O‘zbekiston hukumatining 30-martdagi 173-sonli qarori bilan yengil avtomobillar uchun gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSH) metanning eyen baland chakana narxi amal qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1-aprel kuni metanning kuzda belgilangan 1 kubometr uchun 3250 so‘mlik maksimal chakana narxi tugashi kerak edi. Yangi maksimal narx kichik o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda 3350 so‘mni tashkil etadi. U 1-iyungacha amal qiladi.