Ijtimoiy tarmoqlarda Captiva haydovchisi mashinasini odamlar ustiga haydab borgani aks etgan videolavha tarqaldi. Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Internetdagi videoda mashina futbol maydoni ichidagi bir guruh odamlar qarshisida xavfli burilishlar qilib, ularni qasddan bosib ketishga harakat qilgani va bir nafarini urib ketgani ko‘rinadi.

Holat o‘rganilib, avtomashina haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi tegishli tartibda qamoqqa olinib, transport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.