Italiyada Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” nomli ikki qismdan iborat ko‘rgazma taqdimoti davom etmoqda. Xususan, tarixi 1868-yillarga taqaladigan Venetsiyaning yetakchi oliygohlardan biri — Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.

avangard, венеция, ko‘rgazma, маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

“O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasi xalqaro jamoatchilikni Igor Savitskiy siymosi va uning badiiy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga bezavol yetkazishga ta’sir qilgan va qo‘shgan hissasi bilan tanishish imkonini beradi.

avangard, венеция, ko‘rgazma, маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Jumladan, “Shakl va ramz” ko‘rgazmasida 1921-yilda Maorif xalq komissarligi tasviriy san’at bo‘limi huzuridagi Moskva muzeylar byurosi tomonidan Toshkent san’at muzeyiga yuborilgan avangard kolleksiyasining Markaziy Osiyo rangtasviriga ko‘rsatgan ta’siriga e’tibor qaratilgan.

Unda Turkiston musavvirlari orasida birinchilardan bo‘lib predmetsiz san’atga o‘tishni boshlab bergan hamda abstraksionizmning XX asr san’atida jahon miqyosidagi harakat sifatida shakllanishiga ta’sir ko‘rsatgan Ekster, Kandinskiy, Klyun, Popova, Rodchenko, Rozanova kabi avangard rassomlarning jami 59 ta asarini tomosha qilish mumkin.

avangard, венеция, ko‘rgazma, маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Namoyish buyumlari sifatida, shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi va I.V.Savitskiy nomidagi Nukus muzeyi kolleksiyalaridan avant-garde orientalis rassomlarining eng sara asarlari taqdim etilgan.

Milliy bezakli amaliy san’at ashyolari bilan boyitilgan ko‘rgazma maydoni madaniy va tarixiy merosning naqadar chuqur ekani hamda ularning aksariyati O‘zbekistondan tashqarida tahsil ko‘rib, ammo ilhom manbaini aynan Markaziy Osiyoda topgan o‘zbekistonlik, qozog‘istonlik, rossiyalik va armanistonlik musavvirlar o‘rtasidagi uzviy madaniyatlararo muloqotni namoyish etadi.

avangard, венеция, ko‘rgazma, маданият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

Ko‘rgazma ma’lumoti bo‘yicha arxeolog, rassom va suratlarning ashaddiy shaydosi bo‘lgan Savitskiyning 1950-yillarning oxiridan boshlab Qoraqalpog‘istondan minglab arxeologik topilmalar va bezakli amaliy san’at buyumlarini to‘plagani, ularni O‘zbekiston va Sovet Ittifoqining minglab rangtasvir va grafika asarlari bilan “mushtarak muzey” tushunchasiga hamohang yonma-yon joylashtirgani bilan tanishtiradi.

Igor Savitskiy bunda XX asr boshlari avangardi asarlariga katta e’tibor qaratgan holda muntazam ravishda Moskvaga tashrif buyurib, rassomlar ijod ustaxonalaridan san’at asarlarini izlab, ularni beva qolgan va merosxo‘rlardan xarid qilgan, ammo II Jahon urushi yillarida o‘zi ham evakuatsiya qilingan, O‘zbekistonda yashab ijod qilgan rassomlar asarlarini o‘z qiziqishlari diqqat markazida saqlagan.

Namoyishda, shuningdek, Savitskiy tomonidan to‘plangan asarlar bilan bir qatorda arxiv fotosuratlari va multimedia qurilmasi ham taqdim etiladi.

Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasini 29-sentabrgacha tomosha qilish mumkin.

Foto