Milliy raqamli ekotizim “Yil brendi” mukofotida sovrinlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Uzum milliy marketpleysi bir vaqtning o‘zida “Savdo” nominatsiyasida ikkita mukofotga sazovor bo‘ldi — ekspert hakamlar hay’ati va xalq ovoz berishi yakunlari bo‘yicha.

Shuningdek, hakamlar hay’ati milliy marketpleysga “IT va mobil ilovalar” toifasida va “Yil kashfiyoti” maxsus nominatsiyasida mukofotlar topshirdi hamda shu bilan marketpleys jamoasining mamlakatda onlayn savdoni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini ta’kidladi.

Uzum Tezkor restoran va do‘konlardan tezkor yetkazib berish servisi 7000 ga yaqin foydalanuvchi ovozini to‘pladi va “Yetkazib berish xizmati” nominatsiyalarida ochiq ovoz berish yetakchisi bo‘ldi, shuningdek, “Boshqa brendlar” nominatsiyasida tomoshabinlar va ekspert hakamlar hay’atining ikkala mukofotiga ham sazovor bo‘ldi.

Kapitalbank hakamlar hay’atining “2023-yilda O‘zbekistonda moliya sohasida innovatsion mahsulotlar yaratishdagi yutuqlari uchun” maxsus mukofotiga sazovor bo‘ldi. Marketing assotsiatsiyasi mutaxassislari bankning raqamli rivojlanish va ommalashtirishga qo‘shgan hissasini ta’kidlab o‘tdi.

“Hamma biladigan va sevadigan brendlar nafaqat marketing bilan yaratiladi — bu butun ulkan Uzum jamoasining ishi. Bu yil biz millionlab odamlarning odatlarini o‘zgartirib, o‘zbekistonliklarning kundalik hayotining bir qismiga aylandik. Hozir esa O‘zbekistonni Uzum`siz tasavvur qilish qiyin. Ammo biz uchun bu katta sayohatning boshlanishi”, — dedi Uzum brend direktori Anastasiya Kudryashova.

18−19-may kunlari Marketing assotsiatsiyasi “Yil brendi 2023” mukofoti g‘oliblariga sovrinlarini topshirdi. Mukofot har yili mamlakatning muvaffaqiyatli brendlari va samarali marketing kampaniyalarini e’tirof etadi. Har bir nominatsiyada g‘oliblarini ekspert hakamlar hay’ati va foydalanuvchilarning o‘zlari ochiq ovoz berish jarayonida tanlaydi.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.