Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 8-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Mehmonga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, lift va eskalatorlar, nasoslar, sanoat qozonxonalari, sovitish tizimlari kabi mahsulotlar ko‘rsatildi.

Sanoat majmuasida umumiy qiymati 365 million dollarlik 17 ta ishlab chiqarish quvvati joylashtirilgan. Joriy yilda bu yerda logistika markazi ish boshlashi kutilmoqda.

Shuningdek, mahsulotlar xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilmoqda. “Ichki va xorijiy bozorlarda ularga talab yuqori. Tovarlar dunyoning 10 ta mamlakatiga eksport qilinmoqda”, — deyiladi xabarda.

Prezidentlar yetakchi korxonalar kooperatsiyasini, tajriba almashish va texnologiyalar transferini kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Foto

aleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnoparkaleksandr lukashenko, belarus, shavkat mirziyoyev, texnopark