“Asakabank” AJ 18 va 19-may kunlari bo‘lib o‘tgan Makon Marketing Forum VI xalqaro biznes forumi doirasida “Moliya.Banklar” yo‘nalishi bo‘yicha “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlandi.

“Yil brendi 2023” mukofoti iste’molchilar o‘rtasida ochiq hamda ommaviy ovoz berish natijalariga ko‘ra beriladi. Ushbu mukofot so‘nggi bir yil ichida O‘zbekistonda katta muvaffaqiyatlarga erishgan hamda iste’molchilar ishonchi va sadoqatini qozongan brendlarga beriladi.

“Yil brendi” mukofotini o‘tkazishdan asosiy maqsad ichki bozorda faoliyat yuritayotgan ilg‘or marketing hamjamiyati, ekspertlar va kompaniyalarni aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, shuningdek, mamlakatda tadbirkorlik, marketing va reklama xizmatlari infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

“Asakabank” O‘zbekistondagi yirik banklardan biri bo‘lib, keng ko‘lamli bank-moliya xizmatlarini taqdim etadi. Ishonchli va sifatli xizmatlar ko‘rsatishni maqsad qilgan “Asakabank” jismoniy va yuridik mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan. Bank foydalanuvchilarga iste’mol va ipoteka kreditlaridan tortib, investitsiya imkoniyatlari, omonat va qulay Asakabank mobil ilovasi orqali ilg‘or masofaviy bank xizmatlariga qadar turli mahsulotlarni taklif etadi.

“Asakabank” ilk bor “Moliya.Banklar” nominatsiyasi bo‘yicha “Yil brendi 2023” mukofoti uchun o‘tkazilgan ommaviy ovoz berishda ishtirok etdi. Tanlovda 300 ga yaqin kompaniya 25 turdagi nominatsiya bo‘yicha qatnashdilar. G‘oliblarni aniqlash jarayoni Telegram`dagi botda ochiq ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi va bunda 350 mingdan ortiq iste’molchilar ishtirok etdi.

“Asakabank” 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan holda nominatsiya bo‘yicha banklar orasida munosib birinchi o‘rinni egalladi va “Yil brendi 2023” mukofoti bilan taqdirlandi. Bank o‘z brendi uchun ovoz bergan va har kuni o‘z xizmatlarini tanlagan barcha mijozlariga chuqur minnatdorchilik bildiradi.

“Asakabank” har doim o‘z mijozlariga ilg‘or moliyaviy yechim va xizmatlarni taklif qilishga intiladi. “Asakabank” o‘z mijozlarining hayotini osonroq va qulayroq tarafga o‘zgartirayotgan mahsulotlarni taklif qilish imkoniyatidan faxrlanadi. Bankning vazifasi har bir mijozning moliyaviy farovonligi va muvaffaqiyatini oshirishdan iborat. “Asakabank” oldida hali ko‘plab rejalar va ulkan maqsadlar turibdi. “Asakabank” o‘z mijozlarining ehtiyojlarini kutilgandek qondirish va undan-da ziyoda qilish uchun rivojlanish va innovatsiyalarni tadbiq etishni davom ettirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“„Asakabank“ bilan moliyaviy kelajagingiz ishonchli qo‘llarda”.

Bankning barcha mahsulotlari bilan asakabank.uz sayti yoki 1152 telefoni orqali tanishish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.