligida rivojlanib bormoqda. Uni Ayumi Moore Aoki 2017-yilda tashkil etgan. Jamiyatning global missiyasi — STEAM yo‘nalishida 5 mln ayolga yordam berish. Ta’lim, biznes va raqamli inklyuzivlik — tenglikka erishish istagi mavjud bo‘lgan sohalar. O‘zbekiston hamjamiyati uchun qizlarning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, martaba va malakasini oshirish, mamlakat ichida yetakchilik ta’limini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. sentabr oyidan mentorlik dasturiga qo‘shilish mumkin.

“Biz o‘z hikoyamizni va nima bera olishimizni, aynan esa kompaniya xodimalariga qanday imkoniyatlar taqdim etilishini aytib beramiz”, — deb davom etdi Anna Ambrozevich va shu bilan so‘zni muhokama ishtirokchilariga berdi.

Unda biznes-tahlilchilar Yana Varshavskaya va Kamilla Izimova, dasturchi Muhabbat Pulatova, test-sinovchi Moxlaroyim Musayeva ishtirok etdi.

reklama, women in tech

Ularning har biri IT sohasidagi rivojlanish yo‘llari bilan o‘rtoqlashib, yuqori sifatli rezyumeni tuzish bo‘yicha tavsiyalar va yig‘ilish ishtirokchilariga motivatsiya berdi. Tadbir yakunida har bir ma’ruzachi bilan tanishish, savollar berish va Women in Tech`da faoliyat yuritish istagida bo‘lganlar uchun kontaktlar almashish imkoniyati bo‘ldi.

Telefon: (+998) 78−150−65−50.
Manzil: Yunusobod t-ni, Qoshg‘ar MFY, M-4 dahasi, 12A.

E-mail: info@fido.uz
Sayt: fido-biznes.uz

Reklama huquqlari asosida.