Toshkent shahar sudida 10-yanvar kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sud majlislaridan biri bo‘lib o‘tgan edi. Dastlab sudlov hay’ati tomonidan sud tarkibi e’lon qilindi. 23 nafar sudlanuvchining shaxsiga aniqlik kiritilgandan so‘ng prokuror Saidakrom Oqilov qo‘shimcha ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi. Sudya Muso Yusupov sudlanuvchilardan ayblov tushunarli bo‘lgan-bo‘lmagani va aybiga iqror-iqror emasligini so‘radi.

So‘ng sudlanuvchilar — Quramax Medical kompaniyasi direktori S.R.P., savdo direktori B.Q., ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri Nu.M., bosh hisobchisi lavozimida ishlagan E.M.lar, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi Davlat markazining sobiq direktori bo‘lgan Sardor Kariyev, Davlat markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan A.A., o‘rinbosari lavozimida ishlagan No.M., yordamchisi bo‘lgan G. S., Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vitse boshlig‘i bo‘lgan Sh. Sh., Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan J.E., Davlat markazi Farmokologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan S.S., Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasida mutaxassisi lavozimida ishlagan A.J., Davlat markazi Farmokologiya qo‘mitasining yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan G. X., Davlat markazi dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasining mudiri lavozimida ishlagan G. B., Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJ direktori lavozimida ishlagan M.H., Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sertifikatlashtirish organi rahbari lavozimida ishlagan Sh. X., Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sinov markazi rahbari lavozimida ishlagan N.Sh., Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan Sh. A., Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sertifikatlash organi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan F.F., Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sinov markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan I.M., Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan F.T.lar ayblov bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi. Prokuror, advokatlar, sudya va boshqa sudlanuvchilar o‘rtasida o‘zaro savol-javoblar bo‘ldi.

Sud majlisi davomida eng ko‘p aytilgan fikr esa Yevropa, Amerika, Buyuk Britaniya va ulardan namuna olgan O‘zbekiston farmakopeya qoidalariga ko‘ra “Dok-1 Maks” tarkibida me’yoridan 300 barobar ko‘p miqdorda aniqlangan etilenglikol moddasini aniqlashning imkoni yo‘qligi, sababi etilenglikol uchraydigan propilenglikolni tekshirish farmakopeyalarda keltirilmagani haqida bo‘ldi.

Advokat Davron Ahmadovning “Amaldagi, [2022−2023-yildagi] qonunchilik bo‘yicha laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilganda tarkibida etilenglikol yoki dietilenglikol borligini aniqlasa bo‘larmidi, bo‘lmasmidi?”, degan savoliga Davlat markazi direktorining yordamchisi lavozimida ishlagan sudlanuvchi G. S.: “Aniqlash imkoni umuman yo‘q [edi]. Aktual [2022−2023-yillardagi] hujjatlarda umuman imkoni yo‘q. Birinchi o‘zimizning hujjatlarga qaraymiz. O‘zimizning hujjatlarda bo‘lmagandan keyin xalqaroga tayanamiz. Xalqaroning o‘zida ham yo‘q. Biz uni qayerdan tekshirib berishimiz mumkin?”, deb javob qaytardi.

Shuningdek, advokat Chutbayev himoyasidagi sudlanuvchi — Davlat markazi dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasining mudiri lavozimida ishlagan G. B.ga “O‘sha paytda bolalarning o‘limini butun respublikada kovid bilan bog‘lashayotgandi. „Dok-1 Maks“ bilan zaharlanayotganini birinchi bo‘lib o‘zingiz ochgansiz. [Siropning] tarkibida etilenglikol borligini O‘zbekistonda aniqlagan odam siz bo‘lasiz. O‘zingizga qarshi [ish qilishga] nima majburladi? Yo‘q, unaqa narsa bo‘lmadi desangiz, hamma bolalar koviddan o‘ldi, deb yopilib ketardi”, deb savol berdi.

Sudlanuvchi esa: “Menga mansabdor shaxsning sovuqqonligi [tarzida] ayblov qo‘yilgan. [Lekin biz] mana shunaqa signal kelishi bilan darrov harakat qildik-da. Masalan, vakolatimizga kirmaydi, qilmaymiz [deb] jim o‘tirsak ham bo‘lardi. Mana, normativ hujjat[da] 8 ta “pokazatel”dan yettitasi yaxshi chiqdi, deb [yozilgan]. Sardor Hikmatovich aytganlaridek, birinchi safar — 20-dekabrda tekshirganimizda normativ hujjat talabiga javob bergan. Keyin mana shunaqa signalni bilishimiz bilan darhol chuqurlashtirilgan analizlar qildik. Agar vijdonsiz, sovuqqon, layoqatsiz bo‘lganimda boshqalarga “yo‘q, qilmaymiz”, deb aytib, shundoq o‘tirgan bo‘lardim. Bilmadim endi, darrov aniqladik. Agar shuni aniqlamaganimizda, ancha kech qolganida bundan ham ko‘p, yomon fojia bo‘lishi mumkin edi. Tezkor harakat qildik, mana shunaqa ekan deb darrov aytdik, sovuqqonlik qilmadik demoqchiman”, — deb javob berdi.

Farmagentlikning sobiq direktori, sudlanayotgan Sardor Kariyev esa: “Siropni O‘zbekistonga kirib kelishini to‘xtatishning iloji yo‘q edi deb hisoblayman. Agar o‘zim, advokatlarim tomonidan keltirilgan asosli, qonuniy vajlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning qonunchiligida xalqaro qabul qilingan farmakopeya, Britaniya farmakopeyasi, Yevropa farmakopeyasida propilenglikol moddasining ichida etilenglikol va dietilenglikol yot moddalarining tekshirish ko‘rsatib berilmagan.

Endi yana sal orqaroq yuradigan bo‘lsak, sirop vositasining Hindistonda ishlab chiqarilganligi. Yuqorida aytganimdek, Hindistonda sirop dori vositasiga propilenglikol qo‘shilishi va propilenglikolga belgilangan standart Britaniya, Yevropa farmakopeyasida belgilangan. Britaniya farmakopeyasida proplenglikol tarkibida etilen va dietilenglikolning borligini tekshirish belgilanmagan va shu nuqtai nazardan, mening fikrim, Hindistondagi Marion Biotech kompaniyasi ham, ishlab chiqaruvchi ham o‘zining kirish nazoratlarida bu ko‘rsatkichlarni tekshirmagan va shu nuqtai nazardan bu modda siropga aralashib O‘zbekiston hududiga kirib kelgan", dedi o‘z ko‘rsatmasi davomida.

Farmakopeyalar standartlari bo‘yicha propilenglikolni tekshirish talabi yo‘qligini aytgan yana bir sudlanuvchi esa “Bunga [Hindistondagi] ishlab chiqaruvchining o‘zi e’tibor qaratishi, kichik sifat tahlillarini o‘tkazishi kerak edi”, dedi.

Jarayon

Sudya: Muhtaram jarayon ishtirokchilari, sud majlisini davom ettiramiz. Hammamizga ma’lum, jinoyat ishi birlashtirildi. Birlashtirilganligi sababli qonun talabi yangidan boshlanadi. Oldingi tartibga rioya qilingan holda diktofon orqali sud jarayoni yozib borilayotgan edi. Yozib boraveramizmi? E’tirozlar yo‘qmi?

Zaldagilar e’tirozlari yo‘qligini bildirdi.

Sudya: Muhtaram jarayon ishtirokchilari, sud majlisini davom ettirishdan oldin S.R.P. (Quramax Medical sobiq direktori — tahr.) va boshqalarga jinoyat ishini ko‘rib chiqadigan sud tarkibini e’lon qilaman. Jinoyat ishi sudya Yusupov raisligi, xalq maslahatchilari Rixsiyeva hamda Qosimovalardan iborat tarkibi, Sulaymonov kotibligida, shuningdek, S.R.P.ning advokati Ahmadov; Kariyev Sardor Hikmatoviching advokatlari Rahmatov, Xudoyberganov, Anortoyev, Valiyev, Nabiyev, Hotamov; A.A.ning advokatlari Husanov, Madaminov, Abdusattorov, Mo‘minov; No.M.ning advokatlari Yuldashev, Sobirov; G. S.ning advokatlari Imomov; Sh. Sh.ning advokatlari Mengliqulov; M.H.ning advokatlari Vabidov, Ahmedov; J.E.ning advokatlari Sabirov; F.T.ning advokatlari Davutov, Imomov; Nu.M.ning advokatlari Hakimov, Adhamov, Jumaboyev; S.S.ning advokatlari Vijix, Zakirov; J.Sh.ning advokatlari Ahmedov, Vabidov; A.J.ning advokatlari Rajabov, Nazarova; G. X.ning advokatlari To‘xtayev, Abdurizayev; G. B.ning advokatlari Rahmatov, Madaminov, Chutbayev; B.Q.ning advokatlari Sharipov, Alisherov; Sh. X.ning advokatlari Qilichov, Ergashev, Azizova, Asfandiyorova; N.Sh.ning advokatlari Kenjayev, Bekjanov, Sapayev, Do‘stov, Sobirov; Sh. A.ning advokatlari Jumaboyev, Hakimov; F.F.ning advokatlari Abdullayev, Rixsiyev; I.M.ning advokatlari Imomov; E.M.ning advokatlari Ahmadov; F.N.ning advokatlari Usmonov. Shuningdek, bugungi sud jarayonida jabrlanuvchining qonuniy vakili Mansurov ishtirok etyapti. Sud tarkibiga tomonlarda e’tiroz, raddiyalar bormi?

Advokatlar va sudlanuvchilar hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytib o‘tdi.

Sudya: Muhtaram jarayon ishtirokchilari, tarjimonimiz jalb qilingan edi. Ishlari chiqib qolganligi sababli muayyan vaqtga tarjimonimiz o‘zgarib turibdi. Dilorom Mustafoyeva tarjimon sifatida sudda vaqtinchalik ishtirok etadi. Qasam, imzo bilan ogohlantiramiz, ularning shaxsiga aniqlik kiritib ketamiz.

Tarjimon o‘zini tanishtirdi. Sudya Yusupov unga majburiyatlarini tushuntirib o‘tar ekan, agar ish bo‘yicha tarjimonlar qasddan noto‘g‘ri tarjima qilsa, ko‘rsatmalarni noto‘g‘ri yetkazish holatlari bo‘lsa, bila turib gapirgan gaplarini sudga ma’lum qilmasa, buning uchun qonunda belgilangan jinoiy javobgarlik mavjudligi, Jinoyat kodeksining 238−240-moddalari bilan ogohlantirilishini ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritish boshlandi.

Sudya: Vaqtni olmaslik uchun shaxsga aniqlik kiritib ketuvchi ma’lumotlarni o‘zim o‘qib ketaman. O‘zgargan bo‘lsa, aytib ketasizlar.

S.R.P. — 1972-yil 10-iyulda tug‘ilgan, millati hind, oliy ma’lumotli, Quramax Medical MCHJning direktori lavozimida ishlagan.

Sudya: Marhamat, tomonlarda shaxsiga oid savollar bormi? (jimlik — tahr.)

Sudya: Savollar yo‘q. Tarjimonimiz, [S.R.P.ning] huquq va majburiyatlarini aytib o‘tamiz, tushuntirib ketasiz. Jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish, advokat xizmatidan foydalanish, ish bo‘yicha olib borilayotgan tilga tushunmasa, tarjimon xizmatidan foydalanish, ish hujjatlari bilan tanishib, sudga dalillar berish, iltimosnomalar kiritish, olib borilayotgan sud majlisi bayonnomasi bilan tanishish, shuningdek, fikrlar bildirish, qabul qilingan sud qaroridan norozi bo‘lsa, shikoyat keltirish huquqlariga ega. [Advokat va tarjimon xizmatidan foydalanyapti].

Sudya har bir sudlanuvchining ma’lumotlarni aytganidan so‘ng shu tarzda huquq va majburiyatlarini ham aytib chiqdi

B.Q. — 1978-yil 2-mayda Namangan viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Quramax Medical MCHJning savdo direktori. 2022-yil 27-dekabrdan 2023-yil 8-aprelga qadar ish bo‘yicha qamoqda saqlangan. 8-aprelda garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirilgan. Ayblov xulosasini olgan. Shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: Nu.M. — 1992-yil 9-mart kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati qozoq, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumot oliy, muqaddam sudlanmagan. [Jinoyat ishi ochilgunga qadar] Quramax Medical MCHJning ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri lavozimida ishlagan. Bugungi kunda umuman ishlamayapti. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: E.M. — 1976-yil, 7-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati qozoq, oilali, besh nafar farzandi bor, ma’lumot oliy, muqaddam sudlanmagan. Quramax Medical MCHJning bosh hisobchisi lavozimida ishlagan. [Hozir ham shu lavozimida ishlab turibdi]. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Kariyev Sardor Hikmatovich — 1982-yil 24-mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, muqaddam sudlanmagan, oilali, uch nafar farzandi bor. Bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi Davlat markazining sobiq direktori bo‘lgan. Ish bo‘yicha 2023-yil 24-yanvardan qamoqda. Shaxsga oid savollar bormi?

Advokat Rahmatov (Kariyevning himoyachisi): Sog‘lig‘ingiz bo‘yicha birorta shikoyatingiz bormi?

Sudlanuvchi Kariyev: Hurmatli sudya, o‘tgan safargi sud jarayoni tugagandan keyin konvoy bizni [qaytarib] olib ketayotgan edi. Men orqa “ressora” qismida o‘tirib ketayotgandim. Ariqqa qattiq tushib, yarim metrga sakrab, kuchli zarba bo‘ldi. Mashinada men bilan o‘tirganlar buni tasdiqlaydi. Bu [gapim] haydovchiga nisbatan chora ko‘rish nuqtai nazaridan emas. Uning aybi yo‘q deb hisoblayman.

O‘shandan beri belimda kuchli og‘riqlar paydo bo‘ldi. 2010-yil grijam operatsiya bo‘lgandi. Shu nuqtai nazardan shifokorga murojaat qildim. “Meni MRTga olib borgin, nevropotologga ko‘rsatgin, chunki kuchli og‘riqlar paydo bo‘ldi”, dedim. Endi “Tabib, tabib emas, boshidan o‘tkazgan tabib”, deydi.

“2010-yil operatsiyadan oldin bo‘ynimning grijasi og‘rib yurgan, hozir qaytalanish ehtimoli katta. Shuning uchun [analiz] olgin, nima uchun noqulaylik paydo bo‘lyapti, kechasi uxlolmay chiqyapman”, desam, “Ko‘ramiz, konvoyimiz bo‘sh bo‘lsa, olib boramiz”, dedi.

O‘tgan hafta juma kuni murojaat qilganmiz. Haligacha chora ko‘rilmadi. Shuning uchun advokatlarimdan “Shu bo‘yicha meni olib borib, malakali shifokorga ko‘rsatib, tashxis qo‘ysin”, deb iltimos qildim. Ko‘tarayotgan masalamning sudga umuman aloqasi yo‘q yoki ehtiyot chorasini o‘zgartirish maqsadida [ham] gapirayotganim yo‘q. Shunchaki sud hali necha oy davom etishi noma’lum ekan, shu nuqtai nazaridan e’tibor qaratilishini xohlayman.

Sudya: Tushunarli. Hujjat bo‘yicha ayni paytda og‘ir kasalliklar mavjud emas, lekin sog‘lig‘ingizni tekshirishni so‘raysiz, shunaqami?

Sudlanuvchi Kariyev: Shunaqa.

Sudya: Tushunarli. Biz holatga aniqlik kiritamiz. Agar tartib bo‘yicha sizni kerakli tekshiruvdan o‘tkazish belgilangan bo‘lsa, o‘tkaziladi. Agar o‘tkazish sababi yo‘q bo‘lsa, advokat orqali sudga murojaat qilinadi, bu masalani sud ham hal qilishi mumkin. Shaxsga oid savollar yo‘qmi? (jimlik — tahr.).

Sudya: O‘tirishingiz mumkin, Sardor Hikmatovich.

A.A. — 1993-yil 12-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2023-yil 31-yanvardan qamoqda.

Sudlanuvchi A.A.: Faqat farzandim uch nafar bo‘ldi. O‘shani to‘g‘rilab qo‘yish kerak.

Sudya: Hozir farzandingiz kichkinami?

Sudlanuvchi A.A: Ha, ha. To‘rt oylik chaqaloq.

Sudya: Ayblov xulosasini oldingiz. Tomonlarda shaxsiga oid savollar bo‘lsa, marhamat.

Sudlanuvchining advokatlaridan biri: O‘qish joyingizni ham aytib keting.

Sudlanuvchi A.A: Qamalgunga qadar Toshkent farmatsevtika instituti magistraturasining ikkinchi bosqich talabasi edim. Birinchi semestr tugadi, ikkinchi semestrning bu yog‘iga [qamaldim]. O‘shanga qadar ish bilan o‘qish bir kunda parallel ketardi.

Sudya: Tushunarli, yana savollar bormi? (jimlik — tahr.).

No.M. — 1988-yil 26-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, bir nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazida direktorning o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2023-yil 6-yanvardan qamoqda.

Sudlanuvchi No.M.: Farzandim ikki nafar bo‘lgandi. Shuni to‘g‘rilab qo‘ysangiz.

Sudya: Tushunarli. Sizga farzand muborak bo‘lsin. Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: G. S. — 1987-yil uchinchi mart kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilasidan ajrashgan, ikki nafar farzandi bor, ma’lumot oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi direktorining yordamchisi lavozimida ishlagan. 2022-yilda Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2023-yil 6-yanvardan qamoqda.

Sh. Sh. — 1992-yil 29-martda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vitse-boshlig‘i lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2023-yil 31-yanvardan qamoqda. O‘zgarishlar yo‘qmi? (jimlik — tahr.).

Sudya: Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sudlanuvching advokatlaridan biri: Bor. Sh. Sh., sizning sog‘lig‘ingiz bo‘yicha nimadir muammolar bormi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: 2020-yil urologiya bo‘limidan [buyrak kasalligi bo‘yicha] tashxis qo‘yilgan. Ekspertiza qilish kerak bo‘lsa, shuni inobatga olishingizni iltimos qilardim.

Sudya: Sh. Sh., hozir faqat shaxsingizga aniqlik kirityapmiz. Agar sog‘lig‘ingiz bilan bog‘liq muammo bo‘ladigan bo‘lsa, advokat bilan kelishib, bu masalada sudga iltimosnoma kiritishingiz mumkin. Boshqa savollar bormi?

Sud zaldan: Yo‘q.

Sudya: J.E. — 1993-yil 26-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, bir nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2023-yil 22 cyentabrdan beri qamoqda saqlanmoqda. O‘zgarishlar bormi?

Sudlanuvchi J.E.: Yo‘q.

Sudya: Ish hujjatlarida siz dastlab 2023-yil 16-yanvaridan 20-yanvarigacha ham qamoqda saqlangansiz.

Sudlanuvchi J.E.: Tergovda.

Sudya: Dastlabki tergovda qamoq jazosi qo‘llanilganmi?

Sudlanuvchi J.E.: Munosib xulq-atvor.

Sudya: Marhamat, shaxsiga oid savollar bo‘lsa.

Sud zaldan: Yo‘q.

Sudya: S.S. — 1975-yil 19-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi. Millati o‘zbek, oilali. Bir nafar farzandi bor. Ma’lumoti oliy. Muqaddam sudlanmagan. Davlat Markazi Farmokologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha munosib xulq-atvorda bo‘lish tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sudlanuvchi S.S.: Tasdiqlayman. Asosiy ish joyi o‘zgargan. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professori. Ma’lumotnomani taqdim qilaman.

Sudya: Boshida tergov jarayonida sizga qamoq jazosi qo‘llanganmi?

Sudlanuvchi S.S.: Yo‘q.

Sudya: Ushlab turish holatlari bo‘lmaganmi?

Sudlanuvchi S.S.: Yo‘q.

Sudya: Advokatlarda shaxsiga oid savollar.

Sudya: J.Sh. — 1991-yil 19-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati qozoq, bo‘ydoq, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bugungi kunda vaqtincha ishsiz. Advokatlar, shaxsiga oid savollar bormi? (jimlik — tahr.).

Sh. A. — 1992-yil 27-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasida mutaxassis lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha munosib xulq-atvorda bo‘lish tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. To‘g‘rimi?

Sudlanuvchi: Ish joyim almashgan.

Sudya: Qayerda?

Sudlanuvchi Sh. A.: Farmakopeya qo‘mitasi rais o‘rinbosari.

Sudya: Savollar bormi? (jimlik — tahr.).

Sudya: G. X. — 1963-yil 30-mayda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, uch nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi Farmokologiya qo‘mitasining yetakchi mutaxassisi. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. O‘zgarishlar bormi?

Sudlanuvchi G. X.: Yo‘q.

Sudya: Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: G. B. — 1968-yil 19-aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, bir nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Davlat markazi dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasining mudiri lavozimida ishlagan. Bugungi kunda ham. Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: M.H — 1985-yil 9-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2022-yil dekabrdan beri qamoqda saqlanmoqda. Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: Sh. X. — 1992-yil 7-iyunda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, bir nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazida sertifikatlashtirish organi rahbari lavozimida ishlagan. Ish bo‘yicha 2022-yil 22-dekabrdan 2023-yil 2-avgustga qadar qamoqda saqlangan. Bugungi kunda munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. (Sudlanuvchi sud jarayonlarida videokonferens-aloqa orqali ishtirok etadi — tahr.). Bugungi kunda sog‘lig‘ingiz yaxshimi?

Sudlanuvchi Sh. X.: Keyingi haftalarda operatsiyaga kirishni rejalashtiryapmiz. Payshanba kuni aniq bo‘ladi. 10 kun ichida bo‘lsa kerak.

Sudya: Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudlanuvchi Sh. X.: Hurmatli sudya, farzandim ikkita bo‘ldi. O‘shani ham qo‘shib qo‘ysangiz bo‘ladi.

Sudya: Tushunarli. Operatsiya haqida bizga oldinroq xabar bersangiz, shunga qarab sud majlisini tashkillashtirishni o‘ylab ko‘raman.

Sudya: N. Sh. — 1988-yil 19-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, turmushga chiqmagan, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazida sinov markazi rahbari. Ish bo‘yicha 2023-yil yanvardan 3-mayga qadar qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Bugungi kunda garov ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayblov xulosasini olgansiz, o‘zgarishlar bormi?

Sudlanuvchi: Yo‘q.

Sudya: Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sad zalidan: Yo‘q.

Sudya: Sh. A. — 1985-yil 26-avgustda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, to‘rt nafar farzandi bor, ma’lumot oliy, muqaddam sudlanmagan. Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sudlanuvchi Sh. A.: Hozir o‘zgarish bo‘lgan, ishga kirganman.

Sudya: Lavozimingizni ayting.

Sudlanuvchi: Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi direktor maslahatchisi.

Sudya: Shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: F.F. — 1986-yil 26-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, uch nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazida sertifikatlash organi rahbari o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Sudlanuvchi F.F.: Tasdiqlayman.

Sudya: O‘zgarishlar?

Sudlanuvchi F.F.: Yo‘q.

Sudya: Bugungi kunda ishlaysizmi?

Sudlanuvchi F.F.: Yo‘q.

Sudya: Tushunarli. Shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: I.M. — 1991-yil 19-mayda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzadi bor, ma’lumoti oliy, muqaddam sudlanmagan. Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi MCHJda sinov markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Munosib xulq-atvorda bo‘lish haqidagi tilxat ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Sudlanuvchi I.M.: O‘zgarishlar yo‘q.

Sudya: Tushunarli. Bugungi kunda ishlaysizmi?

Sudlanuvchi I.M.: Ishlayman. “Komtex” kompaniyasida mahsulot menejeri bo‘lib ishlayman.

Sudya: Buyruq taqdim qilish mumkinmi?

Sudlanuvchi I.M.: Keyingi sudga taqdim qilaman.

Sudya: Shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: F.T. — 1977-yil 30-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan. Oilali, uch nafar farzandi bor.

Sudlanuvchi F.T: Tasdiqlayman.

Sudya: Advokatlarda shaxsiga oid savollar bormi?

Sud zalidan: Yo‘q.

Sudya: F.N. — 1970-yil 11-dekabrda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati o‘zbek, oilali, ikki nafar farzandi bor, ma’lumoti oliy. “Original Solutions” MCHJda direktor lavozimida ishlaydi, muqaddam sudlanmagan. Shaxsiga oid savollar bormi?

Sudlanuvchi F.N.: O‘tgan safar mendan sog‘lig‘im bo‘yicha hujjat so‘ragandingiz, olib kelgandim.

Sudya: Sizda qanaqa kasalliklar bor? Marhamat.

Sudlanuvchi F.N.: Yurak xuruji, stenokardiya, arterial bosim, hozir ham davolanishdaman.

Sudya: “Uchyot”da turasiz-a?

Sudlanuvchi F.N.: O‘shani tasdiqlovchi hujjat olib keldim.

Sudya: F.N., bizning ham sizga e’tirozimiz bor. Bugun kech keldingiz, advokatingiz ham kech keldi. Kech kelishingiz sizga nisbatan munosabat bildirishga majbur qiladi. Birinchi marta rasman sud majlisi bayonnomasida ogohlantirib qo‘yaman. Tushunarli-a?

Sudlanuvchi F.N.: Boshqa qaytarilmaydi.

Sudya: O‘tiramiz. Muhtaram jarayon ishtirokchilari, sudlanuvchilarimizning advokatlari [almashgan]. E’tirozlar yo‘qmi, sud majlisini davom ettiraveramizmi?

Sud zalidan: [E’tirozlar] yo‘q.

Advokat Sobirov: Hurmatli rais, iltimosnomamning mazmuni shundan iboratki, o‘zingiz 2023-yil 1-dekabrda qabul qilgan ajrimingizda fuqaro U. Egamov va sudlanuvchi A.A.[lar o‘rtasida] Telegram ilovasi orqali inspeksion tekshiruvga tushgan dorini inspeksion tekshiruvdan olib tashlash bo‘yicha so‘ralgan yozishmalari mavjudligi, shu bilan birga advokat tomonidan bildirilgan murojaat bo‘yicha Temirovning ishga aloqadorligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 22-moddasidagi jinoyat yuz berganligi, aybdor ekanligi, shuningdek, barcha holatlarni aniqlash shartligi uchun prokurorga xabarnoma yuborgansiz.

Prokuror tomonidan qo‘shimcha taqdim etilgan ayblov xulosasida esa Egamovga ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha jinoyat sodir etilganligi, lekin jinoyat “sostav”ida yo‘qligi yoki ularga nisbatan alohida ish ajratilganligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Hurmatli raislik qiluvchi, bu holat esa respublikamizdagi OAVda har xil fikrlar bildirishga sabab bo‘lyapti. O‘zbekiston Respublikasi JPKning 416-moddasida “Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo‘yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko‘rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi”, deyilgan.

Sudya: Nima munosabat bildirishni so‘raysiz? Qaytarishni so‘raysizmi?

Advokat: Yo‘q, shunchaki baho berib ketsangiz bo‘ldi. Qaytarish shart emas.

Sudya: Iltimosnomaning mazmuni nima?

Advokat: Oydinlik kiritish, aniqlik kiritish?

Sudya: Sobirov, bitta narsani tushuning, hozir biz sud tergoviga kelmadik. Sud tergovi davomida bu narsaga hali aniqlik kiritiladi. Ayblov kelgan, unga hali sud baho beradi, sud tergovi jarayonida baho berib ketamiz. Tomonlarda e’tiroz yo‘qmi? O‘sha paytda iltimosnomangiz bo‘lsa, berasiz, muhokama qilamiz. Marhamat, boshqa e’tirozlar bo‘lmasa, ayblov e’lon qilish uchun so‘zni prokurorimizga beramiz.

Prokuror Saidakrom Oqilov: S.R.P. [ayblovi]. Quramax Medical MCHJ 2006-yilda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jamiyatning asosiy faoliyati sifatida farmatsevtika mahsulotlarini ulgurji savdosi belgilangan. 2018-yil S.R.P. Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi va Quramax Medical MCHJning norasmiy rahbari hisoblangan Hindiston Respublikasi fuqarosi Sachin tomonidan Quramax Medical MCHJning direktori lavozimiga tayinlangan.

Unda Sachin S.R.P.ga Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda mazkur dori vositalarini Quramax Medical MCHJ orqali O‘zbekiston Respublikasi hududiga realizatsiya qilish vazifalarini yuklab, dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlaridan foydalanish uchun Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasining muhrini topshirgan.

Shundan so‘ng S.R.P. norasmiy rahbari Sachinning ko‘rsatmalariga asosan Quramax Medical MCHJ ro‘yxatga olish bo‘limi menejeri N.M. yordamida Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, Quramax Medical MCHJ savdo direktori B.Q. yordamida esa O‘zbekiston Respublikasiga ushbu dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanib kelgan.

Jumladan, S.R.P. 2021-yilda oktabr oyining boshlarida norasmiy rahbari Sachinning ko‘rsatmasiga asosan Marion Biotech korxonasining “Dok-1 Maks” sirop dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida Davlat markaziga taqdim qilish uchun korxona nomidan ariza tuzib, arizaga korxona direktori [Tandon] nomidan o‘zining imzosiga o‘xshash imzo qo‘yib, Sachin tomonidan unga topshirilgan korxonaviy muhri tomonidan tasdiqlab, ushbu arizani qalbakilashtirgan.

So‘ng S.R.P. arizani Quramax Medical MCHJ ro‘yxatga olish menejeri Nu.M.ga topshirib, unga “Dok-1 Maks” sirop dori vositasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun Dori vositalari tibbiy buyumlar va tibbiy texnik ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni topshirish haqida ko‘rsatma bergan.

Nu.M. shunda S.R.P. unga taqdim etgan ariza [Tandon] tomonidan imzolan[ma]ganligi, aksincha, ushbu ariza S.R.P. tomonidan [Tandon]ning nomidan imzolanib, Marion Biotech korxonasining muhri bilan tasdiqlab berilganligini yaxshi bilgani holda S.R.P.ning ko‘rsatmasiga asosan “Dok-1 Maks” sirop dori vositasining guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish uchun zarur hujjatlarni Marion Biotech korxonasining muddati o‘tib ketgan GMP sertifikati va ishlab chiqarish litsenziyasi, shu bilan birgalikda belgilangan tartibda arizachining imzosi va muhri bilan tasdiqlanmagan hujjatlardan iborat bo‘lgan doseni Davlat markaziga topshirgan.

O‘z navbatida ariza 2021-yil 26-oktabrda Davlat markaziga kirim qilinib, Davlat markazi direktori Kariyev tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i G. S.ga yo‘naltirilgan. Shundan keyin “Dok-1 Maks” sirop dori vositasiga tegishli bo‘lgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar birlamchi ekspertizasini amalga oshirish ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi J.Sh.ning zimmasiga yuklatilgan.

