1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shimcha “Afrosiyob” elektropoyezdi 31-may, 1−2-iyun kunlari harkatlanadi.

Ularning jadvali quyidagicha:

  • 775-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
  • 776-sonli Toshkent — Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan olish mumkin.

Chiptalarni nafaqat temiryo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish imkoni mavjud.