SNS Ratings agentligining aprel oyi bo‘yicha O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi natijalariga ko‘ra, ANORBANK 95,96 ball to‘plab, “AAA — Zo‘r” reytingini qo‘lga kiritdi va yana bir marotaba birinchi o‘rinni egalladi.

Ro‘yxatni tuzishda tijorat banklarining Google Play va App Store ilovalaridagi mobil ilovalari bo‘yicha 2024-yil 1-may holatiga ko‘ra ma’lumotlar o‘rganildi, shuningdek, 19-may holatiga ko‘ra foydalanuvchilarning qoldirgan sharhlari hisobga olindi.

SNS Ratings — O‘zbekiston Respublikasidagi subyektlarning moliyaviy ishonchliligi va barqarorligini baholashga ixtisoslashgan milliy reyting agentligi.

O‘z navbatida, ANORBANK O‘zbekistondagi birinchi mahalliy raqamli tijorat banki bo‘lib, unda barcha xizmatlardan onlayn foydalanish imkoniyati mavjud. Bankning mobil ilovasi orqali mijozlar karta buyurtma qilishlari, omonat ochishlari, kartalarga pul o‘tkazmalarini amalga oshirishlari, kredit olishlari va boshqa moliyaviy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

ANORBANK ilovasini Google Play yoki App Store`dan yuklab olish mumkin.

ANORBANK`ning zamonaviy hamda foydali mahsulotlari va xizmatlari haqida bankning saytida, mobil ilovasida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida batafsil ma’lumot taqdim etilgan.

Reklama huquqlari asosida.