Biroq bosh mutaxassis J.Sh. o‘z kasbiga nisbatan beparvolik yo insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmasdan “Dok-1 Maks” sirop dori vositasini tegishli bo‘lgan arizaga ilova qilingan hujjatlarning birlamchi ekspertizasini Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarori talablariga binoan o‘tkazmasdan ekspertiza natijasini ijobiy baholab, ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini boshlash uchun Davlat markazi va Marion Biotech korxonasi o‘rtasida shartnoma tuzib, uni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i G. S., vitse boshliq Sh. Sh.larga taqdim qilgan. O‘z navbatida G. S. va Sh. Sh. mansablariga sovuqqonlik bilan qarab, o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib, S.R.P., xususan, Nu.M. tomonidan taqdim etilgan qalbaki arizaga ilova qilingan hujjatlarda qator kamchiliklar mavjudligi, ya’ni Marion Biotech korxonasi GMP sertifikatining ishlab chiqarish litsenziyasi muddati o‘tganligi, yangilangan litsenziya tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumot taqdim etilmaganligi, shu bilan birgalikda hujjatlar arizachining imzosi va muhri bilan tasdiqlanmaganligi, bu esa arizani rad etish uchun yetarli asos bo‘lishiga qaramasdan, “Dok-1 Maks” sirop dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha 2021-yil 26-oktabrdagi 474-sonli shartnomani tuzib, Davlat markazi direktori Kariyevga imzolatib, so‘ngra arizachi vakili Nu.M.ga taqdim qilgan.

Shundan so‘ng, Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. jamiyatning norasmiy rahbari Sachinning topshirig‘iga asosan 2021-yil 26-oktabrdagi shartnomaga korxona direktori [Tandon] nomidan imzo, unga ixtiyorida bo‘lgan Marion Biotech korxonasi muhrini qo‘yib, shartnomani qalbakilashtirib, uning bir nusxasini Nu.M. orqali Davlat markaziga qaytarib, ikkinchi nusxasini Hindiston Respublikasining korxonasiga yuborgan.

Shunda Sachin norasmiy rahbarligidagi Marion Biotech korxonasi tomonidan Davlat markaziga “Dok-1 Maks” dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirgan.

Keyin esa G. S. va Sh. Sh. rahbarligidagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi tomonidan “Dok-1 Maks” sirop dori vositasi bo‘yicha taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat markazining Farmakopeya va Farmakologiya qo‘mitalariga yo‘naltirilgan.

Biroq mazkur dori vositasining hujjatlari va namunalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qaror-talablariga muvofiq laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun o‘rnatilgan tartibda Davlat markazi laboratoriyasiga taqdim etilmagan.

O‘z navbatida Farmakopeya qo‘mitasi raisi No.M. “Dok-1 Makc” dori vositasi bo‘yicha taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar to‘plamini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limida qabul qilib olib, uni ekspertizadan o‘tkazish qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi A.J.ning zimmasiga yuklagan.

Biroq yetakchi mutaxassis A.J. o‘z kasbiga nisbatan beparvolik yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lish tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, “Dok-1 Maks” sirop dori vositasiga tegishli bo‘lgan hujjatlar eskpertizasini Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarorida o‘rnatilgan tartibda o‘tkazmagan.

Ya’ni tegishli laboratoriyadan dori vositasini laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilishi, sinov bayonnomalarining qo‘mitaga taqdim qilinishi talab qilmagan. Hujjatlarning ma’muriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini laboratoriya sinovlari bayonnomalarida o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazmagan.

Milliy va xalqaro standartlar talabi bilan muvofiqlashtirish maqsadida arizachidan normativ hujjatlarga muqobil usullar va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar, normalar va sinov usullarini kiritishni talab qilmay, qo‘mita prezidiumida mazkur dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha ijobiy tavsiya bergan.

Farmakopeya qo‘mitasi raisi No.M. ham o‘z mansabiga sovuqqonlik bilan qarab, o‘ziga yuklatilgan vazifalarga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib, “Dok-1 Maks” siropi dori vositasi hujjatlari mustaqil ekspertlar jalb etilgan holda ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlamasdan ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi, Davlat markazi laboratoriyasida hech qanday tahlillar o‘tkazilmaganligi va bu rad etish uchun asos bo‘lishiga qaramasdan dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha 2022-yil 25-martda Farmakopeya qo‘mitasi prezidiumida asossiz ravishda ijobiy qaror qabul qilib, ushbu qaror asosida “Dok-1 Maks” dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha ekspertlar kengashiga tavsiya bergan.

Bundan tashqari, Farmakologiya qo‘mitasi raisi S.S. “Dok-1 Maks” dori vositasi bo‘yicha taqdim qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar to‘plamini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limidan qabul qilib olib, uni ekspertizadan o‘tkazish qo‘mita yetakchi mutaxassisi G. X.ning zimmasiga yuklagan.

Biroq yetakchi mutaxassis G. X. o‘z kasbiga nisbatan beparvolik va insofsizlik bilan munosabatda bo‘lish tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmasdan “Dok-1 Maks” sirop dori vositasi tegishli bo‘lgan hujjatlar ekspertizasini Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarorida o‘rnatilgan tartibda o‘tkazmagan.

Ya’ni, u dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish hujjatlarning ma’muriy, farmokologik, toksikologik va klinik qismlari, jumladan, dori vositalariga tegishli bo‘lgan hujjatlarda klinikoldi va klinik tadqiqotlar hisobotlari mavjud bo‘lmasa-da, jiddiy kamchiliklarga ega bo‘lgan mazkur hujjatlar bo‘yicha dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish bo‘yicha tavsiya berish o‘rniga “Dok-1 Maks” sirop dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha Farmokologiya qo‘mitasi prezidiumida ijobiy tavsiya bergan.

Shunda Farmakologiya qo‘mitasi raisi S.S. mansabiga sovuqqonlik bilan qarab, o‘ziga yuklatilgan vazifalarga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlamasdan hujjatlarni klinikoldi va klinik tadqiqotlar mavjud bo‘lmasa-da, Farmakologiya qo‘mitasining 2022-yil 28-martdagi prezidiumida ijobiy xulosa bilan asossiz ravishda qaror qabul qilib, ushbu qaror asosida “Dok-1 Maks” dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha ekspert kengashiga ijobiy tavsiya bergan.

Shundan so‘ng Davlat markazi rahbari Kariyev O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 104-sonli buyrug‘i talablariga muvofiq ekspertlar kengashi majlislariga, xususan, “Dok-1 Maks” dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish majlisiga raislik qilishi lozim bo‘lgan bo‘lsa-da, mansab vakolatini suiiste’mol qilib, kengash kotibi Temirovga majlis uning ishtirokisiz o‘tkazilishiga ko‘rsatma berib, natijasi bo‘yicha tuzilgan kengash bayonnomasini keyin imzolab berishini ma’lum qilgan.

Shunda 2022-yil 29-martda Kariyevning ishtirokisiz belgilangan tartibga zid ravishda ekspertlar kengashining 6-sonli majlisi o‘tkazilib, unda boshqa dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar qatorida Marion Biotech korxonasining “Dok-1 Maks” sirop dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish masalasi muhokama qilingan.

Shundan keyin 2022-yil 29-martda raislik qiluvchi Kariyevning ishtirokisiz belgilangan tartibga zid ravishda o‘tkazilgan ekspertlar kengashining 6-sonli majlisida “Dok-1 Maks” dori vositasining ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha bir ovozda ijobiy qaror qabul qilingan.

Shunda Kariyev 2022-yil 29-martda ekspertlar kengashining 6-sonli majlisida shaxsan ishtirok etmagan bo‘lsa-da, kengash majlisi natijasi bo‘yicha tuzilgan bayonnomani imzolagan. Buning oqibatida hujjatlar talab darajasida to‘liq bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi zavod tekshiruvidan o‘tkazilgan va faoliyat uchun berilgan litsenziya muddati o‘tib ketgan.

Dori vositalari klinikoldi va klinik tadqiqotlar haqidagi hisobotlarda doriga nisbatan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatilmay hisobotga faqatgina umumiy-nazariy ma’lumotlar kiritilgan.

Taqdim etilgan hujjatlar notarial tartibda tasdiqlanmaganligi bois ulardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga shubha bo‘lgan. Ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan dori tarkibidagi yordamchi modda propilenglikol xomashyosi tekshirilmagan hujjatlar asosida Marion Biotech korxonasining “Dok-1 Maks” dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha 2022-yil 29-martda 650217 raqamli guvohnomani rasmiylashtirish va bu bilan inson salomatligi uchun xavfsizlik va samaradorligi shubha ostida bo‘lgan dori vositasini iste’molga chiqarilishiga yo‘l qo‘ygan.

Shundan so‘ng No.M. tomonidan normativ hujjatlari [baholanmagan] hamda dori vositalarining namunalarini normativ hujjatlarga muvofiqligi aniqlash bo‘yicha laboratoriya sinovlari o‘tkazilmagan “Dok-1 Maks” dori vositasi uchun yangi me’yoriy hujjat tasdiqlab berilgan.

Bundan tashqari Farmakologiya qo‘mitasi raisi S.S. tomonidan “Dok-1 Maks” dori vositasi tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnoma tasdiqlab berilgan. Shu tariqa 2022-yil aprel dekabr oylari oralig‘ida S.R.P. va B.Q. rahbarligidagi Quramax Medical MCHJ tomonidan 2020-yil 29-martdagi guvohnomasi asosida tarkibida inson hayoti uchun xavfli hisoblangan etilenglikol yot moddasi mavjud bo‘lgan bir qancha “Dok-1 Maks” vositalari 2020-yil 2-iyun deb O‘zbekiston Respublikasiga import qilinib, iste’molga chiqarilgan.

Bundan tashqari S.R.P. 2020-yil oktabr oylari boshlarida “Marion Biotech” korxonasi va Quramax Medical MCHJning norasmiy rahbari Sachinning ko‘rsatmasiga asosan korxonaning “Kuraraks 200”, “Kuraraks 400” dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maqsadida Davlat markaziga taqdim qilish uchun Marion Biotech korxonasi nomidan ariza tuzib, arizaga korxona direktori [Tandon] nomidan uning imzosiga o‘xshash imzo qo‘yib, Sachin tomonidan unga topshirilgan korxonaning muhri bilan tasdiqlab, hujjatni qalbakilashtirgan.

So‘ng S.R.P. ushbu arizani Quramax Medical MCHJ ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri Nu.M.ga topshirib, unga “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Davlat markaziga ariza va unga ilova qilingan hujjatlar topshirish haqida ko‘rsatma bergan. Shunda Nu.M. S.R.P.ning ko‘rsatmasiga asosan “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni to‘plab, 2021-yil 24-avgustda qalbaki ariza va to‘plangan hujjatlarni Davlat markaziga topshirgan.

Mazkur ariza 2021-yil 30-avgust Davlat markaziga kirim qilinib, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini boshlash uchun shu kuni Davlat markazi va korxona tomonidan, 455-sonli shartnoma rasmiylashtirib berilgan.

Mazkur shartnoma ham korxona rahbari [Tandon]ning nomidan Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P., uning imzosiga o‘xshash imzo va o‘zida mavjud bo‘lgan korxonaning muhrini qo‘yib bergandan keyin Sachinning norasmiy rahbarligidagi “Marion Biotech” korxonasi 2021-yildagi 455-sonli shartnomada ko‘rsatilgan pul mablag‘alarini Davlat markaziga o‘tkazib bergan.

So‘ngra Davlat markazi ekspertlar kengashining 2020-yil 25-maydagi 10-sonli majlisi ham Kariyevning topshirig‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 104-sonli buyrug‘i talablariga zid ravishda raislik qiluvchi Kariyevning ishtirokisiz o‘tkazilgan bo‘lib, unda Marion Biotech korxonasining “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositasi ishlab chiqarish sharoitlari shubha ostiga olingan.

Shu sababli kengash a’zolari tomonini Marion Biotech korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi, dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi esa tekshiruv natijasiga ko‘ra hal qilinishi haqida qaror qabul qilinib, bu haqda ikki nusxada tuzilgan kengash bayonnomasida tegishli qaydlar kiritilib, keyinchalik Kariyev tomonidan kengash raisi sifatida bayonnomalar imzolanib, tasdiqlanib berilgan.

Shundan so‘ng 2022-yil 26-mayda Davlat markazi tomonidan Zarur amaliyotlar markazi DUKka Marion Biotech korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi haqida yozma topshiriq, korxonaning o‘ziga esa bu haqda yozma xabarnoma yuborilgan.

Keyin esa 2022-yil iyul oyining boshlarida Marion Biotech korxonasida inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi belgilanganligi haqida xabar topgan korxonaning norasmiy rahbari Sachin MCHJ direktori S.R.P. va jamiyatning savdo direktori B.Q. bilan til biriktirib, korxonaning ishlab chiqarish sharoitlari belgilangan talablarga javob bermasligi, tekshiruv o‘tkazilgan taqdirda mazkur kamchiliklar yuzaga chiqib, korxonaning boshqa dori vositalari ham O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi taqiqlanib, ularni import to‘xtatilishi mumkinligini anglagan holda buning oldini olish maqsadida Davlat markazi mas’ullari orasida inspeksion tekshiruvni bekor qilish imkoni bo‘lgan xodimni topib, aynan ushbu xodim yordamida pora evaziga korxonada tayinlangan tekshiruvni bekor qilish masalasini ijobiy hal qilishni kelishib olgan.

Shundan keyin S.R.P. MCHJ ro‘yxatdan olish bo‘yicha menejeri Nu.M. Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlaganligi, Davlat markazining aksariyat xodimlari mazkur oliygoh bitiruvchilari ekanligini bilgan holda Nu.M.ga Davlat markazi xodimlari orasida biror bir tanish topish, yordam berishni so‘ragan.

Shunda Nu.M. S.R.P.ning iltimosiga ko‘ra unga Davlat markazining ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limida bosh mutaxassis lavozimida ishlovchi kursdoshi J.E.ning telefon raqamini bergan. Keyin esa S.R.P. jinoiy sheriklari Sachin va B.Q. bilan tuzilgan jinoiy rejasini amalga oshirish maqsadida J.E. bilan avvaliga telefon orqali bog‘lanib, keyinroq u bilan Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi yaqinida joylashgan “B&B” kafesida ko‘rishgan.

Suhbat davomida S.R.P. korxonaning “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositasi muhokama qilingan ekspertlar kengashida mazkur korxona inspeksion tekshiruvga tushirilib, dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi to‘xtatilganligini ma’lum qilib, undan korxonada tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda amaliy yordam so‘rab, buning uchun moddiy manfaat ma’lum qilgan.

Shunda J.E. S.R.P.ning taklifini rahbarlariga yetkazib, tez kunlarda ularning ijobiy javobini ma’lum qilishini bildirgan. Shundan so‘ng J.E. S.R.P.ning taklifini Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sh.ga yetkazgan.

O‘z navbatida Sh. Sh. J.E.ga “Marion Biotech” korxonasiga tayinlagan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda yordam berishi mumkinligini, ushbu xizmati 45 ming AQSh dollari bo‘lishini ma’lum qilib, buni S.R.P.ga yetkazib qo‘yishini ma’lum qilingan.

Keyin esa J.E. S.R.P. bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali bog‘lanib, unga “Marion Biotech” korxonasida tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda yordam berishini, ushbu masalani hal qilish 45 ming AQSh dollari bo‘lishini ma’lum qilgan.

Shunda S.R.P. bu borada korxona norasmiy rahbari Sachin bilan maslahatlashib, Sachinning ko‘rsatmasiga ko‘ra, J.E.ga 45 ming AQSh dollari ko‘p ekanligini, ular faqatgina 33 ming AQSh dollarini bera olishlarini bildirgan.

O‘z navbatida J.E. bu haqda yana bir marotaba Sh. Sh. bilan gaplashib, Marion Biotech korxonasiga tayinlagan inspeksion tekshiruvni bekor qilish masalasini 33 ming AQSh dollari pul mablag‘lari evaziga ijobiy hal qilish haqida Sh. Sh.ning roziligini olib, bu haqda S.R.P.ga ma’lum qilgan.

Shundan keyin S.R.P. ushbu kelishuvni jamiyatning savdo direktori B.Q.ga ma’lum qilib, undan Sachin tomonidan yuborilgan naqd pul mablag‘lari hisobidan 33 ming AQSh dollarini olib, B.Q.ning o‘zi bilan birgalikda J.E. bilan uchrashib, uchrashish uchun “Oybek” metro bekati yaqinidagi “MyMarket” nomli do‘kon oldiga borgan.

Mazkur uchrashuv jarayonida S.R.P. va B.Q.lar J.E.ga kelishilgan 33 ming AQSh dollari miqdoridagi pora pullarini berib, undan imkon qadar qisqa muddatlarda Marion Biotech korxonasida tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilishda yordam ko‘rsatishini so‘ragan.

Shunda J.E. ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sh.ga ijtimoiy tarmoqlari orqali S.R.P.dan kelishilgan 33 ming AQSh dollarini olganligini ma’lum qilganida shu kunning o‘zida ko‘p o‘tmay Sh. Sh. o‘zining boshqaruvidagi oq rangdagi Jentra rusumli avtomashinasida Mirobod tumani Afrosiyob ko‘chasi 15-uyga kelib, J.E.dan 33 ming AQSh dollarini o‘zi bilan olib ketgan.

Shu orada, ya’ni 2022-yil iyun oyining o‘rtalarida Davlat markazi direktori Kariyev o‘zining birinchi o‘rinbosari A.A.ga ekspertlar kengashining 25-may 2022-yilgi 10-sonli majlisida Marion Biotech korxonasiga tayinlangan inspeksion tekshiruvni bekor qilib, uni kengash majlisi bayonnomasidan olib tashlab, korxonaning “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

O‘z navbatida A.A. ekspertlar kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar kiritishda Davlat markazi direktori Kariyevning vakolati yo‘qligini bilgan holda uning noqonuniy topshirig‘ini Davlat markazi direktorining o‘rinbosari No.M.ga yetkazib, u bilan birgalikda kengash kotibi Temirovga Davlat markazi ekspertlar kengashining 10-sonli majlisi bayonnomasiga kiritilgan Marion Biotech korxonasining inspeksion tekshiruvdan o‘tkazilishi belgilanganligi haqidagi qaydlarini olib tashlashiga ko‘rsatma berib, mazkur topshiriq Davlat markaziga direktori Kariyev tomonidan berilganligini ma’lum qilgan.

Shunda kengash kotibi Temirov A.A. hamda N.M.lar tomonidan berilgan noqonuniy topshiriqni bajarishdan bosh tortib, kengash bayonnomasi Kariyev tomonidan imzolanib tasdiqlab berilganligini ma’lum qilib, Marion Biotech korxonasida o‘tkazilishi belgilangan inspeksion tekshiruv haqidagi qaydlarni olib tashlash bo‘yicha rad javobini bergan.

Shundan so‘ng Temirov A.A. hamda N.M.larning ushbu noqonuniy topshiriqlari Kariyev tomonidan berilganligi masalasiga oydinlik kiritish maqsadida Zarur amaliyotlar markazi direktori Do‘smatov bilan birgalikda Kariyevning Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligidagi xizmat xonasiga borgan.

Mazkur jarayonda Temirov va Do‘smatovlar korxonada inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi haqida kengash a’zolari tomonidan bir ovozdan qaror qabul qilinganligi, kengash bayonnomasi esa Kariyevning o‘zi tomonidan tasdiqlanib berilganligini ma’lum qilishib, korxonada o‘tkazilishi belgilangan inspeksion tekshiruvni bekor qilish mumkin emasligini bildirishgan.

Biroq Kariyev mansab vakolatini suiicte’mol qilib, garchand kengash a’zolari tomonidan qabul qilingan qarorlarni o‘zgartirishga, jumladan, tayinlangan inspeksion tekshiruvlarni bekor qilishga vakolati bo‘lmasa-da, Temirovga ekspertlar kengashining 2022-yil 25-maydagi 10-sonli majlis bayonnomasida Marion Biotech korxonasida o‘tkazilishi belgilangan inspeksion tekshiruvni olib tashlashiga qat’iyan topshiriq bergan.

Shundan keyin chorasiz qolgan ekspertlar kengashi kotibi Temirov ekspertlar kengashining 10-sonli majlisi bayonnomasining bir nusxasini inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi belgilangan 12 ta korxonalar ro‘yxatidan Marion Biotech korxonasini kengash a’zolarining xabardorligisiz olib tashlab, shu tariqa bayonnomani qalbakilashtirgan.

Biroq Temirov bayonnomaning ikkinchi nusxasini o‘zgarishsiz qoldirib, uni o‘zida saqlab kelgan. Shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sh. mazkur bo‘lim mutaxassisi J.E.ning vositachiligidagi Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. va jamiyatning savdo direktori B.Q.lar bilan kelishgandek Marion Biotech korxonasiga tayinlangan inspeksion tekshiruv olib tashlangandan so‘ng 2022-yil iyun oyi o‘rtalarida ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Saidjonovga mazkur korxonaning “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berishi bo‘yicha ikki oyga orqa sana, ya’ni 2020-yil 25-maygi sana bilan guvohnomani rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Biroq Saidjonov Sh. Sh.ga korxonaning ushbu dori vositasini orqa sana bilan ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini rasmiylashtirish imkoni yo‘qligini bildirganida Sh. Sh. unga bosim o‘tkazib, nima bo‘lganda ham ushbu korxonaga 2022-yil 25-may sanasi bilan guvohnomani rasmiylashtirib berishni talab qilgan.

Shundan keyin Saidjonov bevosita rahbari hisoblangan Sh. Sh.ning noqonuniy topshirig‘i asosida korxonaning “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositasini 2022-yil 25-maygi sana bilan guvohnomani rasmiylashtirib berib, ushbu guvohnomaning tartib raqami ostida belgilangan tartibga zid ravishda davlat reyestriga kiritgan.

O‘z navbatida mazkur guvohnoma Davlat markazi direktori Kariyev tomonidan imzolanib, kelgusida Marion Biotech korxonasi vakili hisoblangan Nu.M.ga taqdim etilgan.

Shu orada 2022-yil iyul oyida N.M. tomonidan aslida inspeksion tekshiruvga tushirilib, biroq Kariyevning topshirig‘i asosida tekshiruvdan olib tashlangan “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositalari uchun ikki oy (prokuror oy va yil so‘zlarini adashtirgan bo‘lishi mumkin — tahr.) orqa sana, ya’ni 2020-yil 25-may sanasi bilan yangi me’yoriy hujjat tasdiqlab berilgan.

Bundan tashqari, Farmokologiya qo‘mitasi raisi S.S. tomonidan ham korxonaning “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” dori vositalarini tibbiyot qo‘llanilishi bo‘yicha yo‘riqnomasi belgilangan tartibga zid ravishda ikki oyga orqa sana (prokuror oy va yil so‘zlarini adashtirgan bo‘lishi mumkin — tahr.), ya’ni 25-may [2020-yilgi] bilan tasdiqlab berilgan.

Shundan so‘ng Quramax Medical MCHJ rahbari S.R.P. va savdo direktori B.Q. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositasi, shu jumladan, “Dok-1 Maks” dori vositasi sifati belgilangan talablarga javob bermasligini bilsalar-da, mazkur dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirib, uni ulgurji realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishni davom ettirgan.

Shu bilan birgalikda, aniqlanishicha, Marion Biotech korxonasi norasmiy rahbari Sachinning topshirig‘i asosida Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. hamda ushbu jamiyatning ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri Nu.M. tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Marion Biotech korxonasining “Dok-1 Maks” siropi va “Kuraraks 200”, “Kuraraks 400” dori vositalaridan tashqari Kariyevning rahbarligidagi Davlat markazi tomonidan 2022-yilda mazkur korxonaning yana 9 ta dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddati uzaytirib berilib, bitta dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Shunda Marion Biotech dori vositalari ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat markaziga topshirilgan hujjatlarni haqqoniyligi, ular amaldagi me’yoriy hujjatlarga mos ravishda qabul qilinganligini o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent farmatsevtika instituti, Vaksina va zardoblar ilmiy tekshirish instituti hamda Davlat markazi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzildi.

Mazkur ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijasida 2022-yilda Marion Biotech korxonasi tomonidan Quramax Medical MCHJ Davlat markaziga topshirilgan 12 turdagi, jumladan, “Dok-1 Maks”, “Kuraraks 200−400”, “Anasepgel”, “Nol Gripp +”, “Briflora”, “Kuraraks Orni”, “Sinepar kid”, “Evarex”, “Nollgrip Junior”, “Travamaks +”, “Ambronol” dori vositalarida quyidagi qo‘pol kamchiliklar, xususan, hujjatlarning talab darajasida to‘liq to‘planmaganligi, ishlab chiqaruvchi zavod tekshiruvida o‘tkazilgan va faoliyati uchun berilgan litsenziya muddati o‘tib ketganligi, dorilarning klinikoldi tadqiqotlari haqidagi hisobotlarda doriga nisbatan o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatilmay, hisobotlarga faqatgina umumiy-nazariy ma’lumotlar kiritilganligi, ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan dori tarkibidagi yodamchi modda propilenglikol xomashyosi tekshirilmaganligi aniqlangan.

Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qaroriga muvofiq aniqlangan yuqoridagi har bir kamchiliklar Davlat markazi va arizachi Marion Biotech korxonasi o‘rtasida shartnoma tuzishni rad etishga, hujjatlarni esa arizachiga qaytarishga asos bo‘lgan.

Shunga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi tomonidan birlamchi ekspertiza davomida jiddiy xato va kamchiliklarga ega bo‘lgan mazkur hujjatlar bo‘yicha dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshlashning rad etilishi zarur bo‘lgan.

Biroq Kariyevning rahbarligidagi Davlat markazi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi mas’ullari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 2016-yildagi 399-sonli qonuni, Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarori hamda Sog‘liqni saqlash vazirining 109-sonli buyrug‘i talablariga zid ravishda yuqoridagi dori vositalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar qabul qilinib, guvohnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan.

Shunda Kariyevning raisligida ekspertlar kengashi majlis zalida 23 nafar mutaxassislardan iborat a’zolar ishtirok etib, har bir dori vositasini sinchkovlik bilan muhokama qilishlari lozim bo‘lsa-da, ekspertlar kengashi majlislarida Kariyev shaxsan ishtirok etmaganligi, kengash faoliyatini nazorat qilmagani natijasida kengashlar yuzaki ravishda o‘tkazilganligi sababli Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qaroriga zid ravishda hujjatlarida jiddiy kamchiliklari bo‘lgan korxonaning 10 ta dori vositasi ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddati uzaytirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilgan.

Shunday qilib, Marion Biotech korxonasi va Quramax Medical norasmiy rahbari Sachinning yo‘riqlari asosida jamiyat direktori S.R.P., savdo direktori B.Q. hamda jamiyatning ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri Nu.M. o‘zlari tomonidan Davlat markaziga topshirilgan yuqoridagi dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasi amal qilish muddatini uzaytirish va ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq hujjatlarni qalbakilashtirganligi, amal qilish muddati o‘tganligi, ishonchsiz, noto‘liq va notarial tasdiqlanmaganligini yaxshi bilgan bo‘lsalar-da, biroq ular har qanday holatda ham Marion Biotech korxonasi ushbu dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida muvaffaqiyatli ro‘yxatdan o‘tkazib, ularni realizatsiya qilib, daromad ko‘rganligi oqibatida tarkibida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli hisoblangan dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomalarini amal qilish muddatining uzaytirilishga va kelgusida iste’molga chiqarilishiga erishganlar.

Shu bilan birgalikda Davlat markazi direktori Kariyevning ham Marion Biotech korxonasida 2022-yil ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomalari amal qilish muddatini uzaytirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi muhokama qilingan ekspertlar kengashi majlislarida bevosita ishtirok etib, uni nazorat qilib, hujjatlarda jiddiy kamchiliklar mavjud bo‘lgan mazkur korxonaning dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish hamda ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etib, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan dori vositalari O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelib iste’molga chiqarishning oldini olish borasida 12 marotaba imkoni mavjud bo‘lgan bo‘lsa-da, biroq u bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, mansab-mavqeyini suiiste’mol qilish yo‘li bilan sifatsiz va qalbakilashtirilgan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasiga o‘tkazish maqsadida Davlat markazi faoliyatini nazorat qilmay, ekspertlar kengashi raisi sifatida bevosita ishtirok etmay, aksincha, kengash majlislari o‘tib bo‘lgandan keyin shunchaki bayonnomalarni imzolab, tasdiqlab berganligi, bundan tashqari Kariyev o‘zining birinchi o‘rinbosari A.A., o‘rinbosari N.M. va ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i Sh. Sh. bilan oldindan til biriktirib, mansab-mavqeini suiiste’mol qilib, 2022-yil 25-maydagi 10-sonli ekspertlar kengashida ishlab chiqarish sharoitlari shubha ostiga olinib, inspeksion tekshiruv o‘tkazilishi belgilangan 12 ta korxona ro‘yxatidan Marion Biotech korxonasi qasddan olib tashlanganligi natijasida mazkur korxona tomonidan ishlab chiqarilgan tarkibida inson hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli hisoblangan etilenglikol va dietilenglikol yot moddalari mavjud bo‘lgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” sirop dori vositalari Quramax Medical MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga import qilinib, iste’molga chiqarilishiga yo‘l qo‘ygan.

Natijada 2023-yil cyentabr va 2023-yil dekabr oyi oralig‘ida[gi] davr mobaynida tarkibida inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan etilenglikol va dietilenglikol yot moddalari mavjud bo‘lgan Hindistonning Marion Biotech korxonasi ishlab chiqargan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalarining nojo‘ya ta’siri oqibatida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan kasalxonaga murojaat qilgan 16 nafar bemor bolalar hayoti uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari olishgan.

Shuningdek, ikki nafar bemor bolalar hayoti uchun xavfli bo‘lmagan, sog‘lig‘ining qisqa vaqtda buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati olishgan. Bundan tashqari ko‘rsatilgan davr tarkibidan inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan etilenglikol va dietilenglikol yot moddalari mavjud bo‘lgan “Dok-1 Maks” va “Ambronol” siropi vositalari zaharlanishi oqibatida o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan kasalxonaga murojaat qilgan 68 nafar bola vafot etganlar. Shunday qilib, (advokatlar prokurorning nutqini bo‘ladi — tahr.).

Advokatlar sudga “Hammamizning qo‘limizda ayblov xulosasi bor-ku, ikkita yangilarning ayblovini o‘qib bersinlar”, deb e’tiroz bildirdi. Prokuror yangi ikki sudlanuvchining ishini o‘qishni boshladi.

F.T. sobiq dori vositalari tibbiy buyumlar, tibbiy-texnika ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi Farmokologiya qo‘mitasi bosh lavozimida ishlab kelib, davlat organi xizmatchisi bo‘la turib, takroran pora olish, bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, muayyan huquq beradigan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va ushbu hujjatlar qalbaki ekanligini bila turib, ulardan foydalanish bilan shug‘ullanib kelgan.

Jumladan, aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2018-yildagi 343-sonli buyrug‘ining 41-bandi, birinchi xatboshisiga ko‘ra dori vositasi ishlab chiqaruvchi davlatdan tashqari kamida yana bir davlatdan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, ushbu dori vositasi klinik tadqiqotlarsiz, klinikoldi tadqiqotlari materiallari va ularning ekspertizasi asosida qayd etishga tavsiya etish uchun me’zon bo‘lishi belgilangan.

Biroq Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. davlat organi xizmatchisi hisoblangan Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi F.T. bilan oldindan til biriktirib, uning imkoniyatlari orqali o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda pora evaziga unga Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks 200” va “Tarireks 400” dori vositalari[ni] klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu dori vositalari go‘yoki Hindiston Respublikasidan tashqari Tojikiston Respublikasida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi haqidagi soxta guvohnoma tayyorlashni rejalashtirgan.

