Yil sayin ayollar o‘z iste’dodlari doirasini kengaytirmoqda. Herbalife kompaniyasining mintaqaviy vitse-prezidenti Nina Kandelaki ayollar uchun tadbirkorlikda qanday imkoniyatlar borligi va biznesni muvaffaqiyatli boshlash uchun nimalarni bilish muhimligi haqida o‘rtoqlashdi.

herbalife, reklama

Yevropa bevosita savdo assotsiatsiyasi (SELDIA) tomonidan yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, bevosita savdo sanoatiga jalb qilingan tadbirkorlarning 85 foizi ayollardir. Herbalife ham bundan mustasno emas.

Herbalife butun dunyo bo‘ylab yuz minglab mustaqil hamkorlarga ega bo‘lgan biznes hamjamiyatidir.

“Markaziy Osiyo mamlakatlarida mustaqil hamkorlarimiz orasida ayollar ulushi 80 foizdan oshadi. Zamonaviy dunyoda ishlaydigan ayol duch keladigan asosiy muammo karera va oila o‘rtasidagi muvozanatni saqlashdir. Ko‘pchilik uchun bu holatda qiyin tanlov mavjud: yoki ish, yoki oila. Bizda bunday qarama-qarshilik bo‘lishi mumkin emasligi aniq”, — dedi Nina Kandelaki.

Herbalife 44 yil oldin tashkil etilgan bo‘lib, shu vaqt ichida kompaniya moslashuvchan va inklyuziv madaniyatni shakllantirdi. Uning asosi oddiy insoniy qadriyatlar, hamdardlik hamda inson o‘zining iste’dodlarini anglashi, bir-biriga hurmat va yordam berishga intilishidir.

“Ehtimol, shuning uchun Herbalife bilan biznesga qo‘shilgan ayollar bu yerda uzoq vaqt qolishadi. Bir tomondan, iliq, oiladagi kabi munosabatlar, boshqa tomondan, zamonaviy va ilg‘or biznes bo‘lib, u sizga shaxsiy hamda tijorat maqsadlarida o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Bundan tashqari, oila hech qanday to‘siq emas. Bizda avval ayol biznesga kelishi, keyin esa uning ishi oilaviy biznesga aylanishi borasida ko‘plab misollar mavjud”, — deya ta’kidladi Nina.

Bugungi kunda tobora ko‘proq ayollar o‘z bizneslarini boshlamoqda. So‘nggi global tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, har oltinchi ayol o‘z kelajagini tadbirkorlik bilan bog‘laydi va bunday ayollar soni o‘sishda davom etmoqda. Taqqoslash uchun, bunda erkaklar soni har beshdan bittani tashkil qiladi. 2023-yilda Herbalife One Poll marketing agentligi bilan birgalikda 15 ta mamlakatda so‘rovnoma o‘tkazdi. Unda 9000 nafar ayol qatnashdi. Respondentlarning fikriga ko‘ra, an’anaviy korporativ muhitda ayollar erkak hamkasblariga qaraganda ko‘proq to‘siqlarga duch keladi. Xususan, so‘rovnomada qatnashgan har 10 ishtirokchidan 7 nafari ayol kishi erkaklar bilan teng karera qurish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun ko‘proq harakat qilishi kerakligini aytdi. Ayollarning 43 foizi esa kareraga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqib, farzand ko‘rishni kechiktirgan. Bundan tashqari, respondentlarning 42 foizi lavozimga ko‘tarilishda adolatsizlikka duch kelganini bildirdi.

“Bu — hali aysbergning uchi. Bularning barchasi ofisdagi moslashuvchan ish jadvali bilan birgalikda, ehtimol, ayollarning tadbirkorlik faoliyatiga bo‘lgan qiziqishining kuchayishi uchun katalizator hisoblanadi. Shubhasiz, bugungi kunda tadbirkorlikda ayollar o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun kamroq to‘siqlar va ko‘proq imkoniyatlar hamda erkinliklarni ko‘rishmoqda”, — dedi Herbalife mintaqaviy vitse-prezidenti.

herbalife, reklama

Shaxsiy biznesni yaratish katta moddiy investitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Buning uchun hammada ham imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Herbalife shaxsiy biznesni boshlash va rivojlantirish uchun bir qator afzalliklarni taqdim etadi. Biznesga kirishning past chegarasi ulardan biridir. Kompaniya biznes modeli samarali rivojlanish rejasi, vaznni boshqarish va sog‘lom turmush tarzi uchun keng va talab qilinadigan mahsulotlar qatori operatsion qo‘llab-quvvatlash, o‘qitish va murabbiylik tizimiga ega tayyor biznes yechimlarini o‘z ichiga oladi. Shaxsiy biznesni boshlash uchun boshlang‘ich to‘plamni sotib olish kifoya va uning narxi 125 ming so‘mdan oshmaydi.

