O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori Sherzodxo‘ja Habibullayev hamda Uzum Market marketpleysi bosh direktori Ilshat Xametov hamkorlik memorandumini imzoladi. Uzum bilan hamkorlik orqali O‘zgidromet mamlakatdagi havo sifatini nazorat qilish va saqlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun ekotizim resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

uzum-market, реклама

“Biz biznesning ekologik tashabbuslarini ma’qullaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz. Va, albatta, Uzum ekotizimining ulkan infratuzilmasi agentlik loyihalarini amalga oshirishda katta yordam berishi mumkin. Biz hozir ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha ish boshladik: monitoring tizimini rivojlantirish va butun mamlakat bo‘ylab yashil maydonlarni shakllantirish”, — dedi Sherzodxo‘ja Habibullayev.

uzum-market, реклама

“Bizning umumiy vazifamiz — butun mamlakat bo‘ylab odamlarning hayot sifatini oshirishdir. Ularga zamonaviy texnologiyalar va yuz minglab tovarlardan foydalanish imkoniyatini berish, inson va iqtisodiy salohiyatni, shu jumladan, ekogolik muhitni rivojlantirish va amalga oshirish uchun qulay muhit yaratish. Jamoa bilan birgalikda biz butun mamlakat bo‘ylab daraxtlar ekdik, plastik paketlarimizni qayta ishlashni joriy qildik va hozirgacha utilizatsiya qilish uchun 40 ming tonnadan ortiq plastik topshirdik. Va, albatta, bizning infratuzilmamiz va resurslarimizni eng muhimi — atrof-muhitni toza saqlash uchun taqdim etishga tayyormiz”, — deya ta’kidladi Ilshat Xametov.

uzum-market, реклама

Bugungi kunda loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirildi: Navro‘z bayrami arafasida Toshkentda va O‘zbekistonning yana 20 shahrida 100 dan ortiq daraxt ekildi. Ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar Ekologiya vazirligiga “Yashil makon” milliy tizimiga kiritish uchun topshirildi. Yil davomida butun mamlakat bo‘ylab Uzum Market datchiklari paydo bo‘ladi.

Reklama huquqlari asosida.