Shunda Davlat markazi Farmakologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi F.T. qayd etilgan buyruqdan o‘zining g‘araz maqsadlarida foydalanib, 2022-yil taxminan aprel oyida Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. bilan oldindan til biriktirib, moddiy manfaat evaziga Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks 200” va “Tarireks 400” dori vositalari[ni] klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu dori vosita[larini] go‘yoki Hindiston Respublikasidan tashqari Tojikiston Respublikasida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi haqidagi soxta guvohnomani tayyorlab berishga kelishgan.

O‘z navbatida F.T. avvaldan puxta tuzilgan jinoiy rejaga asosan Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Terireks 200” va “Tarireks 400”, keyinroq nomi “Kuraraks 200” va “Kuraraks 400” ga o‘zgargan dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu dori vositalarini go‘yoki Hindiston Respublikasidan tashqarida Tojikiston Respublikasida ham davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi soxta guvohnomani tayyorlab berish uchun o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarini O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi konsalting xizmati F.N.ga murojaat qilgan.

Shunda F.N. kelgusida o‘zi tomonida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilish uchun Davlat markaziga topshirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarining yig‘ma jildlari, xususan, dori vositasining qo‘llashga doir yo‘riqnomalari Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, shu tariqa dori vositalari ekspertlar kengashiga ijobiy xulosa bilan chiqarish uchun F.T.ning qayd etilgan iltimosnomasiga rozilik bildirgan.

So‘ngra F.N. o‘zi rahbarlik qilib kelgan “Origin Solutions” MCHJning Toshkent shahar, Mirobod tumani, Nukus ko‘chasidagi 5/1 uy manzilida joylashgan ofisida foydalangan kompyuter vositasida Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks 200” va “Tarireks 400” dori vositalarini go‘yoki Tojikiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik haqidagi 2021-yil 10-dekabrdagi seriya raqami 11544 bo‘lgan soxta ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini tayyorlab, ushbu guvohnomani go‘yoki notarial tartibda tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi maxsus [Notari goft India] yozuvli qizil rangli stikerni yelimlab, ushbu qalbakilashtirilgan guvohnomani F.T.ga taqdim etgan.

O‘z navbatida F.T. mazkur guvohnomani qo‘lga kiritib, uni S.R.P.ga yetkazib bergan. Shunda S.R.P. F.T.ning mazkur xizmatlari uchun pora tariqasida bir ming bir yuz AQSh dollarini bergan. Shu tariqa S.R.P. ushbu qalbakilashtirilgan guvohnomani “Quramax” MCHJ ro‘yxatdan olish bo‘yicha menejeri Nu.M. orqali “Tarireks 200” va “Tarireks 400” dori vositalarining yig‘ma hujjatlariga qo‘shimcha qilib, Davlat markaziga topshirib, aynan mazkur qalbaki guvohnoma asosida qayd etilgan dori vosita[larini] klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinligi haqidagi Farmakologiya qo‘mitasining ijobiy qarori qabul qilinishiga erishgan.

Shunday qilib F.T hamda F.N. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi 3-qismi bilan ayblanishgan. Shuningdek, F.T. o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2022-yil taxminan iyun iyul oyida S.R.P. bilan takroran til biriktirib Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks Orni” (keyingi nomi “Kuraraks Orni”) dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu dori vositasi go‘yoki Hindiston Respublikasidan tashqari Tojikiston Respublikasida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi soxta guvohnomani tayyorlashni rejalashtirilgan.

Shunda 2022-yil taxminan iyun iyul oyida Quramax Medical MCHJ direktori S.R.P. pora evaziga Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks Orni” dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu dori vositasi go‘yoki Hindiston Respublikasidan boshqa bir davlatda ham ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqidagi soxta guvohnomani tayyorlab berish uchun yana bir bor F.T.ga murojaat qilgan.

Kelishuvga ko‘ra, F.T. S.R.P.ga qayd etilgan dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berish uchun ushbu dori vositasi go‘yoki Tojikiston Respublikasi davlat ro‘yxatida o‘tkazganligi haqidagi soxta guvohnomani tayyorlab berishi S.R.P. esa F.T.ga buning evaziga bir ming bir yuz dollar miqdordagi pul mablag‘larini berishi lozim bo‘lgan.

So‘ngra F.T. Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks Orni” dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu dori vositasi go‘yoki Hindiston Respublikasidan tashqari Tojikiston Respublikasida ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida soxta guvohnomani tayyorlab berish uchun avvalgi singari jinoiy sherigi F.N.ga murojaat qilgan.

Shunda F.N. o‘zi tomonidan kelgusida davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilishi uchun Davlat markaziga topshirilgan xorijda ishlab chiqarilgan dori vositalarining yig‘ma hujjatlari, xususan, dori vositalarini qo‘llashga doir yo‘riqonmalari, Farmokologiya qo‘mitasi tomonidan ma’qullanib, shu tariqa dori vositalari ekspertlar kengashiga ijobiy xulosa bilan chiqarish uchun F.T.ning qayd etilgan iltimosiga rozilik bildirgan.

Shundan keyin F.N. o‘zining “Origin Solutions” MCHJning Toshkent shahar Mirobod tuman Nukus ko‘chasida joylashgan ofisida foydalanuvidagi kompyuter vositasida Hindiston Respublikasining Marion Biotech korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tarireks Orni” dori vositasini go‘yoki Tojikiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazganligi haqidagi 2021-yil 10-dekabrdagi 2815 sonli soxta ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomasini tayyorlab, ushbu guvohnoma go‘yoki notarial tartibda tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi maxsus yozuvli qiziq rangli stikerni yelimlab, ushbu qalbakilashtirilgan guvohnomani F.T.ga taqdim etgan.

O‘z navbatida F.T. mazkur guvohnomani qo‘lga kiritib, uni S.R.P.ga yetkazib, evaziga undan ko‘rsatgan xizmatlari uchun avvaldan kelishilgan bir ming bir yuz AQSh dollarini olgan. Shu tariqa S.R.P. ushbu qalbakilashtirilgan guvohnomani Quramax Medical MCHJ ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri Nu.M. orqali “Tarireks Orni” dori vositasining yig‘ma jildi hujjatlariga qo‘shimcha qilib, Davlat markaziga topshirib, aynan mazkur qalbaki guvohnoma asosida qayd etilgan dori vositasini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkinligi haqidagi Farmokologiya qo‘mitasining ijobiy qarori qabul qilinishiga erishgan.

Shunday qilib, F.T. o‘zining sodir etgan jinoyatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, F.N. o‘zining sodir etgan jinoyatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topilgan.

Shundan so‘ng sudya barcha sudlanuvchilarga “Ayblov tushunarlimi, iqrormisiz?” savoli bilan yuzlandi. Barcha sudlanuvchilar ayblov tushunarliligini bildirdi, sudlanuvchilar — Sardor Kariyev, F.F., Sh. A., N.Sh., G. B., G. X., A.J., J.Sh., S.S., Sh. Sh., N.M., A.A., E.M., Nu.M., B.Q.lar aybiga umuman iqror emasliklarini, S.R.P., F.T., I.M., Sh. X., M.H., G. S.lar esa qisman iqrorligini, F.N. esa to‘liq iqrorligini aytdi.

Sudya: Marhamat, muhtaram jarayon ishtirokchilari, dalillarni tekshirish navbati bo‘yicha takliflar. Marhamat, prokuror, advokatlarimizdan fikrlar.

Advokatlar va prokuror jinoyat ishini olib borish tartibi bo‘yicha fikrlarini bildirib o‘tdi.

Sudya: Sud o‘z o‘rnida ajrim qiladi. Tomonlarning fikrini tinglab, dastlab jinoyat ishi yuzasidan sudlanuvchilarni, so‘ng vaziyatga qarab, jabrlanuvchi, guvoh va mutaxassislarning sudda so‘ralishini, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib, jinoyat ishida to‘plangan dalillarni tekshirib, ish bo‘yicha qaror qabul qilishni lozim deb topdi. Tushunarli-a? Unda ish bo‘yicha sudlanuvchilardan boshlasak. Marhamat, mister S.R.P.

(Sudlanuvchi ko‘rsatmasini rus tilida berdi va savol-javoblar ham rus tilida bo‘ldi. Tarjimasini keltirilmoqda — tahr.)

Sudlanuvchi S.R.P: Avvalo shuni aytmoqchimanki, sodir bo‘lgan fojia — bolalarning o‘limi haqida 2022-yil 17-dekabridan keyin bildim. Bu hodisa Samarqandda bo‘ldi. Shundan so‘ng bizni 20-dekabrda Farmagentlikka chaqirishdi va “Dok-1 Maks” siropi haqida muhokama bo‘ldi. U yerda, ehtimol, bolalar o‘limida mening ishtirokim bo‘lishi mumkinligi aytib o‘tildi. Shundan keyin biz hayratda qoldik, chunki biz hech narsani tushunmadik, bu haqida bilmasdik. 22-dekabr kuni, yana gaplashganimizda, men boshqa mahsulotlarni sotmaslik va imkon qadar barcha dorixonalardagi tovarlarni qaytarib berish haqida buyruq va bayonnomaga imzo chekdim.

Bunda bizga davlat idoralari va Farmatsevtika qo‘mitasi vakillari ham yordam berishdi va ular barcha tovarlarni musodara qilishda yordam berishdi. [Lekin] men hayratda qoldim, chunki bu haqda hech kim bilmas edi, u yerda nima bo‘ldi, nima uchun bunday bo‘ldi — hammasi noaniq edi. Men hozir aniq sanasini ayta olmayman-u, 24 yoki 23-dekabrdamidi, biz Hindiston bilan suhbatlashgan edik.

Ular oldin o‘zlarining laboratoriyalarida tekshirishdi, lekin hech narsa topa olishmadi. Keyin ko‘proq xususiy laboratoriyalar va davlat laboratoriyalariga berishdi. Taxminan 24-dekabr kunida bu oddiy retsept emasligini tasdiqladilar. Biz ofisga keldik, 26-dekabrgacha shu yerda edik. Men va Viktor birgalikda tovarlarni qaytarish imkoniyatini maksimal darajada oshirish uchun har doim hammaga yordam berdik. 26-dekabrning tunida men hibsga olindim. O‘shandan beri ozodlikda emasman.

Pul masalasiga kelsak, J.E.ga bergan ko‘rsatmamda ham aytilgan. Unga bergan pulimni olib qo‘yganman. Keyin men hech kimga pul bermaganman.

Sudya: Marhamat, prokurorimiz, savollar bormi?

Prokuror: Avvalgi ko‘rsatmalaringizni tasdiqlaysiz, to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi S.R.P: Qayta berganlarimnimi?

Prokuror: Ha, shularni. Bu yangi epizodlar haqida. Siz “Tarireks 200” va “Tarireks Orni”ning mohiyatini tushunasizmi?

Sudlanuvchi S.R.P: Ha tushunaman.

Sudya: “Kuraraks”.

Sudlanuvchi S.R.P: Ha, “Kuraraks”.

Prokuror: Xo‘sh, keyinroq… (S.R.P. gapini bo‘ladi — tahr).

Sudlanuvchi S.R.P: Bu pul berilmagan?

Prokuror: Bu haqda F.T. bilan gaplashganmisiz?

Sudlanuvchi S.R.P: Biz juda ko‘p gaplashgandik. Keyin u bilan hamma narsa haqida maslahatlashdik.

Prokuror: Ushbu sertifikatlar haqida nima deya olasiz?

Sudlanuvchi S.R.P: Ha, biz bu sertifikatlarni Hindistondan oldik.

Prokuror: Tojikistondan o‘tgan, Hindistondan kelgani shumi?

Sudlanuvchi S.R.P: Ha.

Sudya: Marhamat…

Advokat Davron Ahmadov: Janob S.R.P., siz 33 ming AQSh dollari haqida guvohlik bergansiz. Men yana bir bor aniqlik kiritmoqchiman, chunki 33 mingga nisbatan ish yangidan boshlangan. Bizga batafsilroq gapirib bering.

Sudlanuvchi S.R.P: Shaharning qaysidir qismida J.E. bilan kelishgandim. Lekin bu tasodifga o‘xshardi. J.E. bu borada menga yordam berishga rozi bo‘ldi. Lekin 10−15 daqiqadan so‘ng, biroz vaqt o‘tgach, u menga o‘sha qora paketdagi pulni qaytarib berdi, men pulni qaytarib oldim.

Advokat Davron Ahmadov: Agar men to‘g‘ri tushungan bo‘lsam, pulni J.E.ga qaytarib bergansiz?

Sudlanuvchi S.R.P: Ha.

Advokat Davron Ahmadov: Keyingi savol 1100 dollar haqida. Tergovchilarga ko‘ra, siz janob F.T.ga 2 marta 1100 dollar bergansiz. Bu to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: U sizga yordam bergani uchun unga shunchaki rahmat aytdingizmi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Yo‘q, men konsultatsiyaga borganman.

Advokat Davron Ahmadov: 1100 dollar haqida ham meni bir savol qiziqtiryapti. 1000 emas, 1500 emas, 1200 emas, 2100 emas, nega aynan 1100 dollar?

Sudlanuvchi S.R.P.: Bilmadim.

Advokat Davron Ahmadov: Nega aynan 1100 dollar?

Sudlanuvchi S.R.P.: Men buni tushuntira olmayman.

Advokat Davron Ahmadov: Siz bilmaysiz, to‘g‘rimi? Ushbu sertifikatlarga kelsak, (“Kuraraks”ning Tojikistondan ro‘yxatdan o‘tkazilgani haqidagi hujjat nazarda tutilyapti — tahr.), siz ularni Hindistondan oldingizmi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Ha.

Advokat Davron Ahmadov: Ular buni sizga qanday yetkazishgan?

Sudlanuvchi S.R.P.: Xo‘sh, barcha mumkin bo‘lgan usullar bilan yetkazib berishdi. Gohida o‘zlari, gohida boshqa birov orqali yuborishardi. Bir safar men borib ulardan oldim. Turli xil usullar tanlashgan edi. Men buni so‘ray olmayman.

Advokat Davron Ahmadov: Tushunarli, hozircha boshqa savolim yo‘q.

Sudya: Kimda savollar bor? Marhamat, Rahmatov.

Advokat Rahmatov: Kariyevning advokatiman. Siz Sardor Hikmatovichni shaxsan taniganmisiz?

Sudlanuvchi S.R.P.: Yo‘q, men ham uni ko‘rmaganman.

Advokat Rahmatov: Siz uni tergovdan oldin ko‘rmagansiz?

Sudlanuvchi S.R.P.: Yo‘q, aslo ko‘rmaganman.

Advokat Rahmatov: Demak, siz uni ko‘rmadingiz yoki u bilan muloqot qilmadingiz, to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Ha, aniq.

Advokat Rahmatov: Boshqa savolim yo‘q.

Sudya: Marhamat, Sharipov.

Advokat Sharipov: Aytingchi, janob S.R.P., sizning J.E. bilan tanishishingizga, u bilan biror narsada kelishib olishingizga va biror narsa haqida shartnoma tuzishingizga B.Q.ning aloqasi bormi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Yo‘q, u bu haqida bilmagan.

Advokat Sharipov: Boshidanoq J.E. bilan biror narsada kelishib kelguningizcha u aralashmaganmi?

Sudlanuvchi S.R.P.: U bilan suhbatlashganimizda “Kuraraks”ga pul berish kerakligini bilardi. Ammo J.E. bilan suhbat nima haqida ekanligini bilmas edi.

Advokat Sharipov: U bilmas edi. Siz esa J.E. bilan kelishuvdan so‘ng, u sizning takliflaringizga rozi bo‘lgach, B.Q.ga murojaat qildingizmi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Ha.

Advokat Sharipov: Unga nima dedingiz?

Sudlanuvchi S.R.P.: Pul berish kerak, dedim. Keyin B.Q. pulni berib ketdi.

Advokat Sharipov: Oldingi holatlar kabi siz pulni o‘zingiz olib, J.E.ga bermadingizmi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Men javob bera olmayman, o‘shanda bunday holat bo‘lmagan.

Advokat Sharipov: Unda nima uchun siz B.Q.ga yordam berishingiz kerak edi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Janob Sachin menga bu katta pul ekanligini, B.Q. esa siz bilan borib yurishini aytdi. Bu yaxshi. Shuning uchun B. o‘zi bilan olib ketdi.

Advokat Sharipov: Faqat, shungami? Boshqa ishtirok yoki yordam bo‘lmaganmi?

Sudlanuvchi S.R.P.: Yo‘q.

Advokat Vijix: Ma’lumotga ko‘ra, siz sotgan mahsulotlar ma’lum talablarga javob bermagan. Bu esa, o‘zingiz aytganingizdek, o‘limga olib kelgan va bolalarning sog‘lig‘iga nisbatan e’tirozlarga sabab bo‘lgan. Sizning kompaniyangiz yoki Hindiston kompaniyasi jabrlanuvchilarga moddiy-ma’naviy zararni qoplash choralarini ko‘rishga tayyormi?

Advokat Davron Ahmadov: Hurmatli raislik etuvchi, bu [sud tergoviga] taalluqli emas?

Advokat Vijix: Taalluqli.

Advokat Davron Ahmadov: Sud hali bitta ham kompaniyani aniqlamadi.

Sudya: Bo‘ldi, bo‘ldi. Yana savollar bormi?

Advokat Vijix: Yo‘q.

Sudya: Rahmat. Yana kimda savollar bor?

Advokat Imomov: Hozir F.T. bilan uchrashib, faqat maslahat olganman, deb [aytib o‘tdilar]. Siz dorilarning ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida ham maslahat olganmisiz? Aniqlik kiritib o‘tsangiz?

Sudlanuvchi S.R.P.: Odatdagidek uchrashardik, har tomonlama suhbatlashardik, lekin hujjatlar kerak bo‘lsa, har doim konsultatsiyaga boradi.

Advokat Imomov: “Kuraraks 200” yoki “Kuraraks 400” vositasi bo‘yicha so‘ramoqchi edim. Shu bo‘yicha maslahatlashganmisiz?

Sudlanuvchi S.R.P.: Hindistondan ushbu hujjatlarni olganimdan so‘ng, men doimo ushbu hujjatni ko‘rsatib, harakat qilganman.

Sudya: Jabrlanuvchilarimizning qonuniy vakillari shu yerda ishtirok etayotgan bo‘lsa, savol berishlari mumkin. Sudlanuvchilarimizning o‘zida savollar bormi? Kimda savollar bor? (jimlik — tahr.). Hech kimda savollar yo‘q. O‘tiring.

Sudya: Hech kimda savollar yo‘q. O‘tiring. B.Q., oldingi ko‘rsatmalaringizni tasdiqlaysizmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman.

Sudya: Qo‘shimchalaringiz yo‘qmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Qo‘shimchalarim yo‘q.

Sudya: Tushunarli. Mana bitta narsa, S.R.P. “Men [olib] borayotganimda bilmagandim”, deb ko‘rsatma berdi. Lekin tergov jarayonida boshqa ko‘rsatma bergan. Siz o‘sha holatni nima deb izohlaysiz?

Sudlanuvchi B.Q.: U iltimos qilgan, “Pulni saqlab turgin”, degan. O‘sha pul menda turgan. Keyin “33 ming pulni olib kelgin”, dedi. Men ofisda turganimda olib borib berdim.

Sudya: Tushunarli. Oldingi majlislardagi ko‘rsatma. Kimda savol bor, prokurorimizda savol bormi?

Prokuror: S.R.P.ning sizda turgan pul yoki jamiyatning pulidan ixtiyoriy foydalanish imkoniyati bo‘lganmi?

Sudlanuvchi B.Q.: O‘zining puli-ku. Faqat menda turardi. Xohlaganda “Mana buncha pul olib kelib ber”, desa, olib borib berardim.

Prokuror: [Aldab olish ehtimoli yo‘qmi?]

Sudlanuvchi B.Q.: Qancha summa olgan bo‘lsam, o‘shancha summa oldim deb yozib qo‘yardim-da. Keyin har oy o‘ziga berardim.

Prokuror: Qancha miqdorda pul olishni siz nazorat qilolmaysiz-a?

Sudlanuvchi B.Q.: Uni men nazorat qilolmasdim. O‘zining ixtiyorida.

Prokuror: Mana shu 33 ming bo‘yicha sizga nima deb aytgandi?

Sudlanuvchi B.Q.: Menga telefon qildi, “33 mingni olib kelgin”, dedi. “Bo‘ldi”, deb olib berdim. Nimagaligi haqida hech qanaqa ma’lumot bermagan.

Prokuror: Ko‘rsatmalarida “„Kuraraks“ bo‘yicha aytuvdim”, deyaptilar-ku.

Sudlanuvchi B.Q.: Yo‘q, unaqa deganlari yo‘q. “Dok-1 Maks” bo‘yicha ham sud jarayonida bildim.

Prokuror: Hozir ham shu narsani tasdiqladi-ku.

Sudlanuvchi B.Q.: Bundan xabarim yo‘q.

Prokuror: Bo‘ldi, savolim yo‘q.

Sudya: Advokatlarimizda savollar bo‘lsa, [marhamat].

Advokat Sharipov: Mana shu pulni olib borgungacha siz J.E.ni ko‘rganmidingiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Ko‘rmaganman.

Advokat Sharipov: J.E. to‘g‘risida yoki shu ishlarni olib borish jarayoni to‘g‘risida janob S.R.P. sizga gapirganmidi?

Sudlanuvchi B.Q.: Umuman u haqda ma’lumotga ega bo‘lmaganman.

Sudya: Takrorlamaylik, muhtaram advokatlar. Uni eshitdik, o‘zi aytmaganman, dedi. Marhamat, savol bormi? “Oldingi holatni tasdiqlayman”, dedi. Yangi holat bo‘lsa, savollar berilsin.

Advokat Sharipov: Unda J.E. pulni olib ketayotgan paytda siz bilan suhbatda bo‘lganmi?

Sudlanuvchi B.Q.: [J.E. bilan gaplashmaganmiz].

Advokat Sharipov: Bo‘ldi, rahmat.

Advokat Ahmadov: Sizda turgan pul mablag‘lari kompaniyaning puli [bo‘lgan]mi?

Sudlanuvchi B.Q.: Xo‘jayin bergan pul. Qanaqa pulligidan xabarim yo‘q.

Advokat Ahmadov: Kim bergan?

Sudlanuvchi B.Q.: Mister S.R.P.

Advokat Ahmadov: Mister S.R.P. sizga qancha pul bergan?

Sudlanuvchi B.Q.: Hozir esimda yo‘q. Doimiy ravishda bo‘lib turardi-ku.

Advokat Ahmadov: O‘tgan sudlardagi ko‘rsatuvlaringiz turibdi. Sizga ko‘rsatuvlardan kelib chiqib savol beryapman. Bu pul mablag‘i, siz saqlagan pul mablag‘lari mister S.R.P.ning shaxsiy pul mablag‘imi yoki kompaniyaga tegishli pul mablag‘i? Yoki Tojikistondan, Qozog‘istondan kirib kelgan pul mablag‘imi?

Sudlanuvchi B.Q.: Qanaqa pul mablag‘iligini men bilmayman. Xo‘jayin berardi. Qayerdan kelgan, nima maqsadda kelgan[inini] men bilmayman. “Yozib qo‘ygin, Tojikistondan kelgan pul”, deb aytib qo‘yishi mumkin. “Shuncha pul kelgan”, deb yozib qo‘yardim.

Advokat Ahmadov: Hozir ayblovda ham bor, vrachlarga, dorixonalarga berilgan, [taksilarning] xarajatlari bor, kompaniyaning kunlik xarajatlari va boshqalar bor. Har safar xarajat bo‘lganda har bitta xarajatni tiyinigacha yozib borganmisiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Ha.

Advokat Ahmadov: Mister S.R.P. biror marta yozdirmasdan pul olmaganmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Yo‘q, uning olganini men bilardim.

Advokat Ahmadov: Sizdanmas, deylik, kassadan olingan hamma pulning hisobini bir tiyinigacha yozganmisiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Yozganman. Unisini ham o‘ziga berardim-ku.

Advokat Ahmadov: Olgan vaqtda so‘ramay olarmidi yoki “Menga besh so‘m, besh dollar, besh ming dollar, ellik ming dollar kerak”, deb maqsadini aytib, yozdirib qo‘yarmidi?

Sudlanuvchi B.Q.: Maqsadini, nima uchun olganini doim aytmasdi. Lekin “Shuncha pul ber”, deb konkret aytardi. Chunki “5 ming dollar ber”, demasa, qancha berish kerakligini men qayerdan bilaman?

Advokat Ahmadov: Siz nega yozib qo‘yardingiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Oy tugagandan keyin o‘ziga berardim. Masalan, “Senga oyning boshida shuncha pul bergandim, qancha qoldi”, deb so‘rashi bor-ku. O‘shani bilish uchun yozib borardim va o‘ziga berardim. Shuncha kun shuncha olganding, mana shuncha qoldi yoki qolmadi, degandek.

Advokat Ahmadov: Hisobotini berardingiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Ha.

Advokat Ahmadov: Bu pul mablag‘larining xarajat hisobotini bergan ekansiz. Faqat kimga bergansiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Men faqat o‘ziga berardim.

Advokat Ahmadov: Undan keyin u kimga hisobot berishidan xabaringiz bormi?

Sudlanuvchi B.Q.: Undan xabarim yo‘q.

Advokat Ahmadov: Bo‘ldi.

Sudya: Advokatlarimizdan kimda savollar bor? (jimlik — tahr.)

Sudya: Sudlanuvchilarimiz savollar bormi? (jimlik — tahr.)

Sudya: Sudlanuvchi B.Q., sizga savol, pulni S.R.P. berganmi yoki boshqami? Sachinning puli emasmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Yo‘q, S.R.P.ning puli.

Sudya: Sizga pulni kim olib borib bergan?

Sudlanuvchi B.Q.: S.R.P. olib kelib berardi.

Sudya: Sudlarda sal boshqacharoq ko‘rsatma bergandingiz. Pul kimniki, nima uchun yuborilgan, nima maqsadda turgan[ini] aytgandingiz-da. Hozir ko‘rsatma o‘zgardi.

Sudlanuvchi B.Q.: Nima uchun? [Shunaqa] gapirganman-ku.

Sudya: U pulning nega sizda turganligini ham gapirgandingiz.

Sudlanuvchi B.Q.: O‘zi iltimos qilgan. Chunki mister S.R.P. kelmasdan oldin avvalgi direktor ketganda o‘rtadagi ikki oyda o‘sha paytdagi boshliq mister [Ashtosh] kelib, “Senda pul turib tursin”, degan.

Sudya: O‘zi sizni savdo direktori lavozimiga kim qo‘ygan?

Sudlanuvchi B.Q.: Mister S.R.P. qo‘ygan. U 2021-yilda [direktor] bo‘lgan. Ungacha men savdo menejeri edim.

Sudya: Xo‘p. Oldin kim bilan ishlagansiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Mister S.R.P. bo‘lishidan mister Summer degan direktor bo‘lardi.

Sudya: Undan oldin-chi?

Sudlanuvchi B.Q.: Mister Summer direktor bo‘lmasidan oldin vodiyda ishlardim. Vodiy bo‘yicha menejer edim.

Sudya: Sachinni taniysizmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Ha.

Sudya: Kelib ketarmidi?

Sudlanuvchi B.Q.: Yilda bir-ikki marta kelib-ketib yurardi.

Sudya: Pul Sachinnikimi?

Sudlanuvchi B.Q.: Endi, to‘g‘risi, kimnikiligini bilmayman, balki unikidir. Chunki mister Sachin katta xo‘jayin bo‘lgan, mister S.R.P. bu yerdagi direktor bo‘lgan. Men katta xo‘jayin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqaga chiqmaganman-ku. Mister S.R.P. bilan aloqaga chiqilgan.

Sudya: Tushunarli, 33 ming berilishidan oldin inspeksiyadan tushgan, inspeksiyaga tushirilgan dorilarni oldirib tashlash masalasida gap bo‘layotgani haqida Nu.M.ning xabari bormidi, yo‘qmidi?

Sudlanuvchi B.Q.: Men u vaqtda Nu.M. bilan gaplashmaganman.

Sudya: Tergov jarayonida[gi] ko‘rsatmangiz bor-da.

Sudlanuvchi B.Q.: Qarang, Nu.M. bilan gaplashmaganman. Nu.M. gapirayotgan payti u narsa qulog‘imga chalingan.

Sudya: Nu.M. nima deb gapirgan?

Sudlanuvchi B.Q.: O‘sha paytda mister S.R.P. bilan “Farminspeksiyaga tushibdi”, deb gaplashayotgan payti qulog‘imga tushib qolgan. Menga ahamiyatga ega bo‘lmagani uchun e’tibor bermay ketganman. O‘zimning ishim yetarli bo‘lgan.

Sudya: Aynan mister S.R.P.ga J.E.ni tanishtirish marosimi qanday bo‘lgan? Tashabbus kimdan chiqqan?

Sudlanuvchi B.Q.: J.E.ning qanaqa tanishtirilganidan umuman xabarim yo‘q.

Sudya: Tergov jarayonida bergan boshqa ko‘rsatuvingiz bor.

Sudlanuvchi B.Q.: J.E. bilan Nu.M. qanaqa tanishtir[il]ganidan umuman xabarim bo‘lmagan.

Sudya: Tergov jarayonida bergan ko‘rsatuvlaringizni tasdiqlaysizmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Ha.

Sudya: Boshida[gi] ko‘rsatuvingizda Nu.M. “Tanishim bor”, deganini eshitganman deb ko‘rsatma bergansiz.

Sudlanuvchi B.Q.: Nu.M. bilan J.E. haqida men umuman gaplashmaganman-da.

Sudya: Qo‘shimcha savollar bormi?

Advokat Hakimov: Siz hozir Nu.M. bilan S.R.P. gapirgan gaplarini eshitib qoldim, dedingiz. Ular nima to‘g‘risida gapirgan ekan?

Sudlanuvchi B.Q.: Yo‘q. Inspeksiyaga emas, “Hindistondagi zavodga tekshirishga borishi kerak”, degan gap qulog‘imga chalingan, shuni aytganman.

Advokat Hakimov: Chalingan? Tekshirishni S.R.P. aytganmi, Nu.M. aytganmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Unisi esimda yo‘q. O‘sha paytda tergovchilar “Esla-esla”, deyishganda esimga tushib, aytganman. Mana shunaqa gap, direktorning xonasiga kirganda Nu.M. bilan S.R.P. gaplashib turganda qulog‘imga chalingan. Shuning uchun shu narsani aytganman.

Advokat Hakimov: Tekshirish bo‘layotganligi to‘g‘risida?

Sudlanuvchi B.Q.: Tekshirish emas, “Hindistonga tekshirishga borishi kerak ekan”, degan gapni aytgan. Inspeksion tekshiruv degan gaplarni sud jarayonida eshitdim.

Advokat Hakimov: U xonada yana kimdir bormidi yoki faqat ikkovimidi?

Sudya: Advokatimiz, iltimos, mikrofonda gapiring, ovozingiz eshitilmayapti.

Advokat Hakimov: Bo‘ldi, boshqa savolim yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Hurmatli raislik etuvchi, [himoyam ostidagi] S.R.P. [ko‘rsatmasini to‘g‘rilamoqchi], pul masalasida.

Sudlanuvchi S.R.P.: Bu mening pulim emas, kompaniya puli edi. Xarajatlar uchun o‘shandan ishlatilar va hisobi yuritib borilar edi.

