Parij-2024 o‘yinlarining xalqaro hamkori bo‘lgan Procter & Gamble kompaniyasi O‘zbekistondagi Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlaydi, kompaniya O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzoladi. Shuningdek, Parij-2024 o‘yinlarida O‘zbekistonni himoya qiladigan ayrim sportchilar P&G marketing tadbirlarida ishtirok etadi.

procter & gamble, reklama

“P&G`da biz nafaqat sifatli mahsulotlarni ishlab chiqishga e’tibor qaratamiz, balki samarali jamoat loyihalarimiz orqali odamlar hayotini yaxshilaymiz, o‘sish va yaxshilik uchun harakatlantiruvchi kuch bo‘lishga intilamiz. Jamiyat tashabbuslarida biz birinchi o‘ringa qo‘yadigan asosiy yo‘nalishlardan biri bu sportdir, chunki P&G sifatida biz doimo sportning shifobaxsh va birlashtiruvchi kuchiga ishonamiz. Olimpiya o‘yinlari butun dunyo tomosha qiladigan eng yirik sport tadbiridir. Global sherik sifatida biz birinchi marta 2010-yilda Vankuverda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida olimpiya halqalari yonida P&G logotipini taqdim etdik va hozirda 12 ta eng yirik global sheriklardan biri hisoblanamiz. Biz bugun O‘zbekistonda ushbu hamkorlikni kengaytirishdan faxrlanamiz, chunki sportning jamiyatni ham jismoniy, ham aqliy rivojlantirish va sog‘lom avlodni shakllantirishdagi ahamiyatini tushunamiz. Shuning uchun biz ishlayotgan hududlarda sportchilarni rivojlantirish va sport madaniyatini targ‘ib qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga intilamiz. Xalqaro olimpiya qo‘mitasining global hamkori sifatida va O‘zbekiston Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning sportdagi obro‘sini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz. Ishonchimiz komilki, terma jamoa Parij-2024 o‘yinlarida yuqori natijalari bilan barchamizni xursand qiladi”, — dedi Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi P&G boshqaruv kengashi raisi Tankut Turnaoglu.

procter & gamble, reklama

O‘z navbatida, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov bunday hamkorlik O‘zbekistonda sportni rivojlantirishda katta muvaffaqiyat ekanini ta’kidladi.

procter & gamble, reklama

“Bugun O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari tufayli jahon sporti markazlaridan biriga aylandi. Biz P&G kabi global kompaniyaning homiysi maqomi bilan bog‘liq barcha imkoniyatlar va majburiyatlarni yuqori baholaymiz. Sizning kompaniyangiz O‘zbekistondagi Olimpiya harakati g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi qudratli kuchga aylanishiga ishonamiz. Bizning umumiy ustuvor vazifamiz — sport orqali dunyoni yaxshiroq joyga aylantirishdir, bu mahalliy sportchilarning yangi yutuqlariga turtki bo‘ladi. Hamkorlarimizning roli bizning doimiy rivojlanishimiz va muvaffaqiyatimiz uchun ham muhimdir. P&G`ni biz g‘ururlanadigan sheriklarimiz ro‘yxatiga qo‘shish muhim yangilikdir”, — deb ta’kidladi Oybek Qosimov.

procter & gamble, reklama

Procter & Gamble haqida

P&G — butun dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin iste’molchilarga xizmat ko‘rsatib, ishonchli, sifatli va yetakchi brendlarning kuchli portfellaridan birini taklif etadi, jumladan, Pampers, Tide, Ariel, Head&Shoulders, Always, Pantene, Fairy, Oral-B, Gillette, Safeguard, Venus, Old Spice, Lenor. P&G hamjamiyati dunyoning 70 ga yaqin mamlakatida faoliyat yuritadi.

procter & gamble, reklama

Qo‘shimcha ma’lumotni kompaniya saytida olsa bo‘ladi.

Sayt: pg.com

Reklama huquqlari asosida.