15−19-aprel kunlari O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali bo‘lib o‘tadi. Unda asosan TÜRKSOY (Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti) mamlakatlari, shuningdek, Janubiy Koreya va Fransiyadan 70 nafar xorijlik ijodkor ishtirok etadi.

“Festivalda TÜRKSOY davlatlaridan asosan yosh iste’dodlilar, har bir davlatdan ikki-uch nafar san’atkor qatnashadi. Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash ularning kamolotida muhim ahamiyat kasb etishi bilan birga, kasbiy o‘sishiga ham xizmat qiladi”, — dedi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuritdinov matbuot anjumanida.

Festival ishtirokchilarining eng katta guruhi — 45 kishi Janubiy Koreyadan keladi. Keimyung universiteti (Keimyung University) talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘z asarlari ko‘rgazmasini taqdim etadi va Badiiy akademiya bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida “Peyzaj va portret” birinchi xalqaro tanlovini o‘tkazadi.

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Jan-Mark Yankovich va Kristof Blenning energiya va iqlim muammolariga bag‘ishlangan “Cheksiz dunyo” komikslari ko‘rgazmasi tashkil etilmoqda.

Festival dasturidan shaxsiy va jamoaviy ko‘rgazmalardan tashqari tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha mahorat darslari, Badiiy akademiya yosh dizaynerlarining zamonaviy va milliy liboslari namoyishi, ilmiy anjumanlar ham o‘rin olgan.

Festival Toshkent shahrining oltita joyida o‘tkaziladi. Bu Markaziy ko‘rgazmalar zali (MKZ), Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyi, Toshkent Fotosuratlar uyi, Akademiya galereyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi ko‘rgazmalar zali, shuningdek, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi (NBU). Tadbirlarning bir qismi Nukus va viloyat markazlarida bo‘lib o‘tadi.

Barcha festival tadbirlariga kirish bepul.

Festival dasturi

Birinchi kun, 15-aprel

11:00 — Festivalning ochilishi. Markaziy ko‘rgazmalar zali (MKZ).

12:00 — Ko‘rgazmalar:

— Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining badiiy ko‘rgazmasi: “Kecha, bugun va ertaga”. MKZ, 2-qavat.
— Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan mualliflar Jan-Mark Yankovichi va Kristof Bleynning “Cheksiz dunyo” komikslari ko‘rgazmasi. MKZ.
— Janubiy koreyalik rassom Ruo Hyeong Min`ning shaxsiy ko‘rgazmasi. MKZ.

12:30 — P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan tarixiy liboslar maketlari namoyishi.

14:00 — Teatr rassomi Ediye Yaaglining shaxsiy ko‘rgazmasi. K.Behzod nomidagi Sharq miniatyuralari muzeyi.

15:00 — Yunusali Murodovning “VISTA-ARTISTA” savdo belgisidan mahorat darsi. MKZ.

15:00 — Fransiya elchixonasi bilan hamkorlikda “Fransiya va uning beqiyos merosi” fotoko‘rgazmasi. Badiiy akademiya galereyasi.

16:00 — Keimyung universiteti (Janubiy Koreya) talabalari ko‘rgazmasining ochilishi. Badiiy akademiya galereyasi.

Ikkinchi kun, 16-aprel

10:00 — O‘zbekiston Badiiy san’at bo‘limining amaliy san’at bo‘yicha mahorat darsi. MKZ.

10:30 — Said Jalilovning “Nevskaya Palitra” zavodi bilan birgalikda miniatyura bo‘yicha mahorat darsi. K.Behzod nomidagi Sharq miniatyuralari muzeyi.

11:00 — “TÜRKSOY`ga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish” mavzusidagi davra suhbati. Badiiy akademiya majlislar zali.

12:00 — Yunusali Murodovning “VISTA-ARTISTA” savdo belgisidan mahorat darsi. MKZ, 2-qavat.

14:00 — Toshkent kimyo xalqaro universiteti talabalari ko‘rgazmasi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

14:30 — Baxtiyor Dedashevning “Nevskaya Palitra” zavodi bilan birga xattotlik bo‘yicha mahorat darsi. K.Behzod nomidagi Sharq miniatyuralari muzeyi.

15:00 — “Turk dunyosi rassomlari uchrashuvi” xalqaro ko‘rgazmasining ochilishi. NBU galereyasi.

17:00 — K. Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn instituti o‘qituvchilarining badiiy auksioni. MKZ.

Uchinchi kun, 17-aprel

10:00 — “EGO XXV” ilmiy-amaliy anjumani. O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining majlislar zali.

11:30 — O‘zbekiston zamonaviy rassomlari ishtirokidagi “Ko‘zgu” grafika ko‘rgazmasi. I.Xirayama nomidagi Madaniyat karvonsaroyi.

12:00 — Evgeniya Pakning grafika bo‘yicha mahorat darsi. I.Xirayama nomidagi Madaniyat karvonsaroyi.

12:30 — Umidjon Alimovning “Qishloq anatomiyasi” shaxsiy ko‘rgazmasi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

13:30 — Dina Yusupovaning “VISTA-ARTISTA” savdo belgisidan mahorat darsi. MKZ, 2-qavat.

14:30 — Umar Rajabovning “Nevskaya Palitra” zavodi bilan birgalikda rasm chizish bo‘yicha mahorat darsi. MKZ.

16:00 — “Kamoliddin Behzod izdoshlari” yosh ijodkorlarning an’anaviy ijodiy tanlovi ko‘rgazmasining ochilishi va g‘oliblarni taqdirlash. Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi.

To‘rtinchi kun, 18 apre

10:00 — Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi o‘quvchilarining zamonaviy va milliy liboslar modellari namoyishi. MKZ.

11:30 — O‘zbekiston xalq rassomi, akademik B.Jalolov tashabbusi bilan “Birinchi renessans. Rivojlanish” ko‘rgazma-konkursi. Toshkent Fotosuratlar uyi.

12:00 — “Badiiy ta’lim va innovatsion nutqni rivojlantirish muammosi” ilmiy-amaliy konferensiyasi. Badiiy akademiya majlislar zali.

12:30 — Professor, Badiiy akademiya akademigi Marina Borodinaning interer va landshaft dizayni bo‘yicha mahorat darsi. MKZ.

13:30 — Qo‘lyozma va jildlarni qayta tiklash bo‘yicha mahorat darsi. K.Behzod nomidagi Sharq miniatyuralari muzeyi.

15:00 — Xusniddin Baydjumanovning shaxsiy ko‘rgazmasi (grafika). I.Xirayama nomidagi Madaniyat karvonsaroyi.

17:00 — K. Behzod nomidagi Milliy san’at va dizayn instituti talabalarining zamonaviy va an’anaviy liboslari modellari namoyishi. MKZning bog‘ maydoni.

Beshinchi kun, 19-aprel

13:30 — Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilari uchun konsert dasturi. MKZ.

15:00 — Festivalning yopilish marosimi. G‘oliblar va ishtirokchilarni taqdirlash. MKZ.