Sudya: O‘zingizning so‘rog‘ingizda ham aytgansiz-da. Siz nima uchun J.E. bilan ko‘rishish uchun birga borgansiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Unda mister S.R.P. “Sen pulni olib kel. Pulni bir kishiga beraman, sen guvoh sifatida turib turgin”, degan.

Sudya: Siz [nima] uchun guvohlik qilgansiz?

Sudlanuvchi B.Q.: Uni men bilmayman. “Mister Sachin kelganda aytasan”, degan.

Sudya: Oldin so‘roq qilingansiz-ku. Tergovda ham so‘roq qilingansiz. Mister S.R.P. ham aytgan. “Mister Sachinga so‘roq berganda pulning o‘rtada to‘g‘ri yetib borganligini guvoh [sifatida tasdiqlash uchun] aytdi, degan ko‘rsatma ham bergan. Hozir “Pulning hammasi S.R.P.niki”, deyapsiz-da.

Sudlanuvchi B.Q.: Men pul qayerdan kelganligi haqida ma’lumotga ega emasman-ku. S.R.P. kelishidan oldin mister Ashtosh “Senda turib tursin”, deb pulni bergan dedim.

Sudya: Pul sizga qanaqa tartibda kirib kelgan? Naqdmi?

Sudlanuvchi B.Q.: Ha, naqd pul.

Sudya: Kim olib kelib bergan?

Sudlanuvchi B.Q.: Mister S.R.P.ning qo‘lidan olardim. “Olib qo‘y”, derdi. Yana Eldor ismli yigit olib kelib, “Olib qo‘y”, derdi, olib qo‘yardim.

Sudya: Nu.M., oldingi ko‘rsatmalaringizni tasdiqlaysizmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Sudda bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman.

Sudya: Qo‘shimchalar bormi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Hozir ayblov xulosalarida “Faqat 2022-yilgi seriyada”, deb yozilgan, o‘sha chiqqan. Va pereregistratsiyada hujjat topshirganda menga bog‘lashgan. Boshqa ekspertiza xulosalarida 2022-yil emas, 2021-yilgi seriyalardan etilenglikol topilgan deb berilgan. Men uning pereregistratsiyasini, sertifikatsiyasini qilmaganman. Ya’ni [siropdan] etilenglikol chiqib qolishi mening hujjat topshirishimga bog‘liq emas, deb hisoblayman. Shuning uchun [ayblovga] iqror emasman, dedim. Sud [majlislari davomida] berilgan ko‘rsatmalardan kelib chiqadigan bo‘lsak, men u narsani nazorat qiladigan odam emasman. Men faqat Hindiston [tomon] qanday [hujjat] topshir desa, o‘shani topshiruvchi [vazifasini bajarganman].

Prokuror: “Kuraraks 200”, “Kuraraks 400” bilan “Kuraraks Orni”ning hujjatlarini siz topshirganmisiz?

Sudlanuvchi Nu.M.: Hujjatlarini Hindiston yuborgan, topshirganman.

Prokuror: Dastlab yuborganda Tojikistondan o‘tganligi haqidagi sertifikat bo‘lganmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Dastlabkisi esimda yo‘q, Hindistondan registratsiya jarayonidan oldin ber[il]gan. Mister S.R.P. bergan.

Prokuror: Mister S.R.P. bergan-a uni?

Sudlanuvchi Nu.M.: Ha. Chunki Hindistondan mehmon kelsa, hamma hujjatlar bizga kurer bilan jo‘natib yuborilardi-da. Keyin uning [namunasi] pochtaga ham jo‘natilardi.

Sudya: Advokatlarimizda kimda savollar bor? Sudlanuvchilarimizda savollar bormi? (jimlik — tahr.)

Sudya: Nu.M., sizga savol. F.T.ni taniysizmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Pereregistratsiya jarayonida Farmkomitetda/ Farmakologiyada ishlashini [bilardim]. Instruksiyani qilishardi-da.

Sudya: Siz hujjatlarni bevosita F.T.ga topshirganmisiz yoki boshqa [odam]ga topshirganmisiz?

Sudlanuvchi Nu.M.: Yo‘q, biz hujjatlarni bevosita topshirmaymiz, kanselyariyaga topshiramiz.

Sudya: Firmalaringizda sizlar bilan birga ishlaganmi, yo‘qmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Pereregistratsiya instruksiyalarini G. X. qilsalar, ular registratsiya bo‘yicha ishlashardi-da.

Sudya: Sizlar bilan ishlaganmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Hujjatni tekshirgan-tekshirmaganini bilmayman. Lekin instruksiya o‘sha bo‘limda bor.

Sudya: Tushunarli. “Kuraraks” va “Kuraraks Orni” bo‘yicha boshqa mamlakatda ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi hujjatni siz topshirgansiz. Kimga topshirgansiz?

Sudlanuvchi Nu.M.: Boshlig‘imga elektron topshirganman.

Sudya: Olib borib berganmisiz, yo‘qmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Olib borgan bo‘lsam kerak. Agar “nima” bilan kirgizmagan bo‘lsam, kanselyariyaga topshirardim-da.

Sudya: Ayblov bilan tanishdingizmi? F.T.ning xulosalarini o‘qidingizmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Hozir o‘qidimmi-o‘qimadimmi, eslolmadim.

Sudya: Aynan chet mamlakatlarida, Tojikistonda ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha hujjatlarni siz olib borib berganmisiz, yo‘qmi?

Sudlanuvchi Nu.M.: Dashbordga kirgizganimni aniq bilaman. Hech kimning qo‘liga olib kirib bermaganman. Agar mana buni kirgizyapman deb xat qilib topshirmagan bo‘lsam, kanselyariyaga tashlab ketgan bo‘lishim mumkin.

Sudya: Eslolmaysiz-a?

Sudlanuvchi Nu.M.: Eslolmayman.

Sudya: Savollar yo‘qmi? (jimlik — tahr.).

Sudya: E.M., oldingi ko‘rsatuvlarizda qolasizmi yoki qo‘shimcha bormi?

Sudlanuvchi E.M.: Qo‘shimcha qilmoqchi edim. Biz buxgalteriya bo‘lganimiz uchun bizda faqat pul o‘tqazish yo‘li bo‘lgan. Shuning uchun naqd pul faqat oylik olinayotganda bankdan olingan. Qolgan paytlar naqd pul umuman bo‘lmagan. Xabarim yo‘q.

Sudya: Prokuror, savolingiz yo‘qmi?

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Himoyachilarimiz, savollaringiz yo‘qmi? (jimlik — tahr.).

Sudya: Hech kimda savol yo‘g‘a? Sudda bergan ko‘rsatuvlaringizni tasdiqlaysizmi?

Sudlanuvchi E.M.: Yo‘q.

Tushlik uchun 1,5 soatlik tanaffus bo‘ldi.

Sudya: Marhamat, davom ettiramiz. Sardor Hikmatovich, e’lon qilingan ayblov sizga tanishtirildi. Xabaringiz bor, yangi jinoyat ishi avvalgisiga qo‘shildi. Ya’ni, o‘lgan bolalar va nogiron bolalar bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘shilgan. Marhamat, oldingi ko‘rsatuvingizni tasdiqlaysizmi, qo‘shimchalaringiz bormi?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Hurmatli sud ishtirokchilari, hurmatli sud hay’ati, avvalambor yana fursatdan foydalanib, jabr ko‘rgan oilalarga o‘zimning chuqur hamdardligimni bildirishni xohlardim. Sud qariyb besh oydan beri davom etyapti va sud davomida bergan ko‘rsatmalarimning hammasini tasdiqlayman. Sud jarayonida berilgan savollarga javoblarimning hammasini tasdiqlayman.

[Avvalroq] sudda so‘z berilgan paytda gapirganimda ham bu narsaga urg‘u bergandim, [hozir ham aytaman]. Aybim bo‘lmasligiga qaramasdan tergov tomonidan butun ayblov xulosasi meni qasddan aybdor qilib ko‘rsatish nuqtai nazaridan asossiz [ravishda] yozilgan, tuzilgan. Shu bo‘yicha hozir birma-bir to‘xtalib o‘tmoqchiman.

Sud davomida men va advokatlarim tomonidan ayblovda ko‘rsatilgan har bitta band bo‘yicha aniq dalil va isbotlar [bilan] hamma masalaga oydinlik kiritildi. Mana, bugungi kunda ham prokurorimiz o‘qigan ayblovda “O‘zi ishtirok etmasa ham, o‘zi rahbarlik qilishi kerak bo‘lsa ham ekspertlar kengashida qatnashmay turib, safarlardan yoki boshqa [joy]lardan qaytib kelib, imzo chekkan” degan [qism bor].

Sog‘liq saqlash vazirining 104-qarorida bu bo‘yicha alohida band ko‘rsatilgan. Ya’ni, [ekspertlar kengashida] rahbar bo‘lmasa ham o‘rinbosari o‘rnini bosuvchi [bo‘lishi mumkin] degan izoh bor. Tergov davomida tergovchiga “Mana bu yerda yozib turibdi-ku, “zam”im qatnashsa bo‘ladi-ku”, desam ham, o‘qib turib, ko‘rmaslikka olib, ayblovda bu narsani ko‘rsatishmagan. Davlat delegatsiyasi [bilan] AQShda safarda bo‘lishimni ko‘rsatmay turib, “O‘zi bo‘lmagan, kelgandan keyin qo‘l qo‘ygan”, deb turib, ayblov beryapti.

Yoki misol uchun Umid Temirov kotib bo‘lib, shu narsalarga javobgar shaxs sifatida unga chora ko‘rilmadi, lekin hamma aybni menga to‘nkashdi. Bu bitta narsadan dalolat beradi: tergov tomonidan aybim bo‘lmasa ham meni qasddan aybdor sifatida ko‘rsatish.

Hozir bu bo‘yicha to‘xtalishga harakat qilaman. O‘zim ham huquqshunosman, oliy ma’lumotliman, Yuridik institutni bitirganman. Mana bu ayblov xulosasi bo‘rttirib yozilgan. Biri-biriga to‘g‘ri kelmaydigan epizodlarni bir-biriga qo‘shib, o‘zbekcha aytganda chumolidan fil yasash nuqtai nazaridan tuzilgan.

Siropning davlat ro‘yxatidan o‘tishi alohida epizod, “Kuraraks” dori vositasining inspeksiyadan yechilishi esa alohida epizod. Bir-biriga umuman aloqasi yo‘q. Istalgan yurist ham, o‘sha yerda o‘tirgan qolganlar ham bu narsaga oydinlik kirita oladi, deb o‘ylayman. O‘zingiz ham kuchli, tajribali yurist sifatida bu narsani bilasiz deb o‘ylayman, prokuror ham shu narsani biladi, deb o‘ylayman. Bu alohida ikkita epizod.

Endi kelinglar, birinchi epizod — “Dok-1 Maks” dori vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha [gapirsak]. Hindiston firmasidan topshirilgan doselar[ning] hammasi to‘liq topshirilgan deb hisoblayman. Tergov [esa] “Bu narsa topshirilmagan, GMP sertifikat, litsenziyasi qolib ketgan”, deb ayblov qo‘yyapti. Lekin sud tergovi jarayonida biz ko‘rib turibmizki, o‘sha sertifikatsiyadan o‘tsa ham hali shartnoma bo‘yicha pul tushmasdan turib, korxona tomonidan o‘sha sertifikat taqdim qilinyapti.

Lekin tergov shu masalani ko‘rsatmayapti. Nima uchun? Chunki ayblovni ko‘pirtirish kerak. “Mana bu yaramaslar yaxshi qaramagan, o‘zining ishini to‘liq bajarmagan, bular aybdor, mana ko‘ringlar”, [deb] hammaga vahima qilib ko‘rsatish kerak. Aslida bunaqasi bo‘lmaydi. Sirop bo‘yicha hamma doselar to‘liq topshirilgan. Va men sud tergovida har bir punkt bo‘yicha aniqlik kiritib ketdim.

Endi qarang, siropni O‘zbekistonga kirib kelishini to‘xtatishning iloji yo‘q edi, deb hisoblayman. Agar o‘zim, advokatlarim tomonidan keltirilgan asosli, qonuniy vajlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning qonunchiligida xalqaro qabul qilingan farmakopeya, Britaniya farmakopeyasi, Yevropa farmakopeyasida propilenglikol moddasining ichida etilenglikol va dietilenglikol yot moddalarining tekshirish ko‘rsatib berilmagan.

Shu nuqtai nazardan mening xodimlarim tomonidan olib borilgan ishlarning hammasi to‘g‘ri va qonun doirasida amalga oshirilgan. Laboratoriyaga tushirilmagan bo‘lsa ham, lekin tushirilgan taqdirda ham mana shu normaning asosida ham aniqlab bo‘lmas edi.

Endi yana sal orqaroq yuradigan bo‘lsak, sirop vositasining Hindistonda ishlab chiqarilganligi. Yuqorida aytganimdek, Hindistonda sirop dori vositasiga propilenglikol qo‘shilishi va propilenglikolga belgilangan standart Britaniya, Yevropa farmakopeyasida belgilangan. Britaniya farmakopeyasida proplenglikol tarkibida etilen va dietilenglikolning borligini tekshirish belgilanmagan va, shu nuqtai nazardan mening fikrim, Hindistondagi Marion Biotech kompaniyasi ham, ishlab chiqaruvchi ham o‘zining kirish nazoratlarida bu ko‘rsatkichlarni tekshirmagan va shu nuqtai nazardan bu modda siropga aralashib O‘zbekiston hududiga kirib kelgan.

Yana bir marta o‘sha gaplarimni tahlil qiladigan bo‘lsak, sirop dori vositasining O‘zbekiston hududiga kirib kelishida, qo‘pol qilib aytganda, vaqt mashinasi bo‘lganida edi, orqaga qaytib, mening o‘rnimga boshqa rahbarni, boshqa mutaxassislarni qo‘yib, butun Farmakopeyani ildizi bilan bo‘shatib, boshqa odamlarni keltirib qo‘yganingizda ham xuddi shu hodisa takrorlanar edi.

Bu narsani to‘xtatish uchun, o‘sha aytganimdek, 1990-yillarda Britaniya, Yevropa farmakopeyasi qabul qilingan paytda shunday ko‘rsatib o‘tish kerak edi. Yoki Vazirlar Mahkamasining qarorida qabul qilingan normalarda yot moddalarni “srok”ga nisbatan ham tekshirish kerakligi ko‘rsatkichlarini ko‘rsatib o‘tish kerak edi.

Shu nuqtai nazardan, shu narsaga urg‘u berilganki, sirop bu alohida epizod. Siropning O‘zbekistonga kirib kelishida hech kimning qasdi bo‘lmagan. Bu narsaning oldini olish imkoniyati yo‘q edi. Bu — birinchisi.

Endi, ikkinchi epizod bo‘yicha. Bu inspeksiyadan “Kuraraks” dori vositasining yechilishi bo‘yicha. Hurmatli sudya, bu yerda ham juda katta adolatsizlik bo‘lyapti. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, bu yerga Ulug‘bek Egamov degan odam kelgan paytda so‘roq qilindi, unga nisbatan e’tirozlar bildirildi. O‘zingiz ham u tomonidan inspeksiyadan [yechilish] haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri topshiriqlar berilayotganligi haqida “delo”dan ko‘rsatib berdingiz.

Ko‘rdingiz, bu yerda ko‘rsatma berilayotgan paytda savollarga “mak-mak-mak” deb javob berayotganligi ham nimadan dalolat beradi? To‘g‘ridan-to‘g‘ri bu insonning inspeksiyadan yechishdagi, bunda faqat “Kuraraks” emas boshqa dori vositalarini ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qasddan aloqasi bo‘lgan[idan dalolat beradi].

Tergov buni yashiryapti. Nega? Chunki Kariyev Sardor Hikmatovichni aybdor qilish kerak. Nega? Chunki Kariyev Sardor Hikmatovichni qamash uchun. Rahbariyatga Kariyev Sardor Hikmatovich ustidan yozib, qoralab, bu odam aybdor, qamash kerak deb turib, sanksiya olib turib, mana, qamashgandan keyin tergov jarayonida ko‘rsatmalarning hammasi Egamovga qarab ketayotganini bilib, uni epizoddan chiqarib tashlanyapti, deb hisoblayman.

Bu yerda mening umuman aybim yo‘q. Nimaiki qilingan bo‘lsa, hammasi mening orqamdan qilingan. Bu narsa bo‘yicha tergov hujjatlari, ba’zi bir shaxslarning pushaymonlik hujjatlarida o‘qiydigan bo‘lsak, shu fikrga to‘liq kelsak bo‘ladi. Men tomonimdan qaysidir dori vositasini inspeksiyadan yechtirish bo‘yicha hech qanaqa noqonuniy topshiriqlar berilmagan. Hammasi menga nisbatan qilinayotgan qasddan ko‘rsatmalar.

Endi shu ko‘rsatmalar haqida ham to‘xtalib o‘tsak. Menga bir narsa qiziq bo‘ldi-da, mana shu yerda Ulug‘bek Egamovning qay darajada so‘roqqa javob berayotganligi, jinoyat ishi jildlarida unga qarshi ko‘rsatmalar, kelgan “perepiska”larni hammamiz ko‘rdik, ommaviy axborot vositalarida yoritildi.

Sizga rahmat, tergovni orqaga qaytardingiz. Men endi tergov shularda adolat qiladi, unga nisbatan chora ko‘radi, shu narsani bo‘yniga qo‘yib beradi, deb umid qilib tursam, bu narsa bo‘lmadi. Bu e’tirozimni men tergovga ham bildirdim. “Nima uchundir Ulug‘bek Egamovga nisbatan chora ko‘rilmadi va u javobgarlikka tortilmadi”, dedim.

Hurmatli sudya, bilasizmi, menga nima deb javob berishdi? Shu javobga e’tibor berishinglarni talab qilaman. Tergovchilar “Biz „pokazaniya“ bilan hech kimni qamamaymiz, bu noqonuniy”, dedi. Demak, Kariyev Sardor Hikmatovichni “pokazaniya” bilan qamasa bo‘ladi, bu yerda o‘tirganlarning yarmini “pokazaniya” bilan qamasa bo‘ladi, Egamov Ulug‘bekni “pokazaniya” bilan qamasa bo‘lmaydi. Nima uchun, biror [kishisi] bormi, shunchalik tanish-bilishi bormi, uni qamasa bo‘lmasa? Nima uchun uni javobgarlikka tortib bo‘lmaydi?

O‘zi bir narsaga hayron qolaman-da, hurmatli sudya, mana shu tergov bor-ku, xohlagan odamini aybdor qilib ko‘rsatarkan. Aybsiz odamni aybdor qilib, aybdor odamni aybsiz, jabrlanuvchi qilib ko‘rsatarkan. “Delo”ni o‘qiydigan bo‘lsangiz ham qiziq narsalar [bor]. Shu narsalarga e’tibor qaratishingizni iltimos qilardim.

Sud tergovida [tadbirkorlardan biri] “Men ishimni hal qilish uchun pul berdim, Sh. Sh. bilan uchrashdim, o‘sha kuni berdim”, deyapti. Yurist sifatida mening nazarimda bu — pora berish. Buni boshqa narsa deb bo‘lmaydi. Lekin negadir tergov uni jabrlanuvchi [qilib ko‘rsatyapti]. U bechora bo‘lgan ekan, pul berishga majbur bo‘lgan ekan. Bu yoqda 200 olgan, pora olgan mansabdor shaxs aybdor. Bitta misol tariqasida boshqa dori, boshqa epizod bo‘yicha ko‘rsatyapman.

Temirov Umid hujjatlarni qalbakilashtiryapti, ko‘rib turibsiz, bu yerda yolg‘on gapiryapti. Ko‘rsatmalarida hammasi yolg‘on. AQShdan qaytganimdan keyin unga ishonganim uchun boshqa hujjatlar qatorida qo‘shib olib kelgani uchun qo‘l qo‘yib berganman.

Qamalishimdan oldin mana shu voqealar boshlangan paytda Umidni chaqirib, o‘zi nima bo‘lgan deb qarasam, imzoim turgan ekan. Keyin unga: “Menga qara, bu paytda men Amerikada bo‘lganman-ku”, desam, “Sardor Hikmatovich, ming bor uzr, men xato qilib qo‘yibman, sizga bilmay boshqa hujjatlarni olib kirib qo‘l qo‘ydirib qo‘yibman. Iltimos, shuni qayerda bo‘lsa ham, tergovda bo‘lsa ham, onlayn qatnashganman deng”, dedi-da.

“Menga qara, Umid, bu yolg‘on bo‘ladi. Ekspertlar kengashida 20 ta odam o‘tiradi. Bittasi Ali desa, bittasi Vali desa, noto‘g‘ri bo‘ladi, ochig‘ini gapiravergin”, dedim. “Xo‘p” deb turgan odam mana bu yerga kelib, “Kariyev menga topshiriq bergan, shuning uchun men unga borib qo‘l qo‘ydirib kelganman”, deyapti.

Hujjat qalbakilashtirilgan. Advokatlar tomonidan isbotlab berildi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, tazyiq o‘tkazib nimadir noqonuniy ish qiladigan bo‘lsam, javobgarligi bor. Tergov uni jabrlanuvchi qilib ko‘rsatyapti. Bechora bo‘lgan ekan, kimdir unga topshiriq bergan ekan. Topshiriqni men bermaganman. U javobgar emas. Egamov Ulug‘bek javobgar emas, Temirov Umid javobgar emas, lekin F.T. javobgar. Bu bo‘yicha ham to‘xtalaman.

Endi qarang, nima bo‘lyapti. Kariyev “pokazaniya”ga ko‘ra topshiriq bergan ekan. Demak, u aybdor, “pokazaniya” bor, uni qamash kerak. Uni mana bu yerga olib chiqib, butun O‘zbekistonga ko‘rsatish kerak. Yaramas, iflos, shu ishni qilgan ekan, deb ko‘rsatish kerak ekan.

Mana bu yerda keltirib beryapmiz, Egamov Ulug‘bek “pokazaniya”da bor, Tyelegram “perepiska”sida bor. [Lekin] u aybdor emas, unga hech qanaqa chora ko‘rilmagan. Qani adolat, qani haqiqat? Uni aybdor qilib ko‘rsatib qo‘yishsa, u bo‘yniga olsa, avtomatik tarzda Kariyev aybdor bo‘lmay qoladi.

[Keyin] nima bo‘ladi, shuncha paytdan beri qilingan tergov noto‘g‘ri bo‘lib qoladi-ku. Shuning uchun ham uni berkitish kerak bo‘ladi. Unga ayb qo‘yish kerak emas bo‘lyapti. Uni ko‘rsatish kerak emas, olib qo‘yaverish kerak, hammaning esidan chiqib ketadi. Radioda e’lon qilindi, televideniyeda e’lon qilindi, OAVda shu narsa gapirildi, bugun sudda bir eslatildi shu narsa, bo‘ldi, shu bilan jim o‘tib kelib qoldi. Bo‘ldi, u jim yuraveradi, jinoyatni qilgan, porani olgan, inspeksiyalardan yechgan, yuraverdi, lekin aybdorlar bu yoqda ekan.

Juda ajoyib holat bo‘ldi. Endi, o‘tgan safar e’tibor bergan bo‘lsangiz, Egamov Ulug‘bek tergov qilinayotgan paytda unga “Mening boshimga tushgan narsalarning 10 foizi sening boshingga tushsa, bulbuligo‘yodek sayrarding”, dedim. Bekorga bu gaplarni aytmadim.

Qarang, mana hozir F.T. misolida olaylik. Bu ham tergovga qatnayotgan payti aybdor emas, oppoqqina edi. “Instruksiyaning ichida, u qildim, bu qildim, men oppoqqina edim”, dedi. Sudga keldi, sudda ham “Aybim yo‘q, oppoqqinaman”, [dedi], hammasi zo‘r. Advokatlarim tomonidan ham “Sertifikatsiyani sen qilganmisan?”, deb savol berilganda, qo‘pol qilib aytganda “Yo‘q, men qilmaganman, men oppoqqinaman”, dedi.

Qamoqqa olindi, izolyatorda tergov qilindi, kimdan nima olgan, nima qilgan, hammasini [aytdi]. Nimaga bu yerda aytmagan, uyoqda aytyapti? Chunki uyoqda, tergovda atmosfera boshqacha, hurmatli sudya. Judayam boshqacha. Egamov Ulug‘bekni qamamasdan turib, ko‘chadan olib kelib, ikki marta savol berib, chiqarib yuborish — bu odamni tergov qilish degani emas. Agar menikidaqa tergov qilinganida, ko‘rardim — hozir mana bu yerda yonimizda turardi.

Endi qarang, nimaga menga nisbatan adolatsizlik bo‘lyapti? Mening jinoyat ishim [2022-yil] 26-dekabrda boshlandi. O‘zim shu sohaga rahbarlik qildim. Bir oydan keyin ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olinyapman. Agar o‘zimni aybdor deb hisoblaganimda bir oy davomida qochib ketardim, nimadir qilardim. Hech narsa qilmadim. Chunki o‘zimni haligacha aybdor deb hisoblamayman.

Aybdor emasman. Nimaiki qilingan bo‘lsa, mening orqamdan qilingan. Men jabrlanuvchiman. Agar tergov adolatdan tergov qilganda meni jabrlanuvchi qilib ko‘rsatardi. Men mana bu yerda aybdor sifatida emas, guvoh sifatida turardim. Aybdor sifatida Egamov turardi, uning ortida turgan boshqalar turardi.

Endi qarang, nima bo‘ldi? 24-yanvarda ommaning oldida kafeda o‘tirganimda tomosha, shou qilib, videokameralar bilan uchta militsioner bilan, uchta oper kelib, meni “zaderjaniya” qilib, tomosha qilib, tomosha ko‘rsatib, tomoshamni internetga chiqarib yuborib, “Mana korrupsionerni, dorichilarning kattasini ushladik”, deb, vahima qilib turib, butun ommaviy axborot vositalariga ko‘rsatib, meni olib ketishdi.

Chaqiruv qog‘ozida “Guvoh sifatida kelib ketishingizni so‘raymiz”, degan xat qo‘limga taqdim qilinyapti. Shundoq telefon qilsa, boraverardim. Hech qayoqqa qochib ketayotgan joyim yo‘q edi. Yo‘q, tomosha qilib olib ketish kerak. Meni endi tepaga yomonlab qo‘yishgan-ku. Rahbariyatga yomonlashgan. Yaramas bu, mana shu ishlarni qilib qo‘ygan, deyishgan. Shuning uchun tomosha qilib, olib borib qamashgan. Boshqa iloj yo‘q edi.

Xo‘p, olib borishdi, qamashdi. Advokatni chaqirishdi. Advokatning oldida: “Ayting-chi, siz bu narsani qildingizmi? Ayting-chi, siz bu topshiriqni berdingizmi? Ayting-chi, bunaqa bo‘ldimi?”, deyishdi. Javob berdim. Qo‘l qo‘ydirishdi. Kameralarni o‘chirdik. Advokatga: “Advokat, sizga rahmat, Kariyevni olib qolamiz, tergov harakatlari davom etadi”, dedi. Advokatlarim chiqib ketdi, shu bilan tomosha boshlandi.

Qo‘limga kishan taqdi, “Boshingizni eging, chapga qarang”, dedi, olib borib, bir yarimga bir yarim xonaga qamab qo‘ydi. Vaqtincha bo‘lsa kerak, shu yerda turib tursam kerak dedim. Yo‘q, o‘sha yerda bir necha sutka turdim. Minus temperaturada, bir yarimga bir yarim xonada, polda uxladim.

O‘shaning orasida tergovga chaqirildim, advokatsiz. Tepamda uch-to‘rtta tergovchilar turib olgan. “Sen undoqsan, sen bundoqsan, seni u qilib yuboramiz, seni bu qilib yuboramiz”, [deb], mana shunaqa tomosha bilan tergov qilib yuborishdi. Yana olib borib qamab qo‘yishyapti, kichkina xonaga. Shamollab, mazam qochib qolgandan keyin, o‘lib-po‘lib qolmasin, deb, umumiy kameraga olib borib tashlashdi.

Qilmagan ishimni bo‘ynimga olmayman, dedim. Mening aybim yo‘q bu yerda dedim, kim aybdor bo‘lsa, olib kelib qamalaring, dedim. Egamov topshiriq bergan bo‘lsa, Egamovni olib kelib qamalaring bu yoqqa, dedim. Sen bizga tergov qilishni o‘rgatmagin deyishdi. Oxirigacha kutib o‘tirdim. Egamov bo‘lsa, deb. Alohida-alohida tergov qilinsa, o‘shaning familiyasi chiqsa, “delo”si bilan tanishsam deb. Yo‘q, chiqmadi.

Sudda, mana bu yerda so‘roq qilinishini kutib o‘tirdim. Keyin shu yerda tashladim. Mana [ish] qaytdi, adolat o‘rnatil[adi] deb umid qildim. Yo‘q, jim. Unga “pokazaniya” bilan qilib/qamab bo‘lmas ekan, hurmatli sudya. Meni mumkin ekan, uni mumkin emas ekan. Zo‘r ekanku-a, [dedim].

Xususan, sudlanuvchi Sardor Kariyev o‘z ko‘rsatmasida tergov jarayonida unga nisbatan ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazilganini aytib o‘tdi.

Tushunishimcha, Konstitutsiya kimdirga ishlaydi, kimdirga ishlamaydi. Shunaqa bo‘lyapti-da. Jinoyat-protsessual kodeksi kimdirga ishlaydi, kimdirga ishlamaydi. Jinoyat kodeksi kimdirga ishlaydi, kimdirga ishlamaydi. “Qani adolat?”, dedim. Adolat bo‘yicha ham ancha gaplar bo‘ldi. Tergovga “Adolat qani?”, deb savol bersam, “Adolatga „srok“ berib yubordik. Adolat hali 20 yilsiz chiqmaydi”, deyishdi. Mana shunaqa gaplarni gapirib o‘tirishdi menga.

Uzr, endi bugun portlaganimning sababi — yaramasni olib kelib qamashadi, deb kutib o‘tirgandim, qamashmadi. Prokuror menga yana o‘sha ayblovni o‘qib berdi, o‘sha boshida qilinganidek, hech narsa o‘zgargani yo‘q. [Endi qanaqasiga tergovda qilganlarini qaytarib oladi?] Meni rahbariyatga yomonlab qo‘ygan. Endi oxirigacha shu narsani bosyapti, oxirigacha olib boryapti.

Tergovga necha marta: “Menga qaragin, mening aybim yo‘q deyapman, qayerdan olyapsanlar, men pul olibmanmi, nima qilibman?”, desam, “Yo‘q, pul olmagan bo‘lsang ham sen [topshirilgansan], senga „pokazaniya“ bor”, [deyishdi]. ““Pokazaniya”ni kim beryapti, hozir o‘zining “pokazaniya”sidan qaytib o‘tirgan odamlar beryapti-ku. Bu yerda qildim, qilmadim [deb], pushaymonlik xati yozib, “otkaz” qildi, mana bu yerda pul oldim deyapti, pul olmadim deyapti, Temirov kelyapti, “pokazaniya” beryapti, “pokazaniya”sidan qaytyapti, aldayotgan odam “pokazaniya” beryaptimi?”, deyapman.

Qamalishi kerak bo‘lgan odamlar menga “pokazaniya” beryapti-ku. Albatta, o‘zi qamalmasligi uchun menga qarshi “pokazaniya” beradi. Qanaqa tushunsa bo‘ladi buni?

Xullas, hurmatli sudya, afsuski, tergovda adolat ko‘rmadim. O‘ylovdim, mana bu ayblov xulosasini ham prokuraturaga berishadi, prokuraturada aqlli odamlar o‘tiradi, bundoq o‘qib, qarab, “Qaragin, mana bu epizodni noto‘g‘ri yozib qo‘yibsanlar, bu epizod boshqa, bu epizod boshqa, buni bir-biriga aralashtirib bo‘lmaydi. “186”ning umuman biri ham yo‘q bu yoqda. “186” ishlab chiqargan, sotgan, saqlagan, tashigan, mana shu ishlarni qilgan odamlarga nisbatan qo‘yiladi. Bunda 186 qani, o‘ylab ko‘ryapsanlarmi?”, deb tergovga qaytaradimi desam, u ham shundoq sudga olib chiqib qo‘ydi.

Ayblov xulosani o‘qisangiz, “Ifodalangan harakatlar”, [deb yozib qo‘yilgan]. Ifodalangan harakatlar bilan “186”. Ifodalangan harakatlar bilan o‘zbek tilida boyitib, bilmadim, bu yerga 200 ta odamni olib kelib, qamab qo‘ysa bo‘ladi. Hamma o‘tirganlarning ota-onamiz, qarindoshlarimizni olib kelib qamab qo‘ysa bo‘ladi. 40 yillar oldin ular uchrashib, bular tug‘ilmaganda bu narsa bo‘lmasdi, ifodalangan harakatlar bilan bularni ham olib kelib qamash kerak, [deyishga] asos bo‘ladi.

Bilasiz, yurispuridensiyada bu narsa ko‘rilgan. Men Yuridik institutda o‘qiganman, aniq bor. Qildi, obyekti bor, subyekti bor, obyektiv tomoni bor, subyektiv tomoni bor. Endi bu epizodni bu epizodga aylantirib, buni ifodalangan harakatlar [deb], o‘tmishda bu narsaga ta’sir qilish bo‘lgan [deb] — necha yil [oldingi] nimadir ta’sir qilishi mumkin[-da]. Endi bularga “186” ni qo‘shib, qamash kerak. “Yaramas, bularga eng o‘ta og‘ir [jazoni berish], 15 yilga qamash kerak”.

Nima uchun? Tergovchilarning ichida [aytganman] shuni. Tergovchi demay, chunki ko‘p odam tergov qildi. U kiradi, bu kiradi. “Hey, menga qara, mening nima aybim bor?”, deyapman. “Bilasanmi, sen rahbarsan, sening aybing shunda…”, [deyishdi].

Juda ajoyib ekansizlar-ku, men ham shu xalqning vakiliman, o‘zbek xalqi tushuntirsang, tushunadi, mana bu yerda bitta jabrlanuvchi keldi, menga: “Mening bolamning o‘limida mening nima aybim bor?”, dedi. O‘shanda aybdor deb ko‘rdi. Unaqamas, mana bunaqa, bunaqamas, mana bunaqa deb tushuntirganimdan keyin, tushundi, sudga “Mayli kim aybdor bo‘lsa, sud tezroq aniqlasin, aybdor aybiga yarasha javob bersin”, dedi. Yo‘q, albatta Kariyev Sardorni tomosha ko‘rsatib, olib borib, mana, eng katta vallomatni qamadik, [deb qamash kerak].

Xudoga shukur, korrupsiyaga aloqam yo‘q. Shuncha yil halol ishlagan bo‘lsam.

Tergov davomida aniq fakt yo‘q. Faqat shu — “dedi, dedi”. Mana bu yerda o‘zi aybdor bo‘lib turib, o‘zi yeb qo‘yganlar menga qarshi “pokazaniya” beryapti. Chunki bo‘yniga ololmaydi. Bo‘lmasa kelib, mana bu yerga o‘tirishi kerak. Topshiriq berdi, shuning uchun men qildim deb, [o‘zi] jabrlanuvchi bo‘lib qolyapti, men ayblanuvchi bo‘lib qolyapman. U mening orqamdan qilganligi uchun men jabrlanuvchi emasman, aybdor bo‘lyapman. Ajoyib holat bo‘lyapti-da, hurmatli sudya.

Endi hurmatli sudya, oxirgi umidim, mana shu sudda qoldi. Chunki huquqiy davlatda yashayapmiz deb o‘ylayman. Mayli, tergovning o‘zining qarashlari bor. O‘zi yuqorida aytib o‘tganimdek meni ayblab, chumolidan fil yasab, asossiz vajlar bilan meni bu yoqqa olib kelib qo‘yib, bir yildan beri qamoqda o‘tiribman. Suddan yorug‘lik chiqarmikan [deb] umid qilib. Endi umidim mana shu odil sudda, hurmatli sudya. Aytmoqchi bo‘lganlarim shundan iborat. Savollaringiz bo‘lsa, marhamat.

Sudya: Marhamat, hurmatli prokuror, savolingiz bormi? (jimlik — tahr.).

Sudya: Advokatlarda savollar bormi?

Sud zaldan: Savollar yo‘q.

Advokat Husanov: A.A.ning manfaatlaridanman. Kariyev, ayblov xulosangizdagi ko‘rsatmalaringiz bilan tanishib chiqdik. Yangi holat och[ilgan]. Shunga savol tug‘ildi. Ko‘rsatuvingizda ish bo‘yicha 33 ming AQSh dollari pora predmetida Egamov, No.M., A.A., yana bir odamning familiyasini aytgansiz. Shunga aniqlik kiritib keting, bu [qisqa fikrlangan ko‘rsatuvmi] yoki aniq bir faktlarni bilasizmi? A.A.ga pora olish predmeti bo‘yicha ayb e’lon qilinmagan. Tergovda ham sudda ham bu narsani [ko‘rmadik]. Bu narsani birinchi marta faqat sizdan eshityapmiz. Izoh berib keting.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Bu emotsiya holatida berilgan ko‘rsatma emas. Bu tergov jarayonida, tergov hujjatlari bilan tanishib [chiqib berilgan ko‘rsatma]. Mana bu yerda men o‘tiribman. Bu yerda odamlarning o‘zaro gapi, ayrim odamlarning hujjatlarda[gi] pushaymonlik xatlari [bor]. Agar o‘shalarni o‘qiydigan bo‘lsangiz, shu paytgacha orqamdan nima ish qilishgan bo‘lsa, mening xabarimsiz qilganligi haqida bir fikrga kelgan holatda shu narsani bildim.

Advokat Husanov: Meni umumiy gap qiziqtirmaydi. Meni aynan “Kuraraks” dorisini inspeksiyadan yechish uchun 33 ming AQSh dollari pora olinishida A.A.ni ayblayotganingiz qiziqtiradi, boshqa narsa qiziqtirmaydi.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Men uni ko‘rganim yo‘q. Yuqorida aytib o‘tganimdek o‘zimning tahlillarim, ba’zi bir kishilarning pushaymonlik xatlaridan, o‘sha yerda yozilgan “pokazaniya”lardan kelib chiqqan holatda aytganimni aytib turibman.

Advokat Husanov: Kimning “pokazaniya”si, kimning pushaymonlik xati? Shularni ham aytib keting.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: No.M. va A.A.ning o‘zining ham pul olganligi [keyin umuman bosh tortganligi haqida] pushaymonlik xatlari bor.

Advokat Husanov: Amerikaga olingan epizod boshqa. U “Vallas” bilan bog‘liq. Men aynan “Kuraraks”ni aytyapman.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Bu bo‘yicha 33 ming AQSh dollari olinganligi haqida men ko‘rmaganman, bilmaganman. Faqatgina tergov jarayonida[gi] “pokazaniya”lardan kelib chiqqan holatda [bunga] amin bo‘ldim. Boya aytib o‘tganimdek, bu dori inspeksiyadan yechilgani haqida men faqatgina tergov vaqtida, [aniqrog‘i], jinoyat ishi ochilgandan keyingina bilganman.

Advokat Husanov: Bitta narsa-da, Kariyev, tushuning. Siz sudlanuvchisiz. Yolg‘on ko‘rsatma berganingiz uchun ogohlantirilmaysiz. Lekin tuhmat uchun javobgarlik bor. Buni hech kim bekor qilmaydi. Jinoyat kodeksida yozilgan. Agar bitta shaxsni og‘ir jinoyatda ayblasangiz, [sizning masalangiz] tuhmatda ko‘rib chiqilishi mumkin. Pora olish — og‘ir jinoyat. Shuning uchun agar asosingiz bo‘lsa, aniq ayting, yana umumiy gaplar bilan olib qochyapsiz. Falon odamning tushuntirish xatida aynan mana shu 33 ming AQSh dollari olganda A.A.ning aybi bor degan narsani ko‘rdim, shunga asoslanib aytyapman, degan javob kutyapman sizdan.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Menga qarang, siz mendan xohlagancha javob kutishingiz mumkin. Men bor narsani aytaman. Yana bir marta aytaman, odamlarning pushaymonlik xatidan, tergov jarayonida o‘qigan materiallarimdan, buyoqdagi o‘zaro bo‘layotgan gaplardan kelib chiqqan holatda o‘zimning fikrimni bildirganman. Xohlasangiz shu, xohlamasangiz boshqa.

Sudya: Tushunarli. Yana savollar bormi?

Advokat Husanov: Munosabat bildiriladi.

Sudya: Tushunarli. Marhamat .

Advokat Mengliqulov: Sh. Sh.ning manfaatidan. Kariyev, hamkasbimiz bergan mana shu savolning davomi-da. Hozir men pushaymonlik xatlaridan kelib chiqib, shu fikrga keldim, dedingiz-da. Aynan Sh. Sh.ning pushaymonlik xatini o‘qiganmisiz?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Yo‘q.

Advokat Mengliqulov: Agar Sh. Sh.ning pushaymonlik xatini o‘qimagan bo‘lsangiz, nima sababdan o‘zingizning ko‘rsatmangizda aynan 33 ming AQSh dollari pora sifatida olingan deb mana shu og‘ir jinoyatda Sh. Sh.ni ham ayblab ko‘rsatyapsiz?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Aytyapman-ku, tergov jarayonidagi materiallar bilan tanishgan holatda o‘zimning fikrimni bildirdim. Bu savolni 10 marta qaytarishingiz mumkin. 10 marta o‘sha javobni olasiz.

Advokat Mengliqulov: Men sizga birinchi marta savol beryapman.

Sudlanuvchi Kariyevning advokatlaridan biri: Savolga javob berildi.

Advokat Mengliqulov: Aynan Sh. Sh.ning 33 ming [dollar] pora olganligini nima [bilan] isbotlaysiz?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Menimcha, advokatlarim ko‘rsatib bersa kerak. O‘sha kuni borganligi, o‘sha joyda uchrashganligini.

Advokat Mengliqulov: Siz o‘zingizning ko‘rsatuvingiz bo‘yicha javob bering.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Siz menga qanaqa gapirishni o‘rgatmang, iltimos.

Sudya: Bo‘ldi, javob berildi. Marhamat, boshqa savollar bo‘lsa.

Advokat Yo‘ldoshev: Davom sifatida. Sardor Kariyev, bu aynan shu holat bo‘yicha ko‘rgan-bilganingizmi yoki taxminingizmi?

Sudlanuvchi Kariyev va uning advokatlari bir ovozdan: Savolga javob berildi.

Sudya: Bo‘ldi. Boshqa savol bo‘lsa, marhamat, Yo‘ldoshev.

Advokat Yo‘ldoshev: Savolga javob bo‘lmadi-ku.

Sudya: Savolni olib tashladim. Bo‘ldi, tartibga rioya qilamiz. Boshqa savollar bormi?

Sudya: Kimda savollar bor? Sudlanuvchilarimizda savollar bormi? Sudda bergan ko‘rsatmalaringizni tasdiqlaysiz-a?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Ha.

Sudya: Sardor Hikmatovich, sizga savol. Mana bu holat bo‘yicha Egamovning aybi bor deb hisoblaysiz. Shu masala advokatlaringiz tomonidan ko‘tarilganidan keyin sud tomonidan ajrim chiqarilib, [tergovga] berildi. Biz jinoyat-protsessual qonunchiligiga ko‘ra ayblov doirasidan chiqib ketolmaymiz. Boshqa holatlarni bilsangiz, bersangiz, buni protsessual tartibda hal qilish tartibi bor. Lekin siz aynan “Kuraraks”ni inspeksiyadan olib tashlash bo‘yicha shaxsan bilasizmi? [Sizga] aynan murojaat qilinganmi? Shaxsan shu haqida ma’lumotga egamisiz?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Bu bo‘yicha menga hech kim murojaat qilmagan.

Sudya: Boshqalari bo‘yicha ham murojaat qilmaganmi?

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Yo‘q. Lekin bir narsani aytib o‘tishim kerak. Menga “Kuraraks” bo‘yicha murojaat qilmagan. Lekin Egamov Ulug‘bekni ishga olgan paytimda agentlikda oylik kamligi, ipotekasi borligi, [pul inqirozi borligi haqida] gapirib o‘tgandi. Bundan tashqari bir necha marotaba oldimga kirib, “Ekspertlar kengashiga, korxonaga tushganligidan e’tirozlar bo‘lyapti”, deb aytgan. Aytib o‘tganimdek, bu narsada gumonim, shubham bor. Bu bekorga aytilmagan. Chunki orqamdan bu ishni qilib yurishgan.

Sudya: Sardor Hikmatovich, yana bitta narsa, aynan “Kuraraks” bo‘yicha Egamovning inspeksion tekshiruvdan olib tashlash bo‘yicha murojaat qilgani bo‘yicha sudlanuvchilarimiz ko‘rsatuvlar bergan-da. “Haqiqatdan murojaat qilgan. Bo‘lmaydi, mumkin emas, deganimizdan keyin Sardor Hikmatovichga murojaat qilish masalasi ko‘tarilgan”, deyilgan. Shuning uchun sizdan murojaat qilmaganmi, deb so‘rayapman.

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Yo‘q, qilmagan.

Sudya: Boshqalarda savollar yo‘qmi? Savollar bo‘lsa, javob beriladi. (Jimlik — tahr.)

Marhamat, sudlanuvchi A.A., yangi qo‘shilgan ayblov bo‘yicha sizga e’lon qilingan ayblov ham bor. Ya’ni 6-epizod[dagi] 9 ta dori bo‘yicha sizga ayblov e’lon qilingan. Va vafot etgan bolalar soni ko‘paygani, nogiron bo‘lib qolgan bolalar soni bo‘yicha yangi ayblov bor. Marhamat, “Aybimga iqror emasman”, dedingiz. Oldingi sudda bergan ko‘rsatmalaringizni tasdiqlaysizmi, qo‘shimchalaringiz bormi?

Sudlanuvchi A.A.: Oldingi sud tergovida bergan ko‘rsatmalarimni to‘liq tasdiqlayman. Menga keyin qo‘yilgan 205−206-epizod bo‘yicha oldingi sud tergovida ham umumiy qilib, ko‘rsatma berib o‘tgan edim. Ya’ni o‘sha payt 20 ta dori vositasini Farmakologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari kelib so‘raganda qonuniy chora ko‘rishini ko‘rsatma berganman. Buni guvoh sifatida chaqirilganda Farmakologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining o‘zi ham tasdiqlab berdilar.

Ya’ni, u bo‘yicha menda hech qanday xabar ham bo‘lmagan, hech kim iltimos ham qilmagan. Umumiy epizodda 11 ta, 9 ta dori vositasi bo‘ladigan bo‘lsa, ikkala epizodda ham menga hech kim iltimos ham qilmagan va boshqa topshiriq ham bermagan. Va aksincha, mendan so‘ralganda “Qonuniy chorasini ko‘ringlar”, [deganim uchun] qonuniy chora ko‘rilib, bu narsa Farmakologiya qo‘mitasi tomonidan orqaga qaytarilib, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limiga qaytarib yuborilgan. Yangi qo‘yilgan ayblov bo‘yicha shu ko‘rsatmani qo‘shimcha qilaman.

Bundan tashqari qolgan birinchi epizod bo‘yicha ham bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman. Va hozir oldingi sud tergovlarini, yuqorida bo‘layotgan sud tergovlarini eshitib, men ham xulosaga kelyapman. O‘sha tergovda bergan ko‘rsatmamni tasdiqlagan holda inspeksiyadan yechish masalasi bo‘yicha qo‘shimcha qilib aytmoqchiman.

Birinchi navbatda inspeksiyadan yechish [haqida] men javob berganimda, o‘zingiz ko‘rdingiz, Temirov Umid hali tergovda ham bu narsani ko‘rsatmagandi. Inspeksiyaga tushgan 12 ta korxonaning ro‘yxati[ga] men qo‘l qo‘yib, u inspeksiyadan yechib bo‘lingandan keyingi bo‘layotgan narsa. Xatga qo‘l qo‘ydirib, mendan olib ketgan. Agar bu narsaga o‘zim manfaatdor bo‘lganimda xatga qo‘l qo‘ymasdan, “Yo‘q, mana bu inspeksiyadan olib tashlangan-ku, bunaqa qilingan-ku” deb, bu narsani tergovchi o‘sha xatda ham to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lardi. Bu — birinchisi.

Ikkinchi[si], mening faoliyat[im haqida]. Masalan, bundan oldin boshqa korxonada ishlagan bo‘lsam, bu yerga 2021-yil oktabrida kelgan bo‘lsam, shu paytgacha hech kimning orqasidan ish ko‘rib yoki boshqa ish qilib, faoliyat yuritmaganman, deb o‘ylayman, unaqa qilmaganman ham. Agar men bu faoliyat[imda] birovning orqasidan ish qilib yurganimda ham ko‘chadan kelib 8−9 oy davomida bo‘lim boshlig‘idan direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimigacha chiqmagan bo‘lardim, deb o‘ylayman.

Bundan tashqari, inspeksiyadan olib tashlash bo‘yicha [to‘xtalsam]. Ha, men uni tasdiqlayman. Egamov menga bir marta emas, bir necha marta murojaat qilgan. Lekin bir narsani aniq ayta olamanki, agar inspeksiyadan olib tashlash bo‘yicha rahbar tomonidan ko‘rsatuv yoki ruxsat berilmaganda inspeksion tekshiruvdan olib tashlanmagan bo‘lardi.

Va Egamov chiqyapti, aytyapti. Egamov mendan yuqori turuvchi [odam]. Agentlik yuqori turuvchi tashkilot bo‘lsa, Egamov mendan yuqori turadi. Menga norasmiy bo‘lsa ham rahbar. [To‘g‘ri], o‘sha payt gapini o‘tkazib yurgan, lekin bu murojaatlarda ham, [qolgan] hammasida [ham] rahbar tomonidan ruxsat berilgani uchun bu ishlar qilingan.

Uchinchi tomoni esa — kotib. Kotib menga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunmaydi. “Struktura” bo‘yicha ham ko‘rsatib qo‘yilgan, kotib to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarga bo‘ysunuvchi odam. O‘zining ko‘rsatmasida ham aytyapti, men buni o‘zim ham tasdiqlayman. U o‘sha paytda topshiriq berilganda: “Senlarning aytganingni qilmayman, rahbarning aytganini qilaman”, deb chiqib ketyapti. Jabrlanuvchi bo‘lib, bizga noqonuniy topshiriq berding, deyayotgani yo‘q. “Men rahbarni aytganini qilaman”, deb chiqib ketyapti. [Unga] bo‘ldi, [rahbardan] so‘rayver, deyilyapti.

Sudya: Rahbar deganda kimni nazarda tutyapsiz?

Sudlanuvchi A.A.: Rahbar deganda [Farm]agentlik va Davlat markazi direktori Kariyevni nazarda tutyapman. Umid Temirovning to‘g‘ridan-to‘g‘ri rahbarga bo‘ysunishini bilib, men unga topshiriq bermaganman. Ya’ni, o‘zimning nomimdan ham, No.M. aka o‘zining nomidan [ham] hech qanaqa topshiriq berilmagan. Ko‘rsatma berilgan. O‘rtadagi messejni yetkazib qo‘yuvchi shaxs bo‘l[ganmiz]. Men bundan manfaatdor emasman.

Bu tadbirkorlarni birinchi marta ko‘rib turibman. 33 ming [dollar]ni tergovning o‘rtasida bilib o‘tiribman. Hech narsani berkitmasdan, “Mana bu bo‘lgan, bu bo‘lmagan”, deb aytib bo‘lganimdan keyin mendan: “Haqiqatdan shu holat bo‘lganmi?”, deb so‘ralgan.

Hech kim o‘zidan-o‘zi inspeksion tekshiruvdan olib tashlamagan. Ha, u yerdan chiqilgan, bu yerdan chiqilgan, lekin ruxsat berilgandan keyin bu narsa bo‘lgan. Men shu paytgacha hech kimning orqasidan ish ko‘rmaganman. Bu [oldingi] ko‘rsatmalarimga qo‘shimcha.

Sudya: Savollar bormi?

Sudlanuvchi A.A.ning advokati Husanov: A.A., hozir sizga savol berdilar, lekin siz o‘tkazib yubordingiz. Epizod bo‘yicha Sh. Sh.da [ayblov] bor edi-da, 9 ta dori, Gruziyaning dorisi. O‘sha bo‘yicha hozir sizga ham ayb e’lon qilingan. Shu bo‘yicha tushuntirish berib keting.

Sudya: Bir narsaga aniqlik kiritib ketaylik. A.A., siz oldingi ayblovda 20 ta deyapsiz. [Yangisi bilan] qo‘shib yubordingiz-a?

Sudlanuvchi A.A.: Ha.

Sudya: 11 ta epizod, Hindistonda chiqarilgan dori bo‘yicha ayblov oldin ham bor edi. Faqat 6-epizod — Gruziyaning dorisi bo‘yicha yangi qo‘shildi.

Sudlanuvchi A.A.: Bu bo‘yicha biladigan bitta narsam, Farmakologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari oldimga tushib, “Tan olish bo‘limidan bizga mana shunaqa hujjatlar chiqdi, lekin hujjatlari to‘g‘ri kelmayapti”, deb so‘raganida: “Yo‘q, qonuniy chorasini ko‘ringlar, to‘g‘ri kelmayotgan bo‘lsa, orqaga qaytariladi”, deb aytgan[im]dan keyin bo‘ldi, chiqib ketgan.

[2023-yil] 3-yanvarda hujjatlar uchun kelishganda olib ketishdi. O‘shanda ham hujjatlar o‘rnatilgan tartibda, o‘sha joyning o‘zida qaytarilgan, bo‘ldi. Bu yerda menga hech kim 9 ta preparat bo‘yicha iltimos ham qilmagan, o‘tkazib ber ham demagan, hech qanaqa kelishuv, topshiriq ham berilmagan.

Advokat Husanov: 11 ta dori bo‘yicha sizlarda qanaqadir protsedura o‘tganmi? Farmakologiya, Farmakopeyadan o‘tadi, keyin kun tartibiga qo‘yiladi, ekspertlar kengashiga tushadi. Shu narsalar qilinganmi, qilinmaganmi?

Sudlanuvchi A.A.: Arizachi o‘sha hujjatlarini Davlat markaziga topshirgan, keyin ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limida ekspertiza bo‘lgan, shartnoma rasmiylashtirilgan, arizachi tomonidan pul to‘langan, pul tushgandan keyin o‘rnatilgan tartibda qo‘mitalarga yuborilgan.

Ekspertiza jarayonida oddiy ro‘yxatdan o‘tkazish holatiga mos bo‘lmagan tarzda bittada yigirmata chiqayotgani uchun “20 ta dori qo‘mitaga kelib tushdi, nima qilay?”, deb mendan so‘rashdi. Men “Senlarda qanaqa belgilangan? O‘rnatilgan tartibda, qonuniy chorasini ko‘ringlar”, deganimdan keyin Farmakologiya qo‘mitasi o‘rnatilgan tartibda asoslantirib qaytargan. Arizachiga allaqachon yuborish kerak bo‘lgan. Lekin ungacha hujjatlar olib qo‘yilgan bo‘lgan, ulgurilmagan.

Advokat Husanov: Demak, doselar [ekspertlar kengashiga] qo‘yilmagan.

Sudlanuvchi A.A.: Yo‘q, bu ekspertlar kengashiga ham olib chiqilmagan, prezidiumda ham ko‘rilmagan. Faqat shu ekspertiza jarayonida qonuniy hujjat keldi, ko‘rib chiqildi, nomuvofiq bo‘ldi, orqaga qaytarildi. Bu yerda hech kimning bir-biri bilan kelishuv yo‘q. Hech kim bilan kelishmaganman, topshiriq ham bermaganman. [Lekin] ayblovda ketib qolyapti.

Advokat Husanov: “Kuraraks” haqida yana to‘xtalaylik. 2022-yil 29-mayda inspeksiyaga tushganligi to‘g‘risida kengash o‘tkazilgan. 6-sonli, to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi A.A.: 25-may. Ha.

Advokat Husanov: U kuni qayerda bo‘lgansiz?

Sudlanuvchi A.A.: 25-may kuni Namangan shahrida xizmat safarida bo‘lganman. “Komandirovichniy”larim ham bor.

Advokat Husanov: U paytda qanday lavozimda bo‘lgansiz?

Sudlanuvchi A.A.: 25-mayda men sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lganman.

Advokat Husanov: U paytda rahbar o‘rinbosari bo‘lmagansiz?

Sudlanuvchi A.A.: Yo‘q, “Dok-1 Maks” dori vositasi ro‘yxatdan o‘tgan payt, 29-martda ham men sertifikatlashtirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lganman. 29-martdagisida ekspertlar kengashida qatnashganman. U yerda mening vazifam sertifikatsiya jarayonida (advokat gapini bo‘ladi — tahr.).

Advokat Husanov: Savolimga javob bering. 25-maydagi, ya’ni “Kuraraks” inspeksiyasi bo‘yicha. Demak, Namanganda bo‘lgansiz?

Sudlanuvchi A.A.: To‘g‘ri.

Advokat Husanov: Ekspertlar kengashida qatnashmagansiz?

Sudlanuvchi A.A.: Yo‘q.

Advokat Husanov: U yerda sizning imzo qo‘yadigan vakolatingiz bormidi, yo‘qmidi?

Sudlanuvchi A.A.: Mening hech qayerda imzoyim yo‘q. Men faqatgina o‘sha (advokat gapini bo‘ladi — tahr.).

Advokat Husanov: Bo‘ldi, boshqa savolim yo‘q.

Sudya: Kimda savollar bor? Advokatlarimizda. (Jimlik — tahr.). Sudlanuvchilarimizda (jimlik — tahr.). Savollar yo‘q. A.A., sizga savollar bor. Oldingi ko‘rsatuvingizda ham gapirgandingiz, hozir ko‘rsatuvingizni to‘ldirganda ham aytib o‘tdingiz. Demak, “Kuraraks” inspeksion tekshiruvdan olib tashlanganini tasdiqlaysiz. Shunaqa qabul qilamizmi?

Sudlanuvchi A.A.: Shunaqa qabul qilamiz.

Sudya: Ikkinchi savol. “Aynan shu masala bo‘yicha Egamov menga bir necha marta murojaat qilgan”, deyapsiz. Necha marta murojaat qilgan?

Sudlanuvchi A.A.: Bir marta murojaat qilgan. Agentlikda yig‘ilish bo‘lgan. Yig‘ilishdan keyin xonasiga chaqirib, o‘sha ikkita korxonaning inspeksiyaga tushgan xatini berib, “Inspeksion tekshiruvdan olib tashlash kerak”, degan.

Sudya: “Pectro” bilan.

Sudlanuvchi A.A.: Ha. Men buni qabul qilmayman (sudya gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Bo‘ldi, ko‘rsatuvingizda bergansiz. Yana sizga savol, A.A., sizga shunaqa mazmunda ko‘rsatma berishga tergov jarayonida tazyiq bo‘lganmi? Mana hozir eshitdingiz.

Sudlanuvchi A.A.: Shunaqa mazmunda ko‘rsatma berishga menga tazyiq bo‘lmagan.

Sudya: Bo‘lmagan-a? Bo‘ldi, o‘tiring.

Sardor Kariyev bilan yana tergov jarayonidagi ruhiy va jismoniy tazyiq haqida savol-javob bo‘ldi. Advokatlardan biri ekspertiza bo‘yicha savol berdi.

Sudya: Ekspertizaga yana to‘xtalamiz shekilli. Oldin o‘zim MRTga tushish masalasini ko‘raman dedim-ku, bitta o‘sha narsani kutaman. Bo‘lmasa, bugun bu narsa bo‘yicha qaror qabul qilishimiz kerak edi. Agar MRTga tushib, keyingi sudgacha taqdim qilish imkoni bo‘lsa, qiziqib ko‘ring, siz o‘sha yerdasiz-ku endi. Sizga imkon berilyaptimi? Agar yo‘q bo‘ladigan bo‘lsa, hozir tan jarohati yetkazganlik holati bo‘yicha dalil tekshirishga [to‘xtalishimiz kerak].

Sudlanuvchi Sardor Kariyev: Bir yil o‘tgandan keyin qanday natija bo‘ladi, men bilmayman. Bitta narsani to‘g‘ri tushuning, men nima uchun [endi aytyapman]? Chunki Egamovni qamamay tergov qilishgan. Tushunyapsizmi? Izolyatorda atmosfera judayam boshqacha. Nimadir bo‘lsa, u yerda ariza yozib, arizangizni kimdir ko‘rib chiqib, aylanib kelgunchachi, oradan kamida [10] kun vaqt o‘tadi-da. Keyin u yoqdagilar ham biladi qayeriga zarba berishni. Ko‘karmaydigan qilib.

Sudya: Bu holatga hali qaytamiz. Biz majburiy tekshirishimiz shart. O‘tiring. Marhamat, No.M.

Sudlanuvchi No.M.: [Oldingi] sud tergovida bergan hamma ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman.

Sudya: Qo‘shimchalaringiz bormi?

Sudlanuvchi No.M.: Yo‘q.

Sudya: Sudlanuvchi A.A. ko‘rsatuvini to‘ldirib o‘tdi.

Sudlanuvchi No.M.: O‘sha holatni ham tasdiqlayman. Undan oldin ham gapirib o‘tganman [shu holatni]. Bergan ko‘rsatmani tasdiqlayman.

Sudya: Demak, siz o‘sha joyda bo‘lgansiz, tasdiqlaysiz.

Sudlanuvchi No.M.: Ha, o‘sha joyda bo‘lganman.

Sudya: Tushunarli. Prokurorimiz, savollar bormi?

Prokuror: Savolim yo‘q. Qo‘shimcha ayblov bo‘yicha sizga ham ayb e’lon qilingan. 9 ta dori bo‘yicha. Tan olish bo‘yicha.

Sudya: Gruziya bo‘yicha.

Sudlanuvchi No.M.: Gruziya bo‘yicha men hech narsani bilmayman.

Prokuror: Murojaat qilganmi sizga? Ko‘rib chiqqanmisiz?

Sudlanuvchi No.M.: Yo‘q, men hujjatlarni ko‘rmaganman.

Prokuror: Hech kim bilan ham gaplashmagansiz?

Sudlanuvchi No.M.: Yo‘q, hech kim bilan gaplashmaganman.

Sudya: Oldingi sudda berganlarimni tasdiqlayman dedi. Advokatlarimiz, sudlanuvchilarimizda savollar bormi. (Jimlik — tahr.). O‘tiring.

Sudlanuvchi G. S., oldingi ko‘rsatuvlaringizda qolasizmi?

Sudlanuvchi G. S.: Ha, dastlabki sud majlisida bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman. Qo‘shimcha qilib, ozgina to‘ldirib ketmoqchi edim. Ayblov qo‘yilgan hujjatlar masalasi bo‘yicha shartnoma rasmiylashtirishdan oldin (gapini tugallamaydi — tahr.). Elektron axborot tizimi — dashbordga e’tiboringizni qaratishingizni xohlardim. Hamma hujjatlar to‘liqligicha yuklangan.

Bundan tashqari ikkinchi masala — laboratoriyaga taqdim etish masalasi. Namunani umuman taqdim etmaganman deb aytmayman. Taqdim etganman, faqat Farmakopeya qo‘mitasiga. Hujjatlarni ekspertiza qilib, bevosita laboratoriyaga taqdim etganman. Laboratoriyaga emas, aynan buyoqqa yuborishimning sababini bildik. Amaliyotdan kelib chiqib.

213-ning o‘zini qaraydigan bo‘lsak. Birinchi varag‘i ikkinchi varag‘iga yoki o‘sha bandi keyingi xatboshisiga to‘g‘ri kelmaydigan holatlar bor. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bevosita yo‘llanma bilan bergandan keyin laboratoriyaga yo‘naltirilgan taqdirda ham laboratoriya me’yoriy hujjatning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha [kerakli] sinovlarini o‘tkazgan bo‘ladi.

Sifat ko‘rsatkichlari, me’yoriy hujjat loyihasining shakllantirilishi, keyingi holat tasdiqlanishi texreglament bo‘yicha shakllantiriladi, tuziladi. Qaytarib o‘taman, Farmakopeya, Farmakologiya bizning Davlat markazining regulyatori hisoblanadi. Ular hal qiladi, ya’ni qaror qabul qiladi. Birinchi bo‘lib oladigani milliy farmakopeyamiz. Texreglament bo‘yicha shakllangan me’yoriy hujjat u yerdan ko‘rib chiqqandan keyin Davlat farmakopeyasiga ko‘rib chiqiladi, oldiga olib oladi. Bu hujjat o‘zining orginal hujjati bilan bunga solishtiriladi. U yerda Britaniya farmakopeyasiga havola qilingan. Davlat farmakopeyasida sirop dori vositasi uchun propilenglikolni aniqlash ko‘rsatkichi belgilanmagan.

[Premis aytilgan doki] ta’sir etuvchi moddalarga ketyapti. Buni faqat ekspert hal qiladi. U yerda qarindosh, yot moddalar aralashmasi deb aytilgan. Bizga esa yot moddaning o‘zining aralashmasi ko‘rsatib o‘tilmagan. Texreglamentning o‘zi shakllantirilgan, tuzilgan.

Bu bo‘yicha Davlat farmakopeyasining oldiga qo‘yadigan bo‘lsak, birinchi o‘rinda bu yerning o‘zida ko‘rsatilmagan. O‘zbekiston Respublikasining davlat farmakopeyasida [yo‘q]. Keyin Britaniya farmakopeyasiga qilingan havolasi bo‘yicha qaraydigan bo‘lsak, ta’sir etuvchi yordamchi moddasi ham aynan u ko‘rsatkichlar bo‘yicha Britaniya farmakopeyasi maqolasida ham yo‘qligini bilish mumkin.

Keyingi bosqich — agar u yerda ham, bu yerda ham bo‘lmagan taqdirda bizning Farmakopeya ham Yevropa farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirilgan. Birinchi Yevropa farmakopeyasiga nazar solsak, me’yori, normalari u yerda ham keltirilmagan. AQSh farmakopeyasiga qaraydigan bo‘lsak, u yerda ham yo‘q. Davlat farmakopeyasida yo‘q. Reglament bilan shakllantirilgan. Men laboratoriyaga taqdim etgan taqdirimda ham bu narsalar ko‘rilmasdi.

Bunga sabab, 36-bandda guvohnoma berish tartibi deb kichkina, qisqa qilib yozilib ketganining keyingi qismida ikki-uch xil [vajda] aytgan. Amal qilish muddatini uzaytirayotgan paytda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan shartnoma rasmiylashtirilayotganda yig‘im summasining yarim miqdorida qilinadi. Bu yarim miqdori preyskurantga havola qilinadi. Xizmatlar preyskuranti.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 213-nizom 2018-yilda qabul qilingan. 2020-yilda preyskurant yangilangan. Ya’ni amalda bu bo‘lgan, keyin preyskurantga havola qilinyapti. Xizmatlar preyskurantining ichiga qarasangiz, amal qilish muddatini uzaytirish uchun yarim miqdorda, masalan, 9800 bo‘lsa, yig‘im summasi bu yerda 4800 bo‘lyapti. Bo‘ldi, keyin bu tarafi. Uchinchi ilovaning izoh qismida klinik tadqiqotlarga tegishli bo‘lgan hujjat taqdim etilmasligi ko‘rsatilgan. Mantiqan qaralganda registratsiya paytida 12-registratsiyadan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, keyin 2017-yil guvohnomaning muddati uzaytirilgan. U yangidan ro‘yxatdan o‘tmagan, faqatgina muddati uzaytirib berilyapti.

Dori muomalada bor. 411 da ham, prezident qarorida ham ko‘rsatilgan. Mantiqan qaraganingizda muomalada yurib turgan narsaning metodikasi yurib turibdi. O‘zi muomalada bo‘lib tursa, yana qanaqa qilib laboratoriya tahlillari o‘tkazadi, yana klinika o‘tkazadi?

E’tibor qilgan bo‘lsangiz, Mukarram Jo‘raboyevna Ergashevaga savol berganman. Yaxshi, mana shu 213 ni shakllantirayotganingizda shakllantirishdan oldin buyruq qilinadi, komissiya tuziladi, tajribali, yetuk mutaxassislar jalb qilinadi, har taraflama ko‘rib chiqiladi. Shakllantirish paytida ham shu narsalarga, nyuanslarga e’tibor qilinmagan, tasdiqlatishga olib borishmagan. Keyin ijrosi ta’minlanishi uchun buyruq chiqadi, ijrosi chiqadi. Ijro paytida ham biror bir muhokamaga qo‘yilmagan, biror bir fikrlarini aytishmagan, shu tartibda ketishmagan.

213 Belorusiya, Ukraina, MDH davlatlarida uyg‘unlashtirilgan. Tajriba almashinuvi uchun Qozog‘istonga borganimizda u yerda ham xuddi shu holat [edi]. Pereregistratsiya paytida laboratoriya tahlillari o‘tkazilmaydi. Shu taraflariga qo‘shimcha qilmoqchi edim.

Ekspertlar kengashi masalasida ham Mukarram Jo‘raboyevna keldilar, savollar berildi. Kengashda uning o‘tkazish tartibi, Sog‘liqni saqlash vazirining 104-buyrug‘i bor. “Uch yuz qirq uch”dan ikkita ilovasi o‘zgartirilgan. U yerda vakolati keltirilgan qismi bor. Vakolat faqatgina ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yoki rad etish uchun [bor]. Bo‘ldi, u yerda keyingi bosqich — yana “protsedura” bor.

Bu yerda asos qilib bayonnomani aytyaptilar. Ichiga kirsak, aynan Hindiston bilan Tojikistondan o‘tgan, o‘tkazilgan hamma davlatlarda ishlab chiqaruvchilarni orqaga qaytarib, inspeksiya “naznachit” qilinsin degan takliflar asossiz deb hisoblayman.

25-mayda men ishtirok etmaganman, biz Buxoroda xizmat safarida edik. Kengashda “„ha“ yoki „yo‘q“, tibbiyot amaliyoti qo‘llashga ruxsat etilsin yoki rad etilsin”, deb aytiladi, bo‘ldi. Undan keyin ro‘yxatdan o‘tkaziladi, keyin sertifikatsiyalashtirish jarayoni ketadi, standartlashtirildi, hujjatlar hammasi ketdi. Har bir seriya O‘zbekistonga import qilinyapti, O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan dorilarning har bir partiyasi[da] shuning uchun ham sertifikatlashtirish jarayoni ketadi. Registratsiyadan o‘tkazilgan.

Qo‘shimcha qilaman, “aynan prodleniya” [sertifikatni] uzaytirish paytida paytida taqdim etgan namuna[ni] Nu.M olib kelgan namunaning seriyasi bilan taqqoslasangiz, 2021-yil bizga taqdim etgan bo‘lsa ham, bizning laboratoriyadan o‘tmagan bo‘lsa ham sertifikatlashtirish jarayonidan ketgan. Aytmoqchimanki, bu harakatlarimning oqibati nimagadir olib kelayotganini ko‘rmayapman. Chunki aynan o‘sha namuna sertifikatlashtirish jarayonidan ketgan. Jarayondan keyin aynan o‘sha seriyalarning hujjatlaridan qarasangiz, 2021-yilning kuz faslida u yerda etilenglikol bilan dietilinglikol aniqlanmagan. 2022-yil yanvarda ishlab chiqarilgan, keyin yoz faslida kirib kelgan namunadan boshlangan.

E’tiboringiz uchun yana bir narsani aytib o‘tardim. Ishlab chiqaruvchi har bir mahsulotni ishlab chiqarganda OKK bor, OOK bor. Ya’ni substansiya olinayotganda substansiya haqida masalalar ketgan. U yerda “pereoformleniya” ketgan, unaqa hujjatlar topshirilmagan, to‘g‘ri. Men shunchaki texnologik jarayonni aytyapman. Texnologik jarayon ketayotganda namunasi birinchi bo‘lim — “kontrol kachestvo”dan o‘tadi.

Deylik, non misolida keltiraman. Non qilmoqchi bo‘lsam, non — tayyor mahsulot. Menga un, droja, suv, tuz kerak bo‘ladi. Shu substansiyalarni olib kelishadi. Bu un ekan, bu droja ekan, bu suv ekan, bu tuz ekan [deb] tahlilini o‘tkazaman-da, yashil stikerini qo‘yaman. O‘tdi-o‘tdi, bo‘ldi. Bu tahlildan o‘tdi. Keyingi oraliq jarayon — yana texnogen jarayon ketaveradi.

Sudya: G. S., ayblovingiz bo‘yicha gapiring.

Sudlanuvchi G. S.: Aynan o‘lim holati yuzasidan ham [aytaman], men namunani laboratoriyaga taqdim etganimda ham bu narsa ko‘rib chiqilmasdi, belgilangan tartibi yo‘q edi. Bunga ishlab chiqaruvchining o‘zi e’tibor qaratishi, kichik sifat tahlillarini o‘tkazishi kerak edi. (sudya sudlanuvchining gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudya: O‘zi [ayblovning] qayeriga qisman iqrorsiz?

Sudlanuvchi G. S.: Laboratoriyaga tushirmaganim uchun.

Sudya: Laboratoriyaga tushirmaganingizning [zaharlanish va o‘lim holatiga] bog‘liqligiga iqrormisiz, yo‘qmi?

Sudlanuvchi G. S.: O‘sha o‘lim holatigamas-da.

Sudya: Shunaqa deb hisoblaysiz? Asal ta’michi?

Sudlanuvchi G. S.: Asal ta’mlini qo‘mitaning o‘zi tushiradi.

Sudya: Bu yangi komponentmi-yo‘qmi degan masalaga to‘xtalgandik.

Sudlanuvchi G. S.: Ha, uni men boshida ham aytganman. Hech bo‘lmasa mana shu narsasi o‘zgargani bo‘yicha laboratoriyaga “aprobatsiya”ga tushirilsa bo‘lardi. Chunki mutaxassis… (gapini tugatmaydi — tahr.). Ular ham ikkita qo‘mita hisoblanadi. Davlat markazi odamning jigari, zararsizlantiradi, tozalaydi. Lekin “ko‘prik-organ” bu — Farmakopeya, Farmakologiya.

Sudya: Mayli, tushundim. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ham [shularga tegishli] bo‘lgani uchun sizga javobgarlik masalasi qo‘yilyapti-da. O‘shaning uchun savol beryapmiz. Siz, mayli, “Dok-1 Maks”ning siropiga o‘zimning aloqam yo‘q [deb hisoblayapsiz]. Asal ta’mlisini tushirish kerakmasmidi? Ya’ni, kompaniya buni [topshiryapti], oldin o‘tmagan. Siz “Dok-1 Maks”ning tarkibida yo‘q, deb aytyapsiz. Zahar asal ta’mlisida bor-ku.

Sudlanuvchi G. S.: Ha, shuning uchun aytyapman, men laboratoriyaga emas, qo‘mitaga berganman. Shu paytgacha faqat qo‘mita… (sudya bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Qo‘mitadan nechta bergansiz, bir dona berganmisiz?

Sudlanuvchi G. S.: Ha, ular identifikatsiya uchun beriladi. Keyin joiz bo‘lsa, bizga aytgandan keyin “napravleniya” bilan yana tushiramiz. Ular alohida shartnoma tuzadi. Ular ishlab chiqaruvchi bilan shartnoma tuzgandan keyin “aprobatsiya”ga pul tushadi… (sudya bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Mayli, [agar shu] yangi dori bo‘lganda laboratoriyaga tushirarmidingiz?

Sudlanuvchi G. S.: Dori shakli boshqa bo‘lgandami?

Sudya: Yangi dori bo‘lganida. [Masalan,] yangi sirop kirib keldi.

Sudlanuvchi G. S.: Yangi dori shakli registratsiya bo‘lganda tushirardim.

Sudya: Asal ta’mli ["Dok-1 Maks"] yangimi?

Sudlanuvchi G. S.: Yo‘q, u yerda hech nima o‘zgarmayapti. U samaradorligiga ta’sir qilmaydi.

Sudya: Ta’mi o‘zgarmayaptimi? Komponent qo‘shilyaptimi?

Sudlanuvchi G. S.: Ta’mi o‘zgaryapti. Lekin me’yoriy hujjati bo‘yicha, instruksiya bo‘yicha u yerda bir xil ketadi.

Sudya: Xo‘p, 213 bo‘yicha bunaqa vaziyatda bir xil degan talab bor. Bir xil bo‘lgandan keyin, laboratoriyaga tushirish kerak degan joyi ham ishlaydimi?

Sudlanuvchi G. S.: O‘sha 36-bandda shunaqa aytgan, guvohnoma berish tartibida o‘tadi degan, lekin urg‘u berilmagan. O‘zi 36-band 2-xatboshini ochsak, [yarim] miqdorda deyapti. Iqtisodchilar hisob-kitob qiladi.

Sudya: Demak, laboratoriyaga tushirilmaganlik holati bo‘yicha iqrorsiz, qolganiga iqror emassiz.

Sudlanuvchi G. S.: Ha.

Sudya: Tushunarli. Savollar bormi?

Advokat Davron Ahmadov: G. S., bitta savolga javob bering, hozir siz epizod bo‘yicha bitta narsaga iqror bo‘lgansiz. Ya’ni asal ta’mli siropning laboratoriyaga tushirilmaganlik holati bo‘yicha iqror bo‘ldingiz, to‘g‘rimi? Aytaylik laboratoriyaga yubordingiz. Yuborganda amaldagi, [2022−2023-yildagi] qonunchilik bo‘yicha laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilganda tarkibida etilenglikol yoki dietilenglikol borligini aniqlasa bo‘larmidi, bo‘lmasmidi?

Sudlanuvchi G. S.: Aniqlash imkoni umuman yo‘q. Aktual [2022−2023-yillardagi] hujjatlarda umuman imkoni yo‘q. Birinchi o‘zimizning hujjatlarga qaraymiz. O‘zimizning hujjatlarda bo‘lmagandan keyin xalqaroga tayanamiz. Xalqaroning o‘zida ham yo‘q. Biz uni qayerdan tekshirib berishimiz mumkin?

Advokat Davron Ahmadov: Tekshirish tartibi bo‘yicha NDda ko‘rsatilgan asosiy vositalar tekshiriladi, to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi G. S.: To‘g‘ri.

Advokat Davron Ahmadov: Etilenglikol, dietilenglikol asosiy tarkib sifatida ko‘rsatilmagani uchun laboratoriyaga tushganda ham laboratoriya bu predmet bo‘yicha tekshirgan bo‘larmidi, tekshirmagan bo‘larmidi?

Sudlanuvchi G. S.: U yerda ming boshqatdan “protsedura” qilgan taqdirda ham xuddi o‘sha natija bo‘lardi.

Sudya: Tushunarli, o‘tgan sud ishlarida Xudoyberganov bizga hammasini tahlil qilib, chet el farmakopeyalarini taqdim qilgandi. Biz o‘rganganmiz. Jinoyat ishiga qo‘shib qo‘yganmiz. Marhamat, savollar bo‘lsa.

Advokat Davron Ahmadov: Propilenglikolni aniqlaysiz faqat, to‘g‘rimi?

Sudya: Yo‘q-da. “Propilenglikolning tarkibida etilenglikol, dietilenglikol bor, propilenglikolni aniqlamaymiz, propilenglikolni tekshirganda chiqishi mumkin”, deyapti.

Advokat Davron Ahmadov: Propilenglikol yordamchi modda bo‘lganligi uchun ND bo‘yicha amaldagi qonunchilikda tekshirilmaydi.

Sudlanuvchi G. S.: Agar me’yoriy hujjatda keltirilgan bo‘lganda biz tekshirardik. Me’yoriy hujjatning o‘zida ham yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Me’yoriy hujjatda bu asosiy vosita sifatida keltirib o‘tilmagan-a?

Sudlanuvchi G. S.: Yo‘q, ta’sir etuvchi modda emas.

Advokat Davron Ahmadov: Amaldagi qonunchilik bo‘yicha qo‘shimcha tekshiriladimi, yo‘qmi?

Sudlanuvchi G. S.: Tekshirilmaydi.

Sudya: Yana savollar bormi? (Jimlik — tahr.). O‘tiring.

Sh. Sh., marhamat, siz dastlabki sud jarayonida bergan ko‘rsatuvlaringizni tasdiqlaysizmi? Qo‘shimchalaringiz bormi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Yangi qo‘shilgan ayblov xulosasi bo‘yicha umuman iqror emasman. Sudda bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman. Bundan tashqari yana qo‘shimcha qilmoqchiman. Birinchi “Kuraraks”dan boshlay qolay. “Kuraraks” dori vositasi bo‘yicha menga qo‘yilgan ayblovga boshidan iqror bo‘lmaganman.

Boya pushaymonlik haqida gap ketdi. Pushaymonlik xatining mazmuniga e’tibor berishingizni sizdan iltimos qilardim. Men tergov davomida tezroq tugaydi deb [dostup] bo‘lgan narsalarni tushuntirish/pushaymonlik xatida yozib berishim — bu tan olish deyilmaydi. Va pushaymonlik xatining ma’nosida ham men aybimga iqror bo‘lmaganman. Qanday bo‘lgan bo‘lsa, yozib berganman. Shuni ham inobatga olingki, men pushaymonlik xatidagi yozgan gaplar sudda o‘z aksini topdi.

Menga qo‘yilgan 210 masalasi bo‘yicha ham hozir advokatlar tomonidan “pilling”, yana nimadir aytildi. Istalgan xodim, 47 odamning “pilling”ini oladigan bo‘lsak, soat [kechki] 11 da Sergeliga ham, Yunusobodga ham o‘zimning shaxsiy mashinamda olib borib qo‘yganligim, Sardor [Hikmatovich]ning yig‘ilishlari bo‘lganda ham, No.M, A.A.larning “porucheniyasi” bilan kerak bo‘lsa kechasi 8, 11, 2 gacha ham ishlaganligimiz, o‘z xodimlarimni iltimos qilib, ishga chaqirtirganligim — bitta bo‘limda ishlaydigan xodim[im] bitta “pilling” ko‘rsatib qolinsa, bu pul oldi-berdi deyilganmasdir. Chunki oddiy qilib aytganda mening xizmat vakolatim degan tushuncha bor. Hamma hujjatlar, sudda hozir ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar ham qonun va qonunosti hujjatlari bilan ko‘rib chiqilishi kerak.

Negadir hech kim jinoyat ishida bo‘lim vitse-boshlig‘i lavozimi yo‘riqnomasi yo‘qligiga e’tibor bermayapti. Men bu narsani bir necha bor ko‘tardim. Chunki bo‘lim vitse-boshlig‘i lavozim yo‘riqnomasida shartnoma tuzish, ishga chiqarish, laboratoriyaga ishga chiqarish yoki dori vositalarini [kulirovat] qilish degan ma’nolar bo‘lmagan.

Bundan tashqari, xodimlarim, bo‘lim boshlig‘im tomonidan aytildi. med-texnikada tibbiy buyum va tibbiy texnikalar ekspertizasi bo‘yicha ishlagan paytimda aniqlandi. Bo‘lim boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlaganimda Sardor Hikmatovich bilan atigi ikki martami, uch martami ko‘rishganman.

Tergov davomida va sud tergovi davomida ham aytamanki, inspeksiyani hal qilish mening vakolatimga kirmaydi. Men bo‘lim vitse-boshlig‘i bo‘lganman. Bu yerda o‘zimni mansabdor shaxs deb aytolmayman ham. Mansabdor shaxs bo‘lib turib, agar vakolatimda bo‘lsa, vakolatimdagi [ko‘rsatmani] berish to‘g‘ri bo‘ladi.

Xodimim menga pora berganligini aytib, 212-moddaning to‘rtinchi — o‘ta og‘ir “chasti”, 486-moddaning ning uchinchi — o‘ta og‘ir “chasti” bilan tuhmat qilyapti. O‘zining qilgan ishini yashirish, ehtiyot chorasi o‘zgarmasligi uchun tuhmat qilmayapti deb kim menga ayta oladi? Agar tuhmat qilmasa, men uni xohlaganimdek o‘tkazolmasdim-ku. Bir men emas, kotib ham kelib shu narsani tasdiqlab berdi.

Mening xonamga kelib ko‘chirma buyruq berilgan. Ko‘chirma SSVning 104-buyrug‘i bo‘lgan. U esa Vazirlar Mahkamasining 213-, 862-, O‘zbekiston Respublikasining 399-qonun va qonunosti [hujjatlarida] tasdiqlangan, asoslangan darajada bo‘lgan/qilingan. U yerda aniq qilib yozib qo‘yibdi. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limiga bayonnoma kelgandan keyin bayonnomani, guvohnomani bir kun ichida chiqarib berish kerak.

Asosiy strukturadan kelib chiqqanda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi hujjatlarni topshirgan. Bir kunda, muhokamasiz chiqarib berish kerak deb yozib qo‘yibdi-ku. Punktini ham aytaman — 5.6., 2.4. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi [aybnoma] kelgandan keyin uni muhokama qilish, chiqarmaslik yoki yana nimadir qilishga haqqi yo‘q, deb yozib qo‘yibdi. Men o‘zimdan [to‘qib chiqarmayapman]. Shunchaki nima asosida bu asosida olganimni ayblov xulosasida [kimga beribman bu muhrni/buning pulini].

Mayli, men ayblov xulosasida topolmadim, kimgadir berganmanmi, kimdandir olganmanmi? Ashyoviy dalil evaziga qonunning 210-buyrug‘ida prezident qarori turibdi. Ashyoviy dalil degan narsa bor. Men sud davomida ikki marta so‘radim. “Nima uchun bir yildan beri o‘tirganimni aytinglar, men bilay”, dedim.

Mayli, agar u ham bo‘lmaganda bu aniq bergan kunini ham aytolmayapti. Iyunning boshida men ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i bo‘lmaganman. Mehnat daftarchasi bor. Unda aniq qilib yozib qo‘yibdi 20-iyunda kelganman deb.

20-iyunda kelgan bo‘lsam, J.E. o‘zining ko‘rsatmasida ham, bu yoqda ham tergovda ham yozib qo‘yibdi, gaplashganman ikki hafta o‘tgan, keyin yana bir hafta o‘tgan, keyin yana uch kun o‘tgan, keyin yana to‘rt kun o‘tgan. Bir oy o‘tib ketyaptiku. Guvohnoma 29-iyunda chiqqanligi ashyoviy dalil sifatida tergovga taqdim qilingan. Unga nima deb javob beradi? Bu haqda menga biror kim javob bera oladimi?

Keyin men 5-iyunda bo‘lim boshlig‘i bo‘lmaganman. Mening vakolatimga kirmagan, men hech kimga iltimos qilmaganman. Mana qo‘mita boshliqlari, xodimlar, laboratoriya boshliqlari turibdi. Bundan tashqari 26-oktabr emas, 20-oktabrda dashbordga topshirilgan. Ayblov xulosasida ham yozilgan. Ya’ni, sekundini ham minutini ham hech kim o‘zgartirolmaydi. Shuni ham inobatga olishingizni xohlayman. Asal yoki limon ta’mli degan shartnomaga imzoyimni ko‘rmadim. Marhamat, hamma jinoyat ishida yozib qo‘yibdi. Men o‘zgartirishda bo‘lmaganman.

2-masala bo‘yicha Rozixonov masalasida iqror bo‘lmaganman. Rozixonov birinchi tergovga kelganda “Men uni taniyman”, deyapti, ikkinchisida “Men bermaganman”, uchinchisida esa “Men bu yoqqa kelganda tergovda nima deganimni eslolmayman, o‘zimda emasdim, ikki kun bu yoqqa o‘tirganman, xotinim kelgandan keyin men ko‘rsatma berdim”, deyapti. Hurmatli sudya, buni qanday tushunishimiz kerak? Menga biror kishi tushuntirib, mana bu yerda o‘zi “Men o‘zimdan o‘tganini o‘zim bilaman, men xabar beruvdim, nima qilayotganimni bilmayotgandim”, deb aytib turibdi.

Mayli, unga ham ko‘z yumaylik. Bizning ishxonamizda KPP degan narsa bor. Har bir davlat xodimlarining KPPsi bor. Unda familiya-ismi, qaysi firmadan kelgani, telefon raqami va imzosi, qaysi bo‘lim rahbarining oldiga kelgan[i yozib qo‘yildi]. U mening xonam birinchi qavatda deb [o‘ylagan], ikkinchi qavatdaligimni bilmagan. Mening xonam ikkinchi qavatda bo‘lgan. 20-iyungacha mening xonam bo‘lmagan. Keyin “holl” degan narsa bizda yo‘q. Men bilan hammaning oldida ko‘chada gaplashgan ekan. Mening xonam qayerdaligini bilmasa, gapi gapiga to‘g‘ri kelmayapti-ku.

Mayli, buni ham istisno qilaylik, telefon raqamim deganda [sud tergoviga kelganda] “Men ishxonaga keldim, Jalilova Nigina bilan gaplashdim, Jalilova Nigina menga telefonini berdi”, dedi. Jalilova Nigina ko‘rsatmasida mening hech qanday aloqam yo‘qligi, menga shunchaki telefon qilib, tan olish topshirishni rejalashtirilganligini, Sh. Sh. bilan gaplashiladi deb hujjatlar olinganini aytyapti.

Lekin Asqar akaning ko‘rsatmalari fakt bo‘lishi kerak. Ko‘rsatmalari bo‘yicha Asqar aka “Men borganimda siz bilan tanishdim”, deb [aytyapti]. Xo‘p, bo‘lmasa, telefonimni qayerdan oldingiz desam, “Men sizni oldindan tanirdim-ku”, dedi. Audiozapisda ham yozilgan. [Lekin] u men bilan ishxonada ko‘rishmagan. Kamera turibdi, ashyoviy dalil bor. Har bitta odamni asossiz tiqib qo‘ysa [qanday bo‘ladi?]. Shu narsani menga ko‘rsatmada ko‘rsatinglar. Nima asosida qanday [o‘tkazasizlar?]. Oyini aytolmayapti, qachon bergani kelib chiqmayapti. Nima asosida men hozir bu yerda o‘tiribman? Mayli, lavozim yo‘riqnomam, mayli. Shuncha televideniye turibdi.

30-apreldan Konstitutsiyamizga hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘zgartirish kiritildi. 7-modda bor, 29-modda bor, 23-modda bor. Meni birorta eshitadimi? Mening haqqim bormi shu narsalarni so‘rab olishga? Bitta odamni bu yerda [o‘tiribdi]. Kechirsizlaru, sizlarga “Mana bu yerda o‘tiribsan-ku”, deyish oson. Gvardeyskiyda bir yildan beri o‘tiribman. Ko‘chadagi [odam]lar [kelib] ko‘rsatma beryapti.

Men pushaymonlik xatida tan olganim yo‘q, tergov mobaynida tan olganim yo‘q. Men olganimda ham u narsa vazifamda yo‘q, vakolatimda yo‘q, bajarolmasdim. (“Olganimda”, deganda ayblovda “Kuraraks”ni inspeksion tekshiruvdan yechtirish uchun oldi deyilgan 33 ming dollarni nazarda tutayotgan bo‘lishi kerak — tahr.). Ayblov xulosasida [ham] kimga berilgani noaniq turibdi. Men uni kimga berishim mumkin? Rahbarim tomon bilan (Kariyevni nazarda tutyapti — tahr.) ikki marta ko‘rishgan bo‘lsam.

A.A. va No.M tomonidan bo‘lsa… (gapini davom ettirmaydi — tahr.). Iltimos, hurmatli raislik etuvchi, iltimos, ishxonada cyentabrning oxiri, oktabrda bitta komissiya yig‘ilgan. Shartnomalar [bo‘yicha]. Shartnomaga qo‘mita, buxgalteriya, yurist, hamma xodimlar yig‘ilib, hujjatlarni ko‘rib, 12 kishi oq qog‘ozga qo‘l qo‘yib bergandan keyin xodimim o‘sha narsa bo‘yicha shartnoma qilgan. Lekin Nigina Jalilova boshqacha ko‘rsatma beryapti. Men tushunib turibman, o‘zining jinoiy harakatlarini yashirishi mumkin. Lekin kim menga ashyoviy dalil [bera oladi], o‘zim shartnomani ko‘rganimni isbotlab bera oladi? Bir nechta narsani Vohid olib kelgan.

Mayli, to‘qqizta tan olish bo‘yicha gaplashamiz. “Delo”da 9 ta tan olish bo‘yicha Egamov Ulug‘bek bilan ko‘chirmalar yozganligi [to‘g‘risida] skrinshotlar taqdim qilingan. Unga nima deb aytadi? Vohid olib kelgandan keyin G. S yoki men umuman tanimasligimizni [aytyapti].

Menga nima asosida 210 qo‘yildi? 186 masalasi bo‘yicha. Tadbirkorlarning o‘zi kelib aytyapti-ku. Hurmatli prokuror, hurmatli raislik etuvchi, o‘zining kompyuteridan, ofisidan chiqyapti. U “Men shu odamni tanimayman”, deyapti. Yoki boyagi aytilgan gaplardan oddiy ko‘rsatma bilan qamash kerak bo‘lsa, iltimos, nima uchun qamashlaringni aytinglar. Nima uchun o‘tirganimni tushunmayapman. Mening ham ota-onam bor, mening ham farzandlarim bor, men ham odamman. Nima uchun iqror bo‘lishim kerak? Bu yerda hozir ko‘rsatma deyapti, ashyoviy dalil qilyaptiyu, E.J bilan Sh. Sh.ning yuzlashuvi deyapti. Yuzlashuvda men tan olmaganman. Men unga “Qachon bergansan, iltimos”, deb aytganman.

Sudya: Sh. Sh., sizga nisbatan ko‘rsatma bor. Siz hozir “Ko‘rsatmani dalil qilib olishi mumkinmi, yo‘qmi?”, deb aytyapsiz. Yaqinda sud o‘zining qarorini bildiradi. Tushunarlimi? Savollar bormi? Marhamat, Mengliqulov savollar bo‘lsa.

Advokat Mengliqulov: Sh. Sh., keyingi yangi ayblov, qo‘shimcha ayblov bo‘yicha-da, 11 ta dori vositalari bo‘yicha [gapirsak]. Sh. Sh., A.A., No.M hammalari oldindan til biriktirib… (sudya advokatning gapini bo‘ladi — tahr.)

Sudya: Sh. Sh.da bu ayblov oldingi ayblovda ham bor edi.

Advokat Mengliqulov: A.A. va No.M. B.Q. bilan oldindan til biriktirgan oldindan deyilgan. Shu bo‘yicha nima fikr bildirasiz?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Hurmatli raislik etuvchi, B.Q.ning o‘zi mana bu yoqqa kelib ko‘rsatma berganda meni tanimasligi, bilmasligini aytdi. Men shartnomalarni ham komissiya birinchi ko‘rib chiqqandan keyin shartnoma qilinishini aytganman. Bularga e’tirozim yo‘q. Lekin hujjatlarni ekspertiza qilgan xodim ham kelib mana bu yerda ko‘rsatma berayotganda “Biz Sh. Sh.ga papka bermadik”, dedi. “Kuraraks” dori vositasi bo‘yicha ham. “Men shartnomaga hujjatlar taqdim qilib oldim, ekspertiza qildim, hujjatlarning schyot-fakturasi bo‘yicha to‘lov [ma’lumotlarini] berdim xolos, degan.

Iltimos, shartnomaning 2/6, 2/9 bandida “Ekspertiza shartnoma puli 100 foiz to‘langandan keyin bajariladi, hujjatning qalbakilashtirilishiga arizachi javobgar”, deb yozib qo‘yibdi. Unga tadbirkor imzo ham qo‘ygan.

Hurmatli raislik etuvchi, bundan tashqari ekspertiza bo‘yicha 186 ning aloqasi bor-yo‘qligini ikkita oddiy narsadan bilish mumkin: A.A.ning advokatlari “zapros” orqali Davlat markazidan “Kuraraks” dori vositasining guvohnomasi inspeksiyaga tushgan taqdirda ham “Dok-1 Maks” dori vositasining guvohnomasini … qilishi mumkinmas ekanligining hujjatini sizga sud davomida taqdim qilingan.

U yerda “Kuraraks” dori vositasi inspeksiyaga tushgan taqdirda ham bundan boshqa dori vositalari qonun va qonunosti hujjatlari bo‘yicha Davlat markazining vakolatida ham yo‘qligi aniq qilib aytib qo‘yibdi. Masalan, 1996-yildan beri ishlagan bo‘lsa, shu paytgacha shunday qilmagan. “Praktika” bo‘yicha ham ko‘tarib chiqsak bo‘ladi.

Sudya: Shunaqa hujjat qayerda bor?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: 213 bo‘yicha bor. Menga qo‘yilgan qonunosti, qonun hujjatlarini men ko‘rganim yo‘q. Sertifikatsiya davomida ham bu hujjatlar qo‘yilmagan.

Advokat Davron Ahmadov: Birinchi savolim, J.E. ko‘rsatmalarida 45 ming AQSh dollari summasi aytilganligi, keyin u summa 33 ming AQSh dollariga tushganligi [haqida aytib o‘tgan]. “Kuraraks”ni inspeksiyadan chiqarish masalasi bo‘yicha ham murojaat qilganligi [to‘g‘risida] S.R.P. ko‘rsatma bergan. Mana shu holat bo‘yicha nima deya olasiz? Ko‘rsatmani tasdiqlay olasizmi, yo‘qmi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Mening oldimga kelgan bo‘lishi mumkin. Lekin men bir necha marotaba o‘ziga ham aytganman, sudga ham aytaman, bu mening vakolatimga kirmaydi. Qolaversa, bu narsani men hal qilib berolmasdim. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i[ning] inspeksiya o‘tkazish, tushirish, chiqarish yoki rahbarga aytish vakolati yo‘q.

Ekspertlar kengashining qarori bo‘yicha sudga bayonnoma taqdim qilingan. Shu bayonnoma bo‘yicha guvohnoma chiqarilgan. Lekin Akmal Saidjonov bilan guvohnoma chiqarilgan xodimga “Mana buni majburlab chiqarib ber”, demaganman. Bayonnomada bor narsaga uni majburlashim shart emas, uning ham haqqi yo‘q uni [chiqazdim] deyishga. Bayonnoma kelganda mening qo‘limga kelmagan, elektron variant xodimimga keladi. Hech qaysi bo‘lim rahbari menimcha hamma ishni qilmaydi. Hamma ishga xodim javobgar bo‘ladi. Bajarilgan ishiga.

Advokat Davron Ahmadov: Savolimga javob olmadim-da, o‘sha 45 ming, 33 ming AQSh dollarini taklif qilganmisiz, gaplashilganmi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Yo‘q, u narsa bo‘lmagan.

Advokat Davron Ahmdov: J.E. sizga murojaat qilgan vaqtda chiqarish egallab turgan lavozimingiz, siz boshqargan bo‘limning vakolatiga kirganmi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Yo‘q. Hali ham kirmagan. Qonun va qonunosti hujjati bo‘yicha mening vakolatimga kirmagan. Bunga kengash a’zolari bilan bayonnoma bo‘yicha guvohnoma chiqarganmiz. Guvohnoma chiqqandan keyin imzo qo‘ysangiz, u yuridik kuchga ega emas. Shuni ham inobatga oling.

Sudya: Kimda savol bor? Advokatlarimizda savollar bormi? A.A., savol bormi?

Sudlanuvchi A.A.: Hurmatli raislik etuvchi, savolim yo‘q edi. Izoh[im bor]. Boya “Hujjat qayerda?”, deganingizga aytmoqchi edim. U advokatlarim tomonidan topshirildi. U yerda ma’lum bir dori vositasi ekspertlar kengashi qarori asosida inspeksion tekshiruvga tushadigan bo‘lsa, aynan o‘sha ishlab chiqaruvchining ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgan boshqa dori vositalarini sertifikatlashtirish qonunda belgilanmaganligi keltirib o‘tilgan. Vakolatli organdan javob xati [ham] taqdim qilganmiz. Hozir aytgandek “Kuraraks” inspeksiyaga tushgan bo‘lsa, shuning hisobidan “Dok-1 Maks” yoki “Ambronol” to‘xtatib qolmaslik… Shunga izoh berib ketmoqchi edim.

Sudya: Uni tushundim. Inspeksiyaga tushsa, ishlab chiqarilmaydi degan. Hozir ro‘yxatdan o‘tsa, ishlab chiqarilgan dorini to‘xtatishga asos bo‘lmaydi deyilgan narsa. Uni o‘qiganmiz. O‘tiring. Savollar bormi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Hurmatli raislik etuvchi, oxirgi so‘zni aytishgan ruxsat bering.

Sudya: Marhamat.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: 11 ta, 9 ta dori vositasi bo‘yicha. Bu ham tadbirkorlarga topshirilgan. Mening lavozim yo‘riqnomamda emas, xodimimning lavozim yo‘riqnomasida ham qalbakilashtirishni tekshirish degan narsa yo‘qligini inobatga olgan taqdirda ham topshirgan xodimning o‘zi sudga kelib, “Sh.Sh.ni tanimayman, men bilmayman”, degan. Nima asosida men? Agar men ular bilan til biriktirgan bo‘lsam, 29-dekabrda meni [ishdan olib qolisharmidi?]. Bu yerda ko‘rsatma bo‘yicha iltimosnomamni yana bir qaytarib o‘taman. Tadbirkorlar ham meni tanimaydi, men S.R.P.ni ham sud jarayonida ko‘rganman, tergov jarayonida ko‘rmaganman.

Sudya: Tushunarli. Marhamat, J.E., oldingi ko‘rsatuvlaringizni to‘ldirasizmi, qo‘shimchalar bormi? Marhamat.

Sudlanuvchi J.E.: Oldingi ko‘rsatmamni to‘liq tasdiqlayman. Bitta-ikkita joyini ta’kidlab aytib o‘tmoqchi edim. Qilgan qilmishimdan… (gapini tugallamaydi — tahr.). Yana aytmoqchiman, men S.R.P.ning iltimosini rahbarimga yetkazganman. Uning iltimosi “Kuraraks” dori vositasining inspeksiyasini bekor qilish, qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazib berish bo‘lgan. Va men shu narsani rahbarimga yetkazganman.

Keyinchalik “Kuraraks” ro‘yxatdan o‘tganligi qonuniy jarayon deb bilganman. Noqonuniy ro‘yxatdan o‘tdi deb bilmaganman. Va uni bilganimda bu narsani o‘z aybimga iqroriy [ravishda] tergovga arz qilganman. Ya’ni menga gumonlanuvchi yoki ayblanuvchi statusidan [qaralishidan] oldin o‘zim o‘z aybimga iqror bo‘lib, holatni to‘lig‘icha aytib berganman. Qilgan ishimda 186-moddaning alomatini ko‘rganim yo‘q (Jinoyat kodeksining 186-moddasi: “Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish” — tahr.). Umuman hech qanaqa maqsadni ko‘zlab, birovga qasddan ish qilmaganman, sifatsiz dorini olmaganman, saqlamaganman. 186-modda umuman menga noto‘g‘ri qo‘yilyapti. Bunga iqror emasman.

Sudya: Tushunarli. Prokurorimiz, savollar bormi? (jimlik — tahr.). Advokatlarimiz savollar bormi? (jimlik — tahr.). Sudlanuvchilarimiz savollar bormi? (jimlik — tahr.)

Advokat Davron Ahmadov: Siz S.R.P.ning ko‘rsatuvini eshitdingiz-a?

Sudlanuvchi J.E.: Eshitdim.

Advokat Davron Ahmadov: Tasdiqlaysizmi? Qismanmi, to‘liqmi, umumanmi?

Sudlanuvchi J.E.: Tasdiqlamayman.

Advokat Davron Ahmadov: Nega tasdiqlamaysiz?

Sudlanuvchi J.E.: Bo‘lgan narsani o‘zim aytdim. U gapni tasdiqlamayman, unaqa holat bo‘lmagan.

Advokat Davron Ahmadov: Keyingisi. Sizning ko‘rsatuvingizdan kelib chiqib savol beryapman. 33 ming AQSh dollari sizga berilgan vaqtda qanaqa idish, qanaqa o‘ramda bo‘lgan?

Sudlanuvchi J.E.: O‘tgan ko‘rsatmamda ham aytganman, o‘tgan sudda ham, yozilib ham turibdi. Qora polietilen paketda bo‘lgan.

Advokat Davron Ahmadov: Ichini ochib ko‘rdingizmi?

Sudlanuvchi J.E.: Yo‘q, ochib ko‘rmadim.

Advokat Davron Ahmadov: Nega ochib ko‘rmadingiz?

Sudlanuvchi J.E.: Chunki u narsa meniki emas edi, menga taalluqli emas edi.

Advokat Davron Ahmadov: Sh. Sh. o‘sha 33 ming dollarni olib kelasan deb topshiriq bergan ekan, birovning omonati ekan, nega ochib sanab ko‘rmadingiz?

Sudlanuvchi J.E.: Ochilgan degan shubha bo‘lmasligi uchun ochmadim shu narsani.

Advokat Davron Ahmadov: Unda uning ichida 33 ming AQSh dollari bo‘lganligini qanday bildingiz?

Sudlanuvchi J.E.: 33 ming AQSh dollari borligini bilmayman. Sanamaganman.

Advokat Davron Ahmadov: Miqdorini bilmaysizmi?

Sudlanuvchi J.E.: Yo‘q, miqdorini bilmayman. Lekin kelishuv shunaqa bo‘lgan.

Advokat Davron Ahmadov: Kelishuv bo‘lgan. Unda uning ichida AQSh dollar borligini qayerdan bildingiz?

Sudlanuvchi J.E.: Kelishuv AQSh dollarida bo‘lgan, shuning uchun.

Advokat Davron Ahmadov: Ha, demak, siz buning ichida AQSh dollari bor deb o‘ylaganmisiz yoki AQSh dollari borligini ko‘rdingizmi?

Sudlanuvchi J.E.: Ko‘rganim yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Paketni ochmadingizmi?

Sudlanuvchi J.E.: Ochmadim.

Advokat Davron Ahmadov: Skotchga o‘ralganini ochmagansiz?

Sudlanuvchi J.E.: Yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Ichida[gi] pul yoki pul emasligini bilmaysiz?

Sudlanuvchi J.E.: Shakli pul edi, shakli.

Advokat Davron Ahmadov: Shakli pul ekanligini ko‘rdingiz. Shakliga qarab pul deb o‘yladingizmi?

Sudlanuvchi J.E.: Shunaqa.

Advokat Davron Ahmadov: Chunki men paketning ichini ko‘rolmayman-da.

Sudlanuvchi J.E.: “Pul tayyor, pulni olib ket”, degandan keyin, qo‘lingizga paket bergandan keyin u narsani pul deb o‘ylaysiz-da. Keyin siz berib yuborasiz, bo‘ldi shu bilan.

Advokat Davron Ahmadov: Qizishmang. Shuni so‘rayapman sizdan. Shunaqa yuridik [podacha] bor-da, shuning uchun savol beryapman sizga. Men paketning ichini ko‘rolmayman. Shuning uchun sizdan so‘rayapman. Ko‘rmagan bo‘lsangiz, demak, pulga o‘xshaganligi uchun pul deb o‘yladingizmi, deb aniqlik kirityapman. Pulga o‘xshaganligi uchun pul deb o‘yladingiz, miqdorini sanab ko‘rmadingiz, sababi “shu 33 bo‘lsa kerak”, deb ishondingiz, to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi J.E.: Ishonch bo‘lgani yo‘q. Kelishuv shunaqa bo‘lgan, berdim, bo‘ldi.

Advokat Davron Ahmadov: Oldingiz, berdingiz?

Sudlanuvchi J.E.: Shunaqa?

Advokat Davron Ahmadov: Olayotgan vaqtingiz qaramadingiz. Berayotgan vaqtingiz… (sudlanuvchi advokatning gapini bo‘ladi — tahr.)

Sudlanuvchi J.E.: Unda ham ochilgani yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Sanab ko‘rilmadimi?

Sudlanuvchi J.E.: Yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Shunday berdingiz?

Sudlanuvchi J.E.: Ha.

Advokat Davron Ahmadov: Tushunarli, boshqa savolim yo‘q.

Sudya: Kimda savollar bor? (Jimlik — tahr.). Savollar yo‘q. J.E., sizga savollar bor. Tergov jarayonida bergan ko‘rsatmalaringizni, oldingi sudda bergan ko‘rsatuvingizni tasdiqlaysiz-a?

Sudlanuvchi J.E.: Tasdiqlayman.

Sudya: Hozir siz faqat “Kuraraks”ni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaat bo‘ldi, deyapsiz. Bu inspeksion tekshiruvni kechiktirib turish bo‘yicha emasmi?

Sudlanuvchi J.E.: “Kuraraks”ni inspeksion tekshiruv o‘tkazmay turib ro‘yxatdan o‘tkazish.

Sudya: Tushunarli.

Sudlanuvchi J.E.: Birinchi 2023-yil fevralda bergan ko‘rsatmam ham shunaqa. Hozirgacha shu. Chunki shunaqa iltimos bo‘lgan.

Sudya: Chunki S.R.P. dastlabki tergov jarayonidagi so‘rog‘ida, dastlabki suddagi ko‘rsatmasida “Inspeksion tekshiruvdan kechiktirish bo‘yicha”, degan. Siz [esa] boshqacha ko‘rsatma beryapsiz-da.

Sudlanuvchi J.E.: Endi S.R.P. ikki-uch xil ko‘rsatma berib turibdi. Nega unaqa deganini men bilmayman. Bunga ishonishni [ham] o‘ylab ko‘rish kerak, lekin men bilgan narsamni aytdim.

Sudya: Hech kimda savol yo‘qmi?

Advokat Davron Ahmadov: Hozir adashmasam siz kechiktirish va registratsiyadan o‘tkazish deb ko‘rsatuvingizni o‘zgartirdingiz-da.

Sudlanuvchi J.E.: Kechiktirish deganim yo‘q, uni raislik etuvchi aytdilar.

Advokat Davron Ahmadov: Yo‘q.

Sudlanuvchi J.E.: Hurmatli raislik etuvchi, o‘zingiz ayting, kechiktirish haqida men aytganim yo‘q.

Sudya: [U haqda] men savol berdim.

Advokat Davron Ahmadov: [J.E., unda] savol, o‘zgartirdingizmi, yo‘qmi?

Sudlanuvchi J.E.: O‘zgartirganim yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Demak, faqatgina registratsiya qilish bo‘yicha murojaat qilgan deyapsiz.

Sudlanuvchi J.E.: Ha. Inspeksiya o‘tkazmay turib, registratsiya qilish. “Kuraraks”ga. Inspeksiyani bekor qilish emas.

Advokat Davron Ahmadov: “Inspeskion tekshiruv o‘tkazmasdan turib, registratsiya qilsin deb murojaat qildi”, deyapsiz?

Sudlanuvchi J.E.: Ha.

Advokat Davron Ahmadov: Tekshirish masalasi bo‘lmagan?

Sudlanuvchi J.E.: Ha, bo‘lmagan.

Advokat Davron Ahmadov: S.R.P.ning “Kechiktirish masalasi bo‘ldi”, degan ko‘rsatuvlarini tan olmaysiz?

Sudlanuvchi J.E.: Ko‘rsatmamda unaqa bo‘lmagan.

Advokat Davron Ahmadov: Xo‘p, tushunarli.

Sudya: Savollar bormi? Marhamat, Sh. Sh.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: J.E., siz ayblov xulosasining 573-varag‘ida “Men qatnashishim-qatnashmasligimdan qat’i nazar baribir „Kuraraks“ dori vositasi o‘tib ketardi”, deb aytgansiz. Shunda siz “Kuraraks”ning o‘tib ketishini bilgansiz, deb tushunishim kerakmi, qanday tushunishim kerak?

Sudya: Sal boshqacharoq. “Men bilan hal qilmasa, boshqa birov bilan hal qilib ketardi”, deb ko‘rsatma bergan.

Sudlanuvchi J.E.: Tergovda “Pectro” holati aytilgani uchun men shu fikrni aytganman. Baribir hal bo‘ladi deb.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Siz ayblov xulosasida 5-iyunda kelganman deb yozgan taqdiringizda, men 20-iyunda rahbar vazifasini bajaruvchi bo‘lib o‘tirganman-ku. Qonun bo‘lmagan-ku. Bunga nima deya olasiz?

Sudlanuvchi J.E.: Bizda iyun oyining boshlarida ikkita rahbar bo‘lgan. O‘sha payt vitse bilan rahbar. G. S. joylarida bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Men shularning oldilariga kirganman.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Siz to‘rt hafta ko‘rsatyapsiz-da. “Ikki hafta bunga hal qilishga ketdi, ikki hafta bunga hal qilishga ketdi, uch kundan keyin oldim, to‘rt kundan keyin olib borib berdim”, deyapsiz. Umumiy to‘rt hafta ketgan. Lekin men 20-da o‘tirgan bo‘lsam, 29-da guvohnoma berilgan bo‘lsa, bu degani bayonnoma kamida 25−26 da chiqqan, to‘g‘rimi? Bayonnoma bir kunda chiqadi. Siz aytayotgan muddatlar bo‘yicha… (sudlanuvchi J.E. uning gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudlanuvchi J.E.: Guvohnoma qachon chiqqanini bilmayman, protokol qachon chiqqanini ham, o‘zgarganini ham bilmayman, xabarim yo‘q, sanasini ham bilmayman.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Ayblov ko‘rsatmasida bergan ko‘rsatmangiz bo‘yicha kunlar bor.

Sudlanuvchi J.E.: O‘sha ko‘rsatmamni tasdiqlayman. Bu hech qanaqa guvohnoma chiqishi [bilan] bog‘liq emas. Qachon chiqqanini ham bilmayman.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Qanday bog‘liq emas? Men S.R.P. bilan inspeksiyani hal qilish [haqida] gaplashdim deb aytyapsiz. Ikki hafta unga ketdi, bir hafta bunga ketdi… (sudya sudlanuvchining gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Sh. Sh., bitta narsaga e’tibor qiling. Jinoyat ishi hujjatlarida “Inspeksion tekshiruvga tushgandan keyin orqa sana bilan raqamlashtirib berilgan” [degan] ayblov turibdi. Siz uning sanasiga e’tibor qilmang-da.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Men sanasiga [e’tibor qilmadim]. Hurmatli raislik qiluvchi, mehnat daftarchamni ko‘rib chiqsangiz, men 20-iyunda boshliq bo‘lib o‘tirganman, [u esa] 29-iyunda chiqib o‘tgan. [J.E. aytayotgan 4 hafta vaqtga tushunmayapman]. Bayonnoma chiqishiga ham kun kerak-ku, bayonnoma bir kunda chiqmaydi-ku. U “pechat”lanadi, elektron tarzda ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi, imzo qo‘yiladi.

Sudya: Tushunarli. Savollar yo‘qmi?

Advokatlardan biri: J.E., ayting, sizga avval ham shunaqa takliflar tushganmi?

Sudlanuvchi J.E.: Yo‘q-yo‘q.

Advokat: Taklif tushmagan bo‘lsa, shunda bunaqa ishlar bilan shug‘ullanmagan bo‘lib chiqasizmi?

Sudlanuvchi J.E.: Unaqa qilmaganman.

Advokat: O‘zi bu ishlarni kim hal qilishini bilarmidingiz?

Sudlanuvchi J.E.: Men bu narsani o‘tgan safargi ko‘rsatmamda ham aytganman. S.R.P. “Mana bu ishlar bor, rahbaringdan so‘rab ko‘r”, degan. Uning taklifi bo‘lgan, shu bilan bo‘ldi.

Advokat: Siz bunaqa taklif bilan borishga rahbaringizdan iyman[maganmisiz] yoki qo‘rquv [bo‘lmaganmi?]. Endi bunaqa ish qilib yurmagan odamda shunaqa ish bor, shuncha pul bor deb aytishga [jasorat] bo‘lmaydi-da.

Sudlanuvchi J.E.: S.R.P.ni taklif qilib, pul bilan borilmagan u narsa. Qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinmi, deb iltimos qilingan. Shu. Iltimos, o‘sha narsani yaxshilab o‘qib, savol bering.

Sudya: Savollar bormi? (jimlik — tahr.).

Sudlanuvchi S.S., [sizda] eski ayblov turibdi, yangi ayblovdan o‘lgan bolalar bo‘yicha ko‘rsatuv tushgan. Marhamat, oldingi ko‘rsatuvlaringizda qolasizmi yoki o‘zgartirasizmi, boshqa qo‘shimchalar qilasizmi?

Sudlanuvchi S.S.: Hurmatli raislik qiluvchi, oldingi ko‘rsatuvlarimda qolaman, o‘sha ko‘rsatuvlarimni tasdiqlayman. Bu holat bo‘yicha ijozat bersanglar ikki og‘iz qo‘shimcha bor. Avvalambor, jabr qilinganlarga hamdardman. Shu bilan birga ushbu holat bo‘yicha e’lon qilingan ayblovga to‘liq iqror emasligimni aytib o‘tmoqchiman. Sud tergovi jarayonida bunga tegishli bo‘lgan isbot va dalillar himoyachilarim tomonidan taqdim qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining 213-qarori bo‘yicha. “Dok-1 Maks” pereregistratsiya, ya’ni davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazish bo‘yicha kelib tushgan hujjatlari Davlat markazining ro‘yxatga olish bo‘limi tomonidan 213-qarorga muvofiq qabul qilingan. Birlamchi ekspertiza ham, Farmokologiya qo‘mitasidan administrativ hujjatlarga tegishli bo‘lgan ekspertiza ham 213-qarorga muvofiq amalga oshirilgan. Buni oldingi ko‘rsatuvlarimizda ham sud tergov jarayonida ham taqdim qilganmiz.

Ya’ni 3-ilovaga muvofiq klinik va klinikoldi tadqiqotlarining preregistratsiya vaqtida o‘tkazilmasligi 213-qarorning ilovasiga, talablariga va hattoki hozirgi vaqtda Davlat markazining amalga oshirayotgan ishiga muvofiq amalga oshiriladi. Hozir ham davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida klinik va klinikoldi tadqiqotlar amalga oshirilmaydi. Shu boisdan biz o‘zimizning ko‘rsatuvimizda turamiz. Hurmatli raislik qiluvchi, aybsiz bo‘lgan ayblanuvchilarga ularning aybsiz bo‘lgan holatlariga oid dalillar hurmatli advokatlari tomonidan keltirilganda sud tomonidan inobatga olinadi. Va sud tomonidan odil, haqqoniy bo‘lgan qaror chiqariladi. E’tiboringiz uchun rahmat.

Sudya: Marhamat, savollar. Prokurorimizda, advokatlarimizda, sudlanuvchilarimizda. (jimlik — tahr.). O‘tiring.

J.Sh., sizga yangi ayblov bo‘yicha 106-modda 4-qismi “a” bandi qo‘shilgan. Marhamat, oldingi sudda bergan ko‘rsatuvlaringiz tasdiqlaysizmi yoki boshqa ko‘rsatuvlaringiz bormi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Oldingi sudda bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman, qo‘shimchalarim yo‘q.

Sudya: Prokurorimizda savollar bormi? (jimlik — tahr.). Himoyachilarimizda savollar bormi? (jimlik — tahr.). Sudlanuvchilarimizda savollar bormi?

Sudlanuvchi Sh. Sh.: J.Sh., bitta narsani ayting, bo‘ldi, yetadi. Ishxonada shanba-yakshanba kuni, dam olish kunlari rahbariyatning topshirig‘i bilan soat sakkiz-to‘qqizda bo‘lsa ham kechki payt uyingizga borib, ishxonaga olib borib yoki ish masalasi bo‘yicha chaqirganmanmi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Ha, borgansiz.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Boshqa xodimlar, masalan, qizlar bo‘lsa, Sergeliga, Yunusobodga bo‘lsa, olib borib qo‘yganmanmi? “Pilling” bo‘lsa, shu narsa chiqadimi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Ha, chiqadi.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Shanba-yakshanba ishga chiqqanmizmi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Ha, chiqqanmiz.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limining vakolatida inspeksion tekshiruv bormi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Unisini bilmadim. Bo‘lmagan bo‘lsa kerak.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Ekspertiza qilganingizdan keyin schyot-faktura laboratoriya bo‘limiga kirarmidi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Ha, kirardi.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Boshqa hech nima kirmaydimi?

Sudlanvuchi J.Sh.: Yo‘q.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Rahmat.

Sudya: O‘tiring.

[Sudlanuvchi] A.J., sizga ham xuddi shunaqa: harakatlaringiz mansab bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Mansabga sovuqqonlik bilan qarash natijasida odamlarning og‘ir ahvoli, o‘limi kelib chiqishida mansab bilan bog‘liq. Sizlarning harakatlaring mansabdorlik bo‘lmagani sababli davlat xizmatchisining o‘ziga yuklatilgan vazifani munosib tarzda bajarmaslik deb keltirilgan. Marhamat, ko‘rsatuv berish navbati sizga. Oldingi ko‘rsatuvlaringizni tasdiqlaysizm?

Sudlanuvchi A.J.: Oldingi sud tergovi davomida bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman, shu ko‘rsatuvlarda qolaman, qo‘shimchalarim yo‘q.

Sudya: Tushunarli. Prokurorimiz, savollar bormi?

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Advokatlarimiz savollar bormi?

Advokat Rajabov: Hurmatli raislik etuvchi, qarang, oldin 250-modda bilan ayb e’lon qilindi. Endi esa 116-modda. Hozir hammasini bitta qilib 116 bo‘yicha so‘roq qilyapsizmi yoki 207 bilanmi? 207 bilan bo‘ladigan bo‘lsa, [o‘tgan safargi sudda] bergan ko‘rsatmalarini inobatga olasizmi yoki hozir 116 bo‘yicha qayta so‘roq qilamizmi?

Sudya: Sudga savol berish mumkin emas.

Advokat: Yo‘q, to‘g‘ri (cud zalidagi yengil kulgi paydo bo‘ladi. Jumladan, sudya va advokat Rajabovning keyingi dialoglari kulgu bilan davom etadi — tahr.). Lekin men sizdan aniqlik kutyapman.

Sudya: Sizda hozir 207-ayblov yo‘q. 416 bo‘lib ketgandan keyin 207 bilan qo‘yilgan ayblov 116 ga o‘zgartirib berildi. Sizda 207 da ayblov yo‘q.

Advokat: Bo‘lmasa, hurmatli raislik etuvchi, mening himoyam ostidagi shaxs 207-ning 1-qismi bilan dastlabki sud tergovi davrida bergan ko‘rgazmalarini to‘liq tasdiqlashini aytdi. Unga 116 bilan hozir ayblov e’lon qilingan, shundaymi?

Sudya: Muhtaram jarayon ishtirokchilari, biz 207-moddada bormisan, yo‘qmisan degan so‘roqni berganimiz yo‘q. “Men aybimga umuman iqror emasman, aybim yo‘q”, deyapti. Biz aybing bormi, yo‘qmi, degan savol berganmiz, to‘g‘rimi, A.J. Faqat shu. Biz 207 ga iqrormisan, 116 ga iqrormisan [deganimiz yo‘q]. 116 ga iqrormisiz?

Sudlanuvchi A.J.: Yo‘q (sud zalini yana yengil kulgi egallaydi — tahr).

Sudya: Savollar yo‘qmi? (jimlik — tahr.). O‘tiring. Sudlanuvchi G. X., marhamat, so‘z sizga. Siz ham 116 bilan ayblangansiz. Yangi ayblov ham 116 bilan.

Sudlanuvchi G. X.: Oldingi sudda bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman. Aybimga umuman iqror emasman.

Sudya: Tushunarli. Siz faqat hujjatning tarjimasi bo‘yicha yozgansiz. Oldingi ko‘rsatuvingiz shunaqa edi-a?

Sudlanuvchi G. X.: Ha.

Sudya: Tushunarli. Prokurorimizda savollar bormi?

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Hech kimda savollar yo‘qmi? (Jimlik — tahr.). Sudlanuvchi G. B., oldin ayblov kelganda aybimga iqror emasman dedingiz, keyin qisman iqrorman dedingiz, hozir yana iqror emasman deyapsiz.

Sudlanuvchi G. B.: To‘liq iqror emasman, sud jarayonida bergan ko‘rsatmalarimni to‘liq tasdiqlayman, qo‘shimchalarim bor. Yuqoridagi hamkasblarimiz aytganidek, agar o‘sha dorilar laboratoriyaga tushgan taqdirda ham men belgilangan normativ hujjatlar doirasida tahlillarni o‘tkazgan bo‘lar edim.

Yettita ko‘rsatkich bo‘yicha men faoliyat ko‘rsatgan laboratoriya, bitta ko‘rsatkich bo‘yicha mikrobiologiya laboratoriyasi, shu belgilangan hujjat doirasidan chetga chiqmas edim. “Yaxshi, talabga javob beradi”, degan xulosani berardim. Hech narsa o‘zgarmas edi. Chunki men propilenglikolni aniqlamagan bo‘lar edim. Normativ hujjatda bu talab yo‘q.

Men sudga O‘zbekiston Respublikasining farmakopeyasi, Yevropa farmakopeyasi, AQSh farmakopeyasini taqdim etganman. Chinligi, miqdoriy analizi faol, faqatgina faol moddalar tekshirilishi. Hattoki O‘zbekiston farmakopeyasida ayrim hollarda konservantlar deb yozibdi.

Biz sudda aynan shu “Dok-1 Maks”ni necha marotaba ta’kidladik. Natriy benzoat mikroblarni o‘stirmaydigan yordamchi modda. Uning sifati ham, miqdori aniqlanishi ham laboratoriya hujjatida belgilab ko‘rsatilgan. Shu bilan to‘ldirmoqchi edim.

Shuningdek, menga “G.B. ekspertlar kengashining a’zosi bo‘la turib, [dori] laboratoriyaga tushmagan bo‘lsa ham rad ovozi bermagan deb [ayblov yozilgan]. E’tibor bergan bo‘lsalaringiz, hozir bekor bo‘lgan 104-buyruqda 24 ta a’zo, agar kotibni chiqarib tashlasa, 23 ta a’zoning hamma mustaqil ovozga ega.

Qolaversa, u yerda laboratoriya mudiri faqat laboratoriya bo‘yicha javob bersin, metrolog faqat dorilarning metrologiyasi yoki med-texnikaning metrologiyasi bo‘yicha javob bersin degan hech qanaqa talab yo‘q. Hamma mutaxassislar o‘zining mustaqil fikriga ega va o‘zining mustaqil ovozini beradi-da. Bu ayblovda xuddi men — G. B. shu ekspertlar kengashida hamma narsani hal qiladigandek [rolga qo‘yilganman]. Shunaqa ayblov menga qo‘yilgan. Shuning uchun men buni rad etaman, iqror emasman.

Sudya: Unda sizga savol bo‘ladi. O‘sha paytda ekspertlar kengashi Sog‘liqni saqlash vazirining 104-buyrug‘i shakllantirilgan, to‘g‘rimi?

Sudlanuvchi G. B.: To‘g‘ri.

Sudya: Xo‘p, unda savol. Mana, aynan ism-familiya bo‘yicha qilinmayapti, lavozim bo‘yicha shakllantirilyapti. Laboratoriya bo‘limi mudiri, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i. Nima uchun unda lavozim bilan shakllantirilgan? O‘sha lavozimda o‘tirgan odam laboratoriyani o‘tayaptimi? O‘zidan o‘tdimi, u biladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazdimi, u biladi.

Sudlanuvchi G. B.: Endi 104-modada mana mana shu masalalar aniq yoritilmagan. Umumiy masalada hamma mutaxassis sifatida o‘zining fikrini bildirishi mumkin. Keyin, bu laboratoriyaga tushmasligini bitta bu laboratoriya mudiri sifatida men emas, hamma yaxshi biladi. Chunki bu oldin amaliyotda bo‘lmagan, hujjatda ham bunday talab bo‘lmagan. Men oldingi ko‘rsatmalarimda ham aytdim. Shunaqa ishlangan. Shuning uchun aynan laboratoriya o‘shanga qarashi kerak edi deb aytolmayman.

Sudya: Tushunarli. Xo‘p, 213-modda bo‘yicha laboratoriyadan o‘tkazish kerak bo‘lganmi?

Sudlanuvchi G. B.: 213-moddaning 36-bandida xuddi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘liminikidek tartibida amalga oshiriladi deb yozib kelingan. Bu keyin kirgan norma.

Sudya: Keyin kirgan deganda “Dok-1 Maks” o‘tib ketgandan keyin kirgan demoqchisizda?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q-yo‘q. Ungacha bo‘lgan.

Sudya: O‘sha vaqtda amalda bo‘lganmi?

Sudlanuvchi G. B.: Bo‘lgan.

Sudya: Laboratoriya tekshiruvidan o‘tishi kerak edimi?

Sudlanuvchi G. B.: Berilishi kerak edi. Shu hisob, band bo‘yicha. Lekin o‘sha aytilganidek… (sudya sudlanuvchining gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Mayli, o‘limga aloqasi bormi, yo‘qmi, [u haqda emas]. Siz shuni tan olasizmi?

Sudlanuvchi G. B.: Tan olaman.

Sudya: O‘sha joyini tan olasiz?

Sudlanuvchi G. B.: Tan olaman.

Sudya: Tushunarli, savollar bormi?

Sudlanuvchining advokati Chutbayev: Menda savol bor edi.

Sudya: Marhamat.

Sudlanuvchining advokati Chutbayev: G. opa, [o‘sha paytda] bolalarning o‘limini butun respublikada qo‘pol qilib aytganda kovid bilan bog‘lashayotgandi. Qo‘pol qilib aytganda [bolalar] “Dok-1 Maks” bilan zaharlanayotganini birinchi bo‘lib o‘zingiz ochgansiz.

Sudlanuvchi G. B.: Shunaqa.

Sudlanuvchining advokati Chutbayev: [Siropning] tarkibida etilenglikol borligini O‘zbekistonda aniqlagan odam siz bo‘lasizmi?

Sudlanuvchi G. B.: Shunaqa.

Sudlanuvchining advokati Chutbayev: O‘zingizga qarshi [ish qilishga] nima majburladi? Shu xulosada, shu moddada etilenglikol bor deb aytishga nima majburladi? Yo‘q, unaqa narsa bo‘lmadi desangiz, hamma bolalar koviddan o‘ldi, deb yopilib ketardi.

Sudlanuvchi G. B.: Menga mansabdor shaxsning sovuqqonligi [tarzida] ayblov qo‘yilgan. [Lekin biz] mana shunaqa signal kelishi bilan darrov harakat qildik-da. Masalan, vakolatimizga kirmaydi, qilmaymiz [deb] jim o‘tirsak ham bo‘lardi. Mana normativ hujjat, 8 ta “pokazatel”dan yettitasi yaxshi chiqdi, deb [yozilgan].

Sardor Hikmatovich aytganlaridek, birinchi safar o‘sha doirasida qilganimizda yaxshi bo‘lgan, normativ hujjat talabiga javob bergan. Birinchi kuni, 20-sanada (2022-yilning 20-dekabri nazarda tutilyapti — tahr.). Keyin, mana shunaqa signalni bilishimiz bilan darhol chuqurlashtirilgan analizlar qildik.

Agar vijdonsiz, sovuqqon, layoqatsiz bo‘lganimda boshqalarga “yo‘q, qilmaymiz”, deb aytib, shundoq o‘tirgan bo‘lardim. Bilmadim endi. Darrov aniqladik. Agar shuni aniqlamaganimizda, ancha kech qolganida bundan ham ko‘p, yomon fojia bo‘lishi mumkin edi. Bilmadim, bir narsa deyolmayman lekin. Tezkor harakat qildik, darrov mana shunaqa ekan deb aytdik, sovuqqonlik qilmadik demoqchiman.

Sudya: G. opa, o‘sha paytda tekshirganingizda dorining tarkibida [noma’lum] cho‘kmalar bor edi-ku, o‘shani toparmidingiz?

Sudlanuvchi G. B.: Agar menga berilgan namunada o‘sha cho‘kma bo‘lganida, aniqlagan bo‘lardim.

Sudya: O‘shanda ekspertlar kengashiga o‘tib ketgan bo‘larmidi, o‘tmagan bo‘larmidi?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q, o‘tib ketmagan bo‘lardi.

Sudya: O‘tib ketmas edi. Sizga kelganda o‘tib ketmasdi, ehtimoli bor edi.

Sudlanuvchi G. B.: Salbiy natija bergan bo‘lardim.

Unga yaqin o‘tirgan sudlanuvchilardan biri past ovozda: Nimalar deyapsiz, hammaga qarshi gapiryapsiz? (sud zalidagi sudlanuvchilar orasida shovqinlar paydo bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Mayli, tushundim, tushundim (nimkulgi ohangda). Kimda savol bor?

Advokat Davron Ahmadov: Sizga raislik etuvchi savol berganlarida “cho‘kmasi bo‘lganda aniqlardim”, dedingiz. Shuning cho‘kmasi borligining qanaqa kafolati bor?

Sudlanuvchi G. B.: Kafolati yo‘q. Ehtimollar nazariyasidan kelib chiqadigan bo‘lsak, [bu] nisbiy, 100 foiz [emas]. Menda berilgan namunada uchraydi, deb aytolmayman. Chunki registratsiyada berilgan namunada aynan yaxshi chiqqan. Uning ichida hech qanaqa cho‘kma ham yo‘q. Va o‘sha propilenglikolni yordamchi moddalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan aralashmalar etilenglikol, dietilenglikol ham yo‘q. Yaxshi chiqdi.

Sudya: Qachon tekshirdingiz uni?

Sudlanuvchi G. B.: Uni mana shunaqa voqealar boshlangandan keyin tekshirdik-da.

Sudya: Ya’ni [suddan avval] o‘sha narsa sizlarda turibdimi degandan keyin tekshirdingizlarmi?

Sudlanuvchi G. B.: O‘sha Farmakopeya qo‘mitasidan bitta namuna olib tushirilganda dorixonalardan olib kelingan dorilar bilan birga tekshirilgan. Mana, sizga berilgan bayonnomam registratsion namuna bittasi.

Sudya: G. B., biz aniqladik, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limiga 33 tami 34 tami taqdim qilinganda o‘sha skladda turgan [ekan]. O‘shani tekshirdingizmi?

Sudlanuvchi G. B.: O‘sha Farmakopeyaga olib tushilganda tekshirilgan.

Sudya: O‘sha paytdagini tekshirgansiz?

Sudlanuvchi G. B.: Ha, o‘shani tekshirganmiz.

Sudya: Undan keyin tekshirmadingizmi?

Sudlanuvchi G. B.: Undan keyin tekshirmadim. Hozir ham o‘sha namunalar saqlanib turibdi. Tekshirsa, yaxshi chiqadi. 2020-yildagi seriya.

Advokatlardan biri: Cho‘kmani aytingiz, hamma siroplarda cho‘kma chiqqanmi?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q, ayrimlarida. Kam.

Advokat: Bitta narcani eslab ko‘ring, bu cho‘kma chiqqani ochiq flakon bo‘lganmi, yopiq flakon bo‘lganmi?

Advokat Davron Ahmadov: Sizga berilganda demoqchi.

Advokat: Yo‘q, analiz o‘tkazilayotganda cho‘kma chiqqanda sizgacha ochiq bo‘lganmi yoki siz ochganmisiz?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q, ochiqmaslari ham bor. Bu kelgan, tashqaridan [podbor] olib kelingan namunalar-da.

Advokat: Raislik etuvchi, bu ekspertning xulosalarini o‘rgangandim. Cho‘kma, kristall ochiq flakonlarda chiqqan. Zavodskoy yopiqlaridan chiqmagan. Shunga ahamiyat berishingizni so‘rardim. Ishlatilgan [idishlardan chiqqan].

Advokat Davron Ahmadov: Raislik etuvchi, ruxsat bersangiz, bu yerda dori vositalaridan foydalanish, tashish qoidalari bor-da. “Quramax Medical”dan chiqib ketgan dori vositasi nechta qo‘ldan-qo‘lga, dorixonaga boryapti. Dorixonada qanaqa saqlangan, bozorga borgan, turgan. Qoidalarga rioya qilingan, qilinmaganini biz bilmaymiz. Buni gumon qilsak, o‘sha vaqtga uncha to‘g‘ri kelmaydimi deyman-da.

Sudya: Tushunarli, bitta narsa — ish bo‘yicha ochiqda chiqadimi, yopiqda chiqadimi. Opaning o‘zining bergan xulosalari jinoyat ishining birinchi tomida turibdi. U yerda “Noto‘g‘ri saqlash natijasida”, degan joy bor.

Advokatlardan biri: Raislik etuvchi, ochiq holatda degan joyi bor-da.

Sudya: Ochiq holatda bo‘lgani uchun tushib qolgan… yopiqda ham tushib qolganmi deyapman, o‘zi ham eslolmayapti.

Advokat Davron Ahmadov: Keyingi savolim, tadbirkorlar namuna olib keladi-ku. Namuna olib kelganda har doim eng yaxshi namunasini olib kelarmidi?

Sudlanuvchi G. B.: Men bu to‘g‘risida ma’lumot berolmayman. Agar ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, u yerda bitta ishlab chiqarish seriyasining uch marotaba taqdim etilganini olib kelish nazarda tutilgan. O‘sha miqdorda olib keladi, masalaning u tomonlarini men bilolmayman.

Sertifikatlashtirish jarayonida tanlash bo‘yicha o‘zi “usloviya”, jarayonlar bor. O‘sha bo‘yicha sertifikatlashtirish organining xodimlari belgilangan tartibda tanlab oladi. Bitta joydan olmaydi, o‘zining tarti-qoidasi bor. Har xil joydan tanlab oladi. Aralashtirib, o‘ziga kerakli miqdorini.

Advokat Davron Ahmadov: Hali G. S.ga savol bergandim, o‘sha savolni sizga qaytaraman. O‘sha vaqtdagi mavjud amaldagi qonunchilik bo‘yicha laboratoriyaga tushganda, tekshirilganda siz dietilenglikol yoki etilenglikol predmetiga tekshirgan bo‘larmidingiz?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Agar tekshirgan bo‘lganingizda ham propilenglikolga tekshirgan bo‘larmidingiz?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Sababi?

Sudlanuvchi G. B.: Sababi normativ hujjatda propilenglikolni tekshirish bo‘yicha talab yo‘q. Qoidalar bo‘yicha bu majburiy talab emas.

Advokat Davron Ahmadov: Pereregistratsiyada ham registratsiyada ham bunaqa talab yo‘g‘a?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q.

Advokat Davron Ahmadov: Faqat asosiy vositalar?

Sudlanuvchi G. B.: Asosiy vositalar, mana xalqaro hujjatlarda ham aynan o‘sha konservantlarni tekshirgin, degan. Mana, u yerda natriy benzoat, u turibdi. Uni tekshirgan. Sertifikatlashtirish organlari ham, registratsiya paytida ham tekshirgan.

Sudya: Yana savollar bormi? Marhamat, Sh. Sh.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Assalomu alaykum, G. opa, yaxshimisiz? Bitta savolim bor edi. Tergov davrida audiozapislar tergovga topshirilganini bilasiz. Bu yerga inspeksion markaz DUK direktori Dusmatov Aziz Fayzamatovich kelib ketganini ham bilasiz.

Sudya: Zarur amaliyotlar [markazi].

Sudlanuvchi Sh. Sh.: oktabrda bo‘lgan 21-ekspertlar kengashida Aziz Fayzamatovich “Inspeksion tekshiruvga qo‘yilganimizdan keyin bundan oldingi guvohnomalarni to‘xtatishga [haqqimiz] yo‘q, to‘xtatolmaymiz, belgilanmagan. Shuning uchun inspeksion ish jarayonidagilarning pereregistratsiya[si]ni ham to‘xtatishingizni so‘rayman”, deb o‘zining takliflarini bildirgandi. O‘shanda biz tomon “Preregistratsiyaga topshirayotganda muddati nima bo‘ladi?”, deganimizda “Buni ko‘rib chiqadi”, degandi-da. Savol, shu gap bo‘lganini tasdiqlay olasizmi?

Sudya: Bu savol noto‘g‘ri-da. Bu sud majlisining aybnomasida turibdi. Sud baho beradi.

Sudlanuvchi Sh. Sh.: Shuni ham inobatga olishingizni xohlardim, hurmatli raislik etuvchi.

Sudya: Opaga savol bormi? (jimlik — tahr.). Mana sizga yana bitta savol. Demak, laboratoriyaga tushirilmaganini tan olasiz. Xo‘p, asal ta’mli ["Dok-1 Maks"] yangi komponentmi, yangi ro‘yxatdan o‘tyaptimi?

Sudlanuvchi G. B.: Yo‘q, u ro‘yxatdan o‘tmaydi.

Sudya: Nega?

Sudlanuvchi G. B.: U yerda faqat aromatizator qo‘shilganda.

Sudya: Xo‘p, nimaning evaziga? Sal bo‘lsa ham tarkibi o‘zgaradimi? Asal ta’mi keladimi?

Sudlanuvchi G. B.: Tarkibida yordamchi modda kelgan. Bu klassifikatsiya qilinganda yangi registratsiya deb qaralmaydi. Yangi registratsiyada qachon bo‘lishi mumkin? Yangi registratsiyada ta’sir etuvchi moddasi… (sudya sudlanuvchining gapini bo‘ladi — tahr.).

Sudya: Xo‘p, savolga javob bering-da.

Sudlanuvchi G. B.: Aromatizator qo‘shilganda bu yangi registratsiya hisoblanmaydi. Keyin, yangi kombinatsiya deyishdi-da. Bu unaqa emas, ikki va undan ortiq faol moddaga ega bo‘lgan dori vositasi “kombirinovannoye lekarstvo sredstvo”, deyiladi. Agar uning yoniga yana bitta modda qo‘shib qo‘yilganda bu yangi kombinatsiya hisoblanadi. Shuning uchun bu yangi kombinatsiya bo‘lolmaydi, yangidan registratsiya bo‘lolmaydi.

Sudya: Tushunarli, savollar yo‘qmi?

Prokuror: Savol bor edi, shundoq aniqlik kiritish uchun, o‘zimiz uchun-da endi. Deylik, o‘sha kompaniya limon emas, malina mazali ta’m qo‘shdi. Davlat markazidan ro‘yxatdan o‘tkazib O‘zbekistonga olib kirish kerakmi yoki shundoq ham olib kirsa bo‘ladimi? Oldingisi, limoni bo‘yicha guvohnomasi bor qo‘lida.

Sudlanuvchi G. B.: Hamma yangi hujjatlar registratsion hujjatlarga o‘zgartirish tartibda kiritiladi. Yangi registratsiyada yangi “udostereniya” berilmaydi. Hujjat topshiriladi, lekin o‘zgartirish tarkibida.

Sudya: Marhamat, M.H. Sizga ham uchta o‘lgan bolaning ayblovi, nogiron bo‘lib qolgan bolalarning ayblovi bilan bog‘liq yangi ayblov qo‘shilgan.

Sudlanuvchi M.H.: Ruxsatinglar bilan oldingi bergan ko‘rsatmalarimga qisqacha qo‘shimcha qilmoqchiman. Avvalambor “Dok-1 Maks” dorisi iste’molida vafot etgan bolalarning oila a’zolariga o‘zimning hamdardligimni bildiraman. Shu bilan birga ikkinchi ishda ma’lum bo‘lishicha 18 nafar bolalarning yengil va og‘ir tan jarohatlari olish orqali aziyat chekkan oilalarga farzandlari sog‘ayib ketishini tilab qolaman.

Bundan tashqari shu ko‘rsatmaga qo‘shimcha bayon qilamanki, “Dok-1 Maks” dori vositasi ikki yil davomida bizning ilmiy markaz tomonidan tekshirib, muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilgan. Tekshirish jarayonlarida belgilangan normativ hujjatlar asosida sinovlar o‘tkazilgan bo‘lgan. Demak, 13 ta dori bo‘yicha. Va shu davr mobaynida bu holatlar bo‘yicha hech qanaqa korxona, iste’molchilar yoki olib kiruvchilardan ham yozma yoki og‘zaki tarzda shikoyatlar tushmagan.

Lekin hozir bu yerdagi muammo propilenglikol moddasi[da] etilenglikol moddasi qayd etilganlik holati bo‘yicha kelib chiqqani [aytilyapti]. Bizning me’yoriy hujjatlarda propilenglikol yordamchi moddasini tekshirish obyekt sifatida kiritilmagani ko‘p muhokama qilindi.

Sertifikatlashtirish organi dori vositalarining [ustida] sertifikatlashtirish qoidalari bo‘yicha, normativ hujjatlar va u asosida turgan sinov [dasturlari] asosida tekshiruvlarini amalga oshiradi. Olingan natijalarni ijobiylik yoki salbiylik holatidan kelib chiqib, sinov bayonnomasini tayyorlaydi. Shu me’yoriy hujjatdan chetlashishga bizning ruxsatimiz bo‘lmagan. Shu bois biz NDda belgilangan me’yoriy hujjat asosida sinovlar o‘tkazganmiz va shu asosida xulosa qilganmiz.

Yuqorida ham ko‘p ta’kidlab o‘tishdi, propilenglikol moddasini [tekshirish] [talabi] aynan hech qaysi farmakopeyada yo‘q. Undan tashqari qo‘shimcha qilamanki, bizning dori vositalariga qo‘yilgan 365-sonli texnik reglamentda ham aynan ta’sir etuvchi moddalarga nisbatan “premis”larni aniqlash ko‘zda tutilgan, yordamchi moddalarga nisbatan tahlillar o‘tkazish nazarda tutilmagan. Bu narsa na farmakopeyada, na dori vositasining o‘ziga tegishli bo‘lgan me’yoriy hujjatlar yoki “spetsifikatsiya”larda qayd etilmagan. Shu boisdan mana shu propilenglikol ichida mavjud bo‘lib qolgan yot modda nazardan chetda qolgan holda dori vositasi o‘tib ketib qolgan.

Oldingi ko‘rsatmalarimda aytganmanmi, yo‘qmi, eslolmadim, lekin ta’kidlab o‘tishni xohlardimki, o‘sha zavod davrida substansiya xarid qilinib, ishlab chiqarilgandan keyin dorilarning aktiv, shu bilan birga yordamchi moddalarini tekshirish jarayonida ham ma’lum bir seriyalarida propilenglikolning sifat tahlillari keltirilmaganining guvohi bo‘lganman. Bu ham moddalarning o‘tib kelishiga sabab bo‘lgan holatlardan bittasi deb bilaman.

Va oxirgi qo‘shimcham: [doriga] biror o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa, buni ishlab chiqaruvchi korxonaning o‘zi sertifikatlashtirish organiga, shu bilan birga ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanadigan Davlat markaziga ham yozma ravishda bildirishi kerak. Mana shu holatlar shu voqealarning sabab bo‘lishiga asos bo‘lgan deb o‘ylayman.

Sudya: Prokurorimiz savollar bormi? (jimlik — tahr.). Advokatlarimiz savollar bormi? (jimlik — tahr.).

Videokonferensaloqa orqali ishtirok etayotgan sudlanuvchi Sh. X., marhamat, yangi qo‘shilgan ayblov bo‘yicha.

Sudlanuvchi Sh. X.: Oldingi bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman. 205 va 207-moddalarga iqror emasman, bolalarning o‘limida o‘zimni aybdor his qilmayman. Chunki mening ishim namunalarni tanlab olib kelish bo‘lgan. U ham bevosita mening vazifamga kirmagan.

Sudya: Tushunarli. Savollar bormi? (jimlik — tahr.).

Sudlanuvchi Sh. X.: Mening gapim bor edi. Sog‘lig‘im bo‘yicha kotibingizga bir video tashlagandim.

Sudya: Kotibimiz almashgan. Sudga taqdim qilgan bo‘lsangiz, ularni ko‘rib chiqamiz. Faqat sog‘lig‘ingiz bo‘yicha shundaymi? Boshqa iltimosnomangiz yo‘qmi?

Sudlanuvchi Sh. X.: Yo‘q.

Sudya: N.Sh., marhamat.

Sudlanuvchi N.Sh.: Oldingi sudda bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman. Nogiron bo‘lib qolgan, vafot etgan bolalarning holatida mening harakatlarimning biror bir aloqasi yo‘q. Faoliyatim davomida o‘z vazifamni vijdonan yondashib qilganman, na bir fuqaroga, na davlatga va na jamiyatga sog‘lig‘iga yoki joniga zarar yetkazadigan biror ish qilganman.

Qo‘limdan kelgancha to‘rtta laboratoriya va 60 ga yaqin xodimning har birining ishlarini nazorat qilganman. Kerak paytda ish joyida ma’lum bo‘lgan kamchiliklarni to‘g‘rilashga harakat qilganmiz. Shuning uchun sinov markazining sinov obyekti hisoblanmagan propilenglikol uchun nega bizni ikki martalab javobgar qilishganini tushunganim yo‘q. Shuning uchun bunga iqror emasman. Oldingi ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman.

Sudya: Savollar, prokurorimizda.

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Advokatlarimizda savollar bormi? (jimlik — tahr.). Sudlanuvchilarimizda savollar bormi? (jimlik — tahr.). O‘tiring.

Sh. A., sizga ayblov o‘zgarmadi. Yangi ayblovga aloqalaringiz yo‘q, eski ayblov bo‘yicha qolgansizlar.

Sudlanuvchi Sh. A.: Eski ayblov bo‘yicha ko‘rsatmamda qolaman.

Sudya: Ortib qolgan dorilar bo‘yicha.

Sudlanuvchi Sh. A.: Ortib qolgan dorilar bo‘yicha kerak bo‘lsa nimasini ham so‘raganman. 45 millionni.

Advokatlarda biri: Savolim bor. Sh. aka, shu 45 million summa qayerdan kelib chiqqan? Dorining ro‘yxati bormi?

Sudlanuvchi Sh. A.: Summani aytishgandan keyin.

Advokat: 45 million nomma-nom, summani kim aytdi sizga?

Sudlanuvchi Sh. A.: Summa tergov jarayonida aytildi. 45 million shundan kelib chiqqan. O‘rtacha bir oyda 4,5−5 milliondan. Dorilarning nomi yo‘q.

Advokat: O‘zi qancha dori olgansiz, ayta olasizmi?

Sudlanuvchi Sh. A.: Bilmayman, summasini, nimasini aytolmayman.

Advokat: Lekin dori olgansiz?

Sudlanuvchi Sh. A.: Bo‘lgan. Direktordan so‘rganmiz, direktorning roziligi bilan bo‘lgan.

Advokat: Bu dorilar kimgadir tegishlimidi? Moddiy javobgarlikda bo‘lganmi?

Sudlanuvchi Sh. A.: Yo‘q.

Sudya: Savollar yo‘qmi? (Jimlik — tahr.). O‘tiring.

F.F., marhamat,

Sudlanuvchi F.F.: O‘sha birinchi sud tergovida bergan ko‘rsatmalarimni tasdiqlayman, qo‘shimchalarim yo‘q.

Sudya: Prokurorimiz savollar bormi?

Prokuror: Yo‘q.

Sudya: Advokatlarimiz savollar bormi? (Jimlik — tahr.). Dorilar bo‘yicha aytadigan gaplaringiz yo‘qmi?

Sudlanuvchi F.F.: Yo‘q, o‘sha ko‘rsatmalarimda qolaman.

Sudya: I.M., marhamat.

Sudlanuvchi I.M.: Birinchi sudda bergan ko‘rsatmalarimda qolaman. Qo‘shimchalarim yo‘q.

Sudya: Aybingiz iqrorsiz-a siz?

Sudlanuvchi I.M.: Qisman. Agar shuni ayb deb hisoblash imkoni bo‘lsa.

Sudya: [Ortib qolgan] dorilar bo‘yicha iqrorsiz?

Sudlanuvchi I.M.: Ha.

Sudya: Tushunarli. Savollar bormi? (Jimlik — tahr.). O‘tiring.

F.T., huquq va majburiyatlaringiz tushuntirilgan. So‘z sizga, ikkita holat bo‘yicha, marhamat.

Sudlanuvchi F.T.: “Kuraraks” bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilaman. Hech kimga tuhmat qilish niyatim yo‘q, o‘zim bilan bog‘liq xatti-harakatlarning hammasini [aytib o‘taman]. “Kuraraks 200” bilan “Kuraraks 400” 2022-yil 25-may kuni ekspertlar kengashida muhokama qilingan. O‘sha kundan 2−3 kun oldin Farmakologiya qo‘mitasining [plenumi] bo‘lgan. Hozir aniq qachon bo‘lganligi mening esimda yo‘q. O‘shandan bir oy oldin, may oyining boshlarida yoki aprelning oxirlarida menga S.R.P. telefon qilganlar va uchrashishni taklif qilganlar. Men qanday masala bo‘yichaligini so‘rab, telefonda aytavering deganman. Telefondamas, ko‘rishib gaplashadigan gapligini aytganlar. “Xo‘p”, deganman, keyin uchrashuvga kelishganmiz.

Ishdan keyin “Oybek” metrosining atrofida ko‘rishganmiz. “Kuraraks”ni klinik sinovlardan o‘tkazmasdan turib, ro‘yxatdan o‘tkazishni iltimos qilganlar. Keyin men ularga “Bu preparat boshqa davlatdan ro‘yxatdan o‘tganmi? Bilasiz, Vazirlar Mahkamasining 213-sonli qarorida “Agarda boshqa davlatdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, klinik tadqiqotlar o‘tkaziladi”, deb yozilganini aytganman. Ular boshqa davlatdan ro‘yxatdan o‘tmaganligini aytganlar.

“Agar boshqa davlatdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, klinik sinovlarsiz bu preparatni o‘tkazib bo‘lmaydi”, deb men bunaqa ishni qilolmasligimni bildirganman. Bular “Yordam bergin”, deganlar. “Men bu ishni qilmayman, lekin yordam beradigan odam bor. Agar xohlasangiz, men sizni o‘sha odam bilan tanishtirib qo‘yaman”, deganman. Keyin “Shuni o‘zing hal qilib, o‘zing gaplashib ber”, deganlar. “Xizmat haqqi qanaqa bo‘ladi?”, deb so‘raganlar. “Ming [dollar]lar bo‘ladi”, deganman. Ular “O‘zingga beradiganimni aytgin”, deganlar. Keyin men yuz [dollar]ini qo‘shganman. Boya “Nimaga bir ming bir yuz” deb savol berishdi. Bir ming bir yuz shundan kelib chiqqan.

Kelishganimizdan keyin yana gaplashganmiz. 3−4 kundan keyinmi, bir haftadan keyinmi, ular menga o‘sha pulni olib kelganlar. Yana “Oybek” metro atrofida ko‘rishganmiz. [Shundan keyin] uch kun ichida tanishimga telefon qilganman. “Mana shunaqa ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini qilish kerak. Qachon uchrashsak bo‘ladi?”, deganman. [Muloqot davomida] qachon ko‘rishish kerakligini kelishib olganmiz.

S.R.P.dan dori shakli, savdo nomi, ta’sir etuvchi moddalari, ishlab chiqaruvchilari [haqida], oxirgi tasdiqlangan me’yoriy hujjat — preparat bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarni telefonimga tashlab berishini so‘raganman. Tashlab berganlar.

Keyin ishxonadan chiqib tanishimning ofisiga borib, ma’lumotlarini ko‘rsatganman. Ular qilib berganlar. Tojikistondan ro‘yxatdan o‘tkazilganlik guvohnomasini ham skaner qilib telefonimga tashlab berganlar. Men [esa] Telegram orqali S.R.P.ga tashlab berganman. 2022-yilda “Uzpharm.Info” [sayti] ishlayotgandi. [Tanishimga] shu saytning tegishli qismiga joylab berishini aytganman. “Xo‘p”, degan. [Lekin] kim joylashtirganini bilmayman. Shu bilan mening ishim tugagan. Ularni ogohlantirganman. Men ekspertlar kengashining a’zosi emasman, ekspertlar kengashiga javob bermayman. “Faqat Farmokologiya qo‘mitasi[da] klinik sinovlarsiz ro‘yxatdan o‘tkazib beraman, ekspertlar kengashiga javob bermayman”, deganman.

Sudya: Siz ko‘rsatmangizni keyingi majlisda davom ettirasiz. Soat 17:30 bo‘ldi.

Shu bilan hafta davomida sud majlisini o‘tkazish tartibi belgilab olinib, sud majlisi tugatildi.