25-fevral kuni Toshkentdagi Amiti universitetida ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiada muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu muhim tadbirga O‘zbekistondan 1200 nafar ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 500 ga yaqini ishtirokchi tanlab olindi va bu ularga ingliz tilidan bilim va ko‘nikmalarini raqobat muhitida namoyish etish imkoniyatini taqdim etdi.

Olimpiada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, UZCARD va Thompson School homiyligida tashkil etildi.

amity university, реклама

Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo‘ldi:

  1. Grammatika, lug‘aviy boylik, o‘qish va tinglashni sinab ko‘rish uchun 40 ta yozma testlar. Tanlov 1 soat davom etdi va 20 nafar ilg‘or talabalar ikkinchi bosqichga muvaffaqiyatli o‘tdi.
  2. Birinchi bosqichda saralab olingan 20 nafar talaba turli yozma va og‘zaki savollardan iborat bo‘lgan keyingi bosqichda ishtirok etdi.

Olimpiadaning har bir ishtirokchisiga sertifikatlar topshirildi. Ikkinchi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga Amiti universitetining brend sovg‘alari va Thompson maktabining ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha 50% chegirmali sertifikatlari topshirildi. G‘oliblarga esa UZCARD kompaniyasi tomonidan sovg‘alar topshirildi:

  • birinchi o‘rin uchun — noutbuk;
  • ikkinchi o‘rin uchun — planshet;
  • uchinchi o‘rin uchun — smartfon.

amity university, реклама

“Kun davomida ingliz tili bo‘yicha ushbu yosh bilimdonlar o‘zlarining eng yaxshi fazilatlari: qat’iyat, bilimdonlik, jamoaviy ruh va albatta, ingliz tiliga bo‘lgan muhabbatini namoyon etib, o‘z bilim va ko‘nikmalarini qo‘llagan holda bellashdilar. Ishonchim komilki, mazkur olimpiada kabi tadbirlar mintaqamizda ingliz tili nufuzini oshirish bilan birga, ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi”, — dedi Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori Bobur Abdullayev.

amity university, реклама

Olimpiadaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

  • ingliz tilini o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyani oshirish;
  • ingliz tili ko‘nikmalarini rivojlantirish;
  • talabalar o‘rtasida muloqot qilish va tajriba almashish uchun imkoniyatlar yaratish;
  • iqtidorli talabalarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash;
  • ishtirokchilarni ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiadalarga tayyorlash.

Toshkentdagi Amiti universitetida ingliz tili bo‘yicha xalqaro olimpiadaning o‘tkazilishi ta’lim sohasida muhim voqealardan biri bo‘ldi. Universitet ushbu muhim tadbirga qo‘shgan hissasi uchun barcha ishtirokchilar, hakamlar va tashkilotchilarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Toshkent shahridagi Amiti universiteti 2024−2025 o‘quv yili uchun qabul ham boshlagan.

Qiziqish bildirgan abituriyentlar “Axborot texnologiyalari”, “Kompyuter muhandisligi”, “Iqtisodiyot”, “Biznes boshqaruvi” va “Turizm menejmenti” kabi ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin.

Dastlabki imtihon 20-aprelda bo‘lib o‘tadi, kirish uchun ingliz tilidan ichki imtihon topshiriladi. Agar abituriyentlar IELTS sertifikatiga ega bo‘lsa, ular og‘zaki imtihon topshirishadi.

Telefon: (+998) 71−207−90−06.

Sayt: amity.uz
Facebook: fb.com/amityuniversityuz
Instagram: @amity_tashkent
Telegram: t.me/AmityUniversityTashkent
YouTube: Amity University Tashkent

Reklama huquqlari asosida.