Tasviriy san’at galereyasida (NBU) ketma-ket ikkinchi yil “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan shu kunlarda Toshkentda har yili o‘tkaziladigan Tasviriy va amaliy san’at festivali dasturiga xalqaro ko‘rgazma kiritilgan.

ko‘rgazma, турксой

20-aprelga qadar galereyaning ko‘rgazma zallarida Xalqaro Turkiy madaniyat tashkilotiga (TURKSOY) a’zo davlatlari: Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston rassomlarining asarlari bilan tanishishingiz mumkin.

ko‘rgazma, турксой

O‘ziga xos “opalizm” janrida ijod qilayotgan Ozarbayjon xalq rassomi Sakit Mamedov hamda uning hamyurti va Istanbulda yashovchi hamkasbi Refik Aziz yana Toshkentdagi ko‘rgazma uchun o‘z asarlarini taqdim etdi. Ikkinchi rassom Turkiyada keng tanilgan: uning “Malazgird jangi 1071” kartinasi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga 2021-yilda tug‘ilgan kuniga sovg‘a sifatida taqdim etilgan, shu bilan birga, Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi sharafiga Istanbul zarbxonasi rassom bilan hamkorlikda kumush esdalik tangalarini chiqargan.

ko‘rgazma, турксой

Rassomlar Selin Gyoksel va Mehriban Mirab Turkiyaga vakillik qilmoqda. Ikkalasi ham Istanbulda yashaydi va ishlaydi, turli ta’lim muassasalarida rasm chizishdan dars beradi, mahalliy va xalqaro ko‘rgazmalarda qatnashadi.

Ko‘rgazmaning o‘zbek qismi Akmal Nur, Azamat Xatamov, Fayzulla Ahmadaliyev, Shahnoz Abdullayeva, Sardor Erkinov, Sarvinoz Qosimova va boshqalarning asarlari bilan namoyish etilgan.

ko‘rgazma, турксой

“Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” ko‘rgazmasi 25 yildan beri mavjud. Uning maqsadi turkiy dunyoda rangtasvirni ommalashtirish va TURKSOYga a’zo mamlakatlar rassomlari o‘rtasida tajriba almashishdan iborat.

Ko‘rgazmani 20-aprelgacha tomosha qilish mumkin.