O‘zbekistonda sug‘urta bozori shakllanganiga 30 yildan oshgan bo‘lsa-da, sug‘urta kompaniyalariga bo‘lgan ishonch darajasi uncha baland emas. O‘zbekistonda dastlabki raqamli sug‘urta kompaniyasi hisoblangan Neo Insurance`ning sug‘urta bozoriga kirib kelishi ushbu vaziyatni o‘zgartirishi mumkin. Raqamlashtirish tendensiyalari va mijozlar talabini yaxshi anglagan holda, “Doimo siz tarafda” shiori bilan kompaniya sug‘urta xizmatlari bozorida o‘tgan bir yil ichida o‘zini ishonchli hamkor va novator sifatida namoyon qila oldi.

Neo Insurance litsenziyasi kompaniyaga jismoniy shaxslar bilan birga, biznes faoliyatlari uchun ham keng qamrovli xizmatlarni taqdim etuvchi barcha turdagi sug‘urtalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Kompaniyaning xizmatlar assortimenti bank xavflaridan tortib, kosmosga uchirilayotgan raketalargacha bo‘lgan juda ham keng diapazonlarni qamrab olgan.

Xizmatlar sifatini nazorat qilish va doimiy ravishda oshirib borish maqsadida o‘z faoliyatining ilk kunlaridanoq Neo Insurance kechayu-kunduz mijozlarni qo‘llab-quvvatlovchi ko‘p tilli markazni yaratishga investitsiya kiritdi. Sug‘urta sohasida uzoq yillik ish tajribasiga ega operatorlarning har qanday paytda yordamga tayyorligi kompaniyaning odamlarga yaqin bo‘lish, ularning ehtiyojlari va xohish-istaklarini inobatga olishga intilishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Shuningdek, markazda mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yangi innovatsion yondashuv joriy qilingan — bu psixologik qo‘llab-quvvatlash bo‘lib, ayniqsa, bugungi shiddatli va stressga to‘la davrda ushbu xizmatga bo‘lgan talab yanada ortmoqda.

Muttasil o‘z ustida ishlash, mukammallik sari intilish e’tiborsiz qolmaydi. Mijozlarni qo‘llab-quvvatlash markazi 2024-yildayoq SNS Ratings agentligi tomonidan (uz)AAA darajasida yuqori baholanib, mijozlarga xizmat ko‘rsatishda “A’lo” deb topildi, bu esa eng qiyin daqiqalarda ham kompaniya mijozlarning ishonchli hamkori bo‘la olishidan dalolat beradi. Neo Insurance mijozlar haqida qayg‘urish faqatgina moliyaviy masalalar bilan cheklanmasligini yaxshi tushunadi.

Kompaniya o‘zining noyob IT ekotizimi orqali har doim biznes mijozlariga qulay sug‘urta shartlarini va yangi bosqichdagi xizmatlarni taqdim etishga intiladi. Ushbu IT ekotizimi O‘zbekistondagi turli xizmat sohalari, shu jumladan, tibbiyot muassasalari, tijorat banklari, shuningdek, “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi bilan integratsiya qilingan.

neo insurance, реклама

Bunday yondashuv mijozlarga onlayn formatda yanada samarali va qulayroq xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.

O‘zbekistondagi raqamli sug‘urta kompaniyasi sifatida Neo Insurance mijozlarga nafaqat butun respublika bo‘ylab joylashgan 50 dan ortiq an’anaviy ofislar, balki elektron sug‘urta polislarini taqdim etuvchi kompaniya veb-sayti hamda mobil ilova orqali ham polislarni rasmiylashtirish imkoniyatini taklif etadi. Shu bilan birga, kompaniya veb-sayti va mobil ilovasida sug‘urta hodisasi bo‘yicha onlayn ariza berish funksiyasi ham nazarda tutilgan bo‘lib, bu orqali sug‘urta xizmatidan kompaniya ofislariga bormay turib foydalanish mumkin.

neo insurance, реклама

O‘zbekistonning sug‘urta sohasidagi yirik dasturiy ishlab chiqaruvchisi hisoblangan jamoa tomonidan taqdim etilgan mobil ilova inson omilini minimallashtirib, amaliyotlar shaffofligini kafolatlaydi. Shu boisdan, Neo Insurance ba’zan o‘zini sug‘urta kompaniyasi emas, balki sug‘urta bozorida turli yechimlar taklif etuvchi IT kompaniya deb ham ataydi.

Bir yillik faoliyati davomida kompaniya tomonidan 350 mingta sug‘urta shartnomasi tuzishga erishildi, mingdan ortiq o‘zbekistonliklar esa qiyin hayotiy vaziyatlarda 2 mlrd so‘mdan ortiq sug‘urta badallarini oldi.

Keltirilgan mazkur raqamlarning o‘ziyoq, qolaversa, kompaniya xodimlari va ularning ishiga nisbatan shu vaqtgacha biron marta e’tiroz kelib tushmagani Neo Insurance tomonidan sifatli xizmatlar ko‘rsatilishi va kompaniya zimmasidagi majburiyatlarga qat’iy rioya qilishini yana bir karra isbotlaydi.

O‘zining bir yillik faoliyatini nishonlar ekan, Neo Insurance rivojlanishda va o‘z mijozlari uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar qamrovini yanada kengaytirishda davom etmoqda. Kompaniya o‘z oldiga innovatsiyalarni joriy qilgan holda O‘zbekiston sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish va sug‘urtaga nisbatan ishonch darajasini oshirish singari ulkan maqsadlarni qo‘ygan. Kelgusi yilda ham Neo Insurance Corp AJ sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash xizmatlari taklifini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarini davom ettiradi, sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlar tahlilidan foydalangan holda, zamonaviy dasturiy yechimlarni joriy qilish orqali mijozlar va hamkorlar uchun jahon standartlari darajasida xizmatlar sifati, ishonchliligi va tezkorligini yaxshilashga intiladi.

Neo Insurance — bu sug‘urta bozorida gegemon bo‘lishga urinayotgan kompaniya emas, balki asosiy maqsadi har qanday vaziyatda ham ishonchli himoya va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlovchi hamda “xalq brendi” bo‘lib, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson hayotining ajralmas qismiga aylanishni niyat qilgan yangi avlod sug‘urta kompaniyasidir.

Neo Insurance uni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha-barchaga alohida minnatdorchilik bildiradi, zero, kompaniyaning bosh maqsadi ham mijozlarga har qanday holatda tayanch bo‘lish va ishonchli himoyani kafolatlashdir.

Telefon: (+998) 71−202−55−66.

Sayt: neoinsurance.uz
Facebook: fb.com/neoinsurance.uz
Instagram: @neoinsurance.uz
Telegram: t.me/neo_insurance_corp

Reklama huquqlari asosida.