Qurilishda to‘g‘ri sherik tanlashning ahamiyati loyihaning yakuniy muvaffaqiyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Drexel Construction kompaniyasining qurilish maydonchalari rahbari Kamoliddin Hazratqulov ushbu mavzu bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U pudratchi kompaniyaning tuzilishi B2B sektoridagi qurilish natijalariga qanday ta’sir qilishi va yosh mutaxassislar ushbu jadal rivojlanayotgan sohada o‘z o‘rnini qanday topishi mumkinligi haqida so‘z yuritdi.

Kamoliddin Hazratqulov 15 yil oldin Surxondaryodan Toshkentga hamma kabi yangi imkoniyatlar va istiqbollarni izlab kelgan. Boshidanoq u ishtiyoqi — qurilish sohasi ekanligini aniq bilardi. Elektrik bo‘lgan otasini rahbarligi ostida u tafsilotlarga e’tibor berish muhimligini bilib oldi va qurilish maydonchasida birinchi qadamlarini qo‘ydi. Yillar davomida uning bu sohaga bo‘lgan qiziqishi faqatgina ortib bordi.

drexel construction, реклама

ID by Archiquad

Bugungi kunda Kamoliddin Drexel Construction kompaniyasi loyihalari doirasida direktor Anvar Hamidullin rahbarligi ostida g‘urur bilan ish yuritib va rivojlanib kelmoqda. Oddiy lavozimlardan boshlab, u asta-sekin karera bo‘yicha oldinga siljidi va hozirgi vaqtda Kamoliddin qurilish maydonchalarini boshqaradi.

Qurilish qismini kim muvofiqlashtiradi?

Drexel Construction aniq tashkiliy tuzilmaga ega — direktor strategik qarorlar va biznes qarorlarning asosiy jihatlari uchun javobgardir. Loyiha rahbarining vazifalari loyihalarning bajarilishini boshqarish va uning barcha jihatlarini muvofiqlashtirishni o‘z ichiga oladi, texnik nazorat bo‘limi esa ish sifatini kafolatlaydi.

Ta’minot bazasi materiallar bilan ta’minlaydi, qurilish maydonchasi rahbari esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri joyda ishlab, usta va brigadalarni boshqaradi. Uning qurilish maydonchasi boshlig‘i sifatida asosiy vazifasi — loyihaning har bir bosqichida Drexel Construction jamoasining qurilish qismi ishini muvofiqlashtirish.

Bunga nafaqat suvoqchilar, elektriklar va boshqa mutaxassislar guruhlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarish, balki jarayonning barcha ishtirokchilari o‘rtasida samarali hamkorlikni ta’minlash ham kiradi. Bu Drexel Construction jamoasiga qurilishga bo‘lgan yondashuvni sifat jihatidan o‘zgartirishga va uning O‘zbekiston bozorida xavfsizligini oshirishga imkon beradi, chunki qurilish biznes o‘sishining ajralmas qismi hisoblanadi.

“Menga rahbar sifatida tijorat binolari qurilishida nima uchun to‘g‘ri sherikni tanlash muhimligi tushunchasi bilan bo‘lishishim juda muhim. Masalan, birinchi qurilish tajribasida biznes egasida mantiqiy „hammasi ichida“ xizmatiga talab paydo bo‘ladi, u dizayndan tortib qurilish qismigacha bo‘lgan hamma narsani qoplay oladigan odamni topmoqchi bo‘ladi. Dizayn loyihasini qo‘liga olganidan so‘ng, u ijrochini qidirishni boshlaydi. Ko‘p holatlarda prorabni qidirish boshlaydi. „Xo‘p bo‘ladi“ deya turib, prorab aniq muddatlar, javoblar, qancha xarajatlar ketishi haqida hech qanday tushuncha bermaydi, balki hamma narsa yaxshi bo‘lishiga „Kelishamiz“ deb ishontiradi. Va bu yerda biz asosiy muammoni ko‘ramiz: biznes egasi ko‘pincha professional qurilish va montaj tashkilotlari mavjudligini bilmaydi ham, u to boshidan oxirigacha nazorat bilan shug‘ullanadigan prorab qidiradi”, — deydi Kamoliddin Hazratkulov.

Ko‘pincha biznes egasi prorab xonadon, ofis, restoran, shourumlar ta’mirini bir xil darajada eplay oladi deb o‘ylaydi. B2B cyegmentida “maydonda yagona jangchi emasligini” tushunishi kerak, bitta odam menejerlar, ta’minot guruhi, texnik hamda nazorat guruhlarining funksiyalarini bajara olmaydi, shunchaki ular orasida ixtisoslashgan ta’lim olgani juda kam uchraydi.

Integratsiyalashgan qurilish xizmatlari bozori haqida nima deyish mumkin?

Biznesda vaqt jadvallari birinchi o‘rinda turadi. Hech kim belgilangan muddatdan tashqariga chiqishni, hali ishlamayotgan xona uchun pul to‘lashni va bu bilan potensial daromadni yo‘qotishni xohlamaydi. Va bu yerda kuchlarni unga jamlay oladigan va muammolarni hal qilishga har tomonlama yondashadigan qurilish sherigini tanlashga yaqinlashish muhimdir.

Kamoliddinning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston bozorida hamma xizmatlarni o‘z ichiga olgan dizayn studiyalari yoki arxitektura byurolari, muhandislik tizimlari mavjud emas, ularning ichida xizmatlarning to‘liq spektri mavjud: dizayn, muhandislik tizimlari, ularsiz esa qurilish jarayonini sifatli va eng muhimi — halol va to‘g‘ri hisoblash mumkin emas. Dizayn studiyalari “tanish-bilish” tamoyili bo‘yicha prorablarni jalb qiladi, ushbu bosqichda rasmiy ravishda ishlaydigan brigadalar esa yo‘q.

Qurilishga munosabat o‘zgaradi. Drexel Construction qanday ishlashi Samsung Uzbekistan misolida

Kamoliddin Hazratkulov Orient biznes-markazda Samsung Uzbekistan kompaniyasi uchun ofis maydoni yaratish loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, bu esa unga qo‘shimcha tajriba va ko‘nikmalar olib keldi.

Drexel Construction jamoasi Commonwealth Partnership | Uzbekistan bilan hamkorlikda keng qamrovli qurilish rejasini taqdim etdi. Ular Archicad agentligidan mijoz tomonidan taqdim etilgan dizayn loyihasi bilan ishladi. Drexel Construction ichidagi dizayn bo‘limi loyihalashdan oldingi ishlarning katta qatlamini amalga oshirdi — bu muhandislik tizimlarini loyihalash uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslangan yo‘nalish, yuqori malakali dizaynerlar jamoasi bilan.

Orient BM bilan barcha zarur tasdiqlardan o‘tgandan so‘ng, yangi tizimlarni o‘rnatish boshlandi. Orient BMdagi xavfsizlik yuqori ustuvorlikka ega va puxta o‘ylangan boshqaruv tufayli jahon standartlariga javob beradi, bu esa ishlarni sezilarli darajada osonlashtirdi.

“Drexel Construction kompaniyasining O‘zbekiston qurilish sanoatidagi muvaffaqiyati tasodif emas, balki jamoaning har bir a’zosining aniq tuzmasi va professionalligi natijasidir. Biz nafaqat binolarni quramiz, balki qurilishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiramiz. Tashkiliy modelimiz bizga har qanday murakkablikdagi loyihalarni samarali amalga oshirish, vaqt va budjetlarni tejash imkonini beradi”, — deya o‘rtoqlashdi Kamoliddin Hazratkulov.

Ish jadvali diqqat bilan kelishib olindi va qurilish ishlari boshlandi. Qurilish maydonida taxminan 70−80 kishi ishlagan va biznes markazning amaldagi maqomini hisobga olgan holda ikki smenada ish olib borildi. Kunduzi ba’zi tinch ishlar bajarildi, asosiy montaj esa tunda amalga oshirildi.

Professional yondashuv = muvaffaqiyatli loyiha

Orient BMda Samsung Uzbekistan kompaniyasi uchun loyiha namunasi nafaqat qurilish ishlarini bajarish, balki muhandislik tizimlarini loyihalashni o‘z ichiga olgan keng qamrovli yechimlarni taqdim etish qobiliyatini ta’kidladi. Jamoa davlatning biznes infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qo‘shgan hissasi bilan faxrlanadi va jahon standartlari va ilg‘or tajribalarga rioya qilgan holda rivojlanishni davom ettirishga intiladi.

Tashkilot alohida e’tibor beradigan muhim jihatlardan biri bu ofis binolaridan foydalanish xavfsizligi. Drexel Construction ushbu o‘zgarishlarning markazida bo‘lishga tayyor, sanoatni o‘zgartirishni davom ettirib, boshqa kompaniyalarni Drexel Construction misoliga amal qilishga ilhomlantiradi. Axir sifatli qurilish standartga aylangan, hamda xavfsizlik va samaradorlik har bir loyihaning ajralmas qismiga aylangan kelajakni yaratish mumkin-ku.

Instagram: @drexel.construction.uz
Youtube: Drexel Construction

Reklama huquqlari asosida.