Festival asosiy mavzusi: “Zamonaviy texnologiyalar ekologiyaga qanday yordam berishi mumkin?”. Festivalning bosh homiysi va tashkilotchisi O‘zbekistondagi yetakchi IT-kompaniyalardan biri bo‘lgan RealSoft hisoblanadi.

it-eco-fest

Festival tashkilotchilari IT Community of Uzbekistan, NOTFROM ijodiy byurosi, Wasteless eko-startapi, u Coca-Cola kompaniyasi hamkorligida tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ko‘magida o‘tkazildi.

it-eco-fest

Festivalning birinchi kuni Toshkent viloyatidagi Astrum akademiyasida bo‘lib o‘tdi. Tashrif buyuruvchilar uchun RealSoft kompaniyasi tomonidan “O‘zbekiston” mehmonxonasi avtoturargohidan bepul transfer va Coca-Cola kompaniyasi va Coozin tomonidan kofe-breyk tashkil etildi.

it-eco-fest

Festival Sugar Theatre`ning noodatiy perfomansi bilan boshlandi. Keyin esa tashkilotchilar tomonidan ekologiya va IT bo‘yicha kirish so‘zlari tinglanib, panel muhokamalari bo‘lib o‘tdi. Yosh mutaxassislar va startaplar uchun IT-zonalari tashkil etildi. Shuningdek, festivalning rasmiy hamkori Coca-Cola kompaniyasi tomonidan ekologiya haqidagi filmlar namoyishi va chill-zonalar tashkil qilindi.

Festivalning birinchi kunidagi asosiy voqelik Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 45 mln so‘mlik sovrin jamg‘armasiga ega hakaton tashkil qilgani bo‘ldi. Unda “Zamonaviy texnologiyalar ekologiyaga qanday yordam berishi mumkin?” mavzusida loyihalar qabul qilindi. Hakatonga jami 54 ta taklif kelib tushdi. Ulardan faqatgina 25 tasi pitching bosqichiga yetdi.

it-eco-fest

Ishtirokchilar tomonidan tanlov komissiyasi a’zolariga loyihalarning besh daqiqalik taqdimoti o‘tkazildi. Taqdim etilgan loyihalar tanlov komissiyasining har bir a’zosi tomonidan alohida hamda jamoaviy tarzda o‘rganib chiqilib, muhokama qilindi va baholandi. Unga ko‘ra:

  • 3 — o‘rin: Dinora Asamatova Tegermon loyihasi uchun 10 mln so‘m;
  • 2 — o‘rin: Ozodbek Hoshimov Anonymous loyihasi uchun 15 mln so‘m;
  • 1 — o‘rin: Sherzodbek Umaraliyev Camu Tech loyihasi uchun 20 mln so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, birinchi o‘rinni egallagan Camu Tech loyihasini amalga oshirishda RealSoft kompaniyasi o‘z yordamini ko‘rsatadi.

it-eco-fest

Festival doirasida ma’ruza va munozaralar, hamkorlar tomonidan sovg‘alar hamda interaktiv o‘yinlar bo‘lib o‘tdi.

Ma’ruzalar davomida RealSoft kompaniyasi bosh direktori Hikmatillo Nasrulloyev yangi “Yashil olam”, “Yashil to‘lov” va Eco Cervice tizimlari haqida ma’lumotlar berdi.

Kun davomida tashrif buyurganlar uchun DJ SKIT tomonidan yoqimli musiqalar yangrab, kechki soatlarda esa Yoshblond va Vox tomonidan qiziqarli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

5-may kuni yomg‘irli havo bo‘lishiga qaramay, festival ko‘tarinki kayfiyatda boshlandi. Central Park`da tashrif buyuruvchilar fotosuratlar ko‘rgazmasi, NOTFROM ijodiy byurosi jamoasi tomonidan ekologiya mavzusidagi art installyatsiyalar namoyishi, mahalliy eko brendlar va Swop eko-yarmarkasi, mahorat darslari va bolalar zonalari, 1Fit tomonidan tashkil etilgan sport zonasida yoga va stol tennis mashg‘ulotlari, Coca-Cola kompaniyasi tomonidan filmlar namoyishi va chill-zona hamda TBS banki tomonidan foto-zona nuqtalaridan bahramand bo‘ldi.

it-eco-fest

Central Park`da tashkil etilgan IT-zonada IT Community of Uzbekistan, ITPU, Collabrium Coworking Centre va festival bosh homiysi RealSoft IT-kompaniyasi tomonidan interaktivlar namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Festivalda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va RealSoft kompaniyasi bilan hamkorlikda jamoat joylarida qoldirilgan plastik idishlar, tamaki qoldiqlari hamda organik va noorganik chiqindilarni sotib oladigan Eco Robot aqlli qutilarining taqdimoti ham o‘tkazildi.

Festival kechki soatlarda esa bog‘ning asosiy sahnasida ISl, Alinur, Nikina, Bu Qala, COC va Konsta kabi taniqli ijodkorlarning mega konsert dasturiga ulanib ketdi.

IT ECO FEST tashkilotchilari:

  • festivalning bosh homiysi va asosiy tashkilotchisi RealSoft IT-kompaniyasi:
  • O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi;
  • IT Community of Uzbekistan;
  • Notfrom ijodiy byurosi;
  • Coca-Cola kompaniyasi;
  • Wasteless eko-starapi.

IT ECO FEST`ning rasmiy hamkorlari:

  • Coca-Cola;
  • TBC Bank Uzbekistan;
  • 1Fit.

IT ECO FEST hamkorlari:

  • ITPU;
  • Collabrium Coworking Centre;
  • Astum Academy;
  • Central Park Tashkent;
  • Fujifilm.

IT ECO FEST axborot hamkorlari:

  • We Project Media;
  • The Tach;
  • “Gorod 24 Tashkent”.

Reklama huquqlari asosida.