Boshlang‘ich kapital ayolni tadbirkorlik yo‘liga o‘tishni to‘xtatadigan yagona to‘siq emas. Amalda yana ko‘pchilik uddalay olmasligidan, bilimi, ko‘nikmalari va qo‘llab-quvvatlash yetarli emasligidan qo‘rqishi mumkin. Herbalife mustaqil hamkor bo‘lib, hamma narsani noldan yaratishga hojat qolmaydi. Bundan tashqari, ayollar hamfikrlarini ham topadi. Misol sifatida, mahsulot va savdo belgisi olinsa, taniqli brendni yaratish uchun odatda yillar va jiddiy sarmoyalar kerak bo‘ladi. Ko‘pgina tadbirkorlar uchun bu qiyin vazifa bo‘lishi mumkin, ayniqsa, dastlabki bosqichlar, tez daromad olish zarur bo‘lgan bir paytda.

Herbalife`ning mustaqil hamkori sifatida vaznni boshqarish va sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha taniqli global brendga qo‘shilish imkoni bor. Ushbu e’tirof ortida kompaniyaning 40 yildan ortiq tarixi, zamonaviy ilm-fan yutuqlari va ishlab chiqarish sifatini yuqori nazorat qilishga asoslangan talab qilinadigan innovatsion mahsulotlar turibdi. Bunda ishlab chiqarish va logistika infratuzilmasini yaratishga pul sarflashga hojat qolmaydi.

Hamkorlikning yana bir ustuvor taraflaridan biri — hamfikrlar doirasi. Yangi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ular odatda yetishmaydi. Herbalife hamkori sifatida siz darhol kerakli yordamni ola olasiz. Kompaniya mustaqil hamkorlarga turli xil biznes muammolarini hal qilish uchun zarur ko‘nikmalarni olishga yordam beradigan bilim va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi. Uzluksiz ta’lim bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarda olib boriladi: mahsulotni to‘liq o‘rganish, savdo tizimini yaratish, marketing va ijtimoiy tarmoqlarni yuritish bo‘yicha ko‘nikmalar shular jumlasidandir. O‘qish ham oflayn trening formatida, ham onlayn shaklda o‘tkaziladi.

herbalife, reklama

Bugungi kunda ayollar ko‘proq sog‘lom turmush tarzi, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar kabi sohalarni afzal ko‘rmoqda. Qizig‘i esa, ular xalqaro bozorlarga chiqishdan qo‘rqmaydi. Shu ma’noda, Herbalife imkoniyatlarni taqdim etadi. Kompaniya bilan biznesni dunyoning 90 dan ortiq mamlakatida qurish, shu bilan birga, dunyoning istalgan nuqtasida bo‘lish ham mumkin. Ko‘pchilik, ayniqsa, ayollar va yoshlar uchun harakat erkinligi bugungi kunda hal qiluvchi omillardan biridir.

Ayollarni dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirish imkoniyati ham rag‘batlantiradi. Uning uchun shaxsiy biznesining ijtimoiy ahamiyatini anglash juda muhimdir. Herbalife bilan biznesda bu istakni to‘liq amalga oshirish mumkin. O‘nlab yillar davomida kompaniya odamlarga sog‘lom turmush tarziga qo‘shilishga, ovqatlanish odatlarini o‘zgartirishga, farovonligini yaxshilashga va keng doiradagi fikrli odamlarni topishga yordam berdi. Herbalife mustaqil hamkorlari bilan birga ijobiy muhit mavjud bo‘lgan biznes va sog‘lom turmush tarzi hamjamiyatlarini qurmoqda. Bu odamlarni qanotlantiradi va ilhomlantiradi. Ular o‘zlarining yetakchilik salohiyatini ochib, boshqalarga yordam bera oladi.

“Mening biznesini boshlash haqida o‘ylayotgan ayollarga maslahatim, yuragingiz nimani istayotganini aniqlab oling va katta sarmoyani talab qilmaydigan kichik ish bilan boshlang. Bundan tashqari, albatta, hamfikrlar doirasini toping. Bu nafaqat har qanday daqiqada sizga kuch-quvvat bo‘ladi, balki sizning iste’dodlaringizni to‘liq namoyon etishingiz, o‘sishingiz va rivojlanishingiz uchun qulay muhit yaratadi”, — dedi Nina Kandelaki.


Berilgan yutuqlar odatiy emas va mashaqqatli mehnat natijasidir. Ko‘pgina mustaqil hamkorlarning faoliyati kichik miqdorda qo‘shimcha daromad keltiradi. Qo‘shimcha ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Vaznni nazorat qilish bo‘yicha har qanday tasdiqlar Herbalife Nutrition`ning “Vaznni nazorat qilish dasturi"ga tegishli bo‘lib, undan muvozanatli parhez, muntazam jismoniy mashqlar, zarur miqdordagi kunlik suyuqlik iste’moli, kerak bo‘lganda, ozuqaviy qo‘shimchalar qabul qilish va yetarli dam olish o‘rin olgan. Barcha natijalar individualdir va farq qilishi mumkin.

Reklama huquqlari